Hizb ut-Tahrir amirining muhandis Ismoil Vahvoh (Abu Anas)ning vafotiga oid ta’ziyasi

133
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amirining muhandis Ismoil Vahvoh (Abu Anas)ning vafotiga oid ta’ziyasi

مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا

«Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida shahid bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q» [Ahzob 23]

Hizb ut-Tahrir amiri butun musulmonlarga, xususan Hizb ut-Tahrir a’zolariga qadrli birodarimiz Ismoil Vahvohning 2023 yil 18 may payshanba kuni bomdod paytida Avstraliyada vafoti etganini chuqur qayg‘u ila xabar qiladi.

Alloh rahmat aylasin Abu Anas Hizbning tayanch-ustunlaridan biri, amir devonining a’zosi edi. Zulmga qarshi turishda kuchli, haq ustida sobit bo‘lib, mashaqqat-musibatlar ham, tog‘utlarning ta’qibiyu zindonlar ham uni larzaga sololmagan, bil’aks, quvvatiga quvvat qo‘shgan edi. Abu Anas Allohning izni ila, ixlos va sodiqlik bilan faoliyat qilar edi.

Ko‘zlari bu dunyoda Rosululloh Aning bayroqlarining tobora baland ko‘tarilishiga tikilgandi. Oxiratda esa Alloh Subhanahuning ushbu kalomida aytilganidek

إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي جَنَّاتٍ وَنَهَرٍ + فِي مَقْعَدِ صِدْقٍ عِنْدَ مَلِيكٍ مُقْتَدِرٍ

«Albatta taqvodor zotlar jannatlarda va daryolar (usti)da Qodir Podshoh huzuridagi rozi bo‘lingan o‘rinda bo‘lurlar» [Qamar 55]

Alloh birodarimizni rahmat qilsin. Qiyomatda bepoyon jannatiga doxil aylab, anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlarga hamroh etsin, ularga hamroh bo‘lmoq buyuk baxtdir. Alloh Subhanahudan bizni, ahl-oilasini va musulmonlarni O‘zining ushbu kalomida aytganlardan qilishini so‘raymiz:

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا للهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ + أُولَئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَاتٌ مِنْ رَبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُهْتَدُونَ

«Biror musibat kelganda: «Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz», deydigan (sobirlarga xushxabar bering ey Muhammad). Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (mag‘firat) va rahmat bordur. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» [Baqara 156-157]

Ey Abu Anas, biz sizni Allohdan rahmat aylashini so‘rab, Nabiy A o‘z o‘g‘li Ibrohim vafot etgan paytda aytgan so‘zlarini aytamiz:

«إِنَّ الْعَيْنَ تَدْمَعُ وَالْقَلْبَ يَحْزَنُ وَلَا نَقُولُ إِلَّا مَا يَرْضَى رَبُّنَا وَإِنَّا بِفِرَاقِكَ يَا إِبْرَاهِيمُ لَمَحْزُونُون»

«Ko‘zlardan yosh oqib, qalblar qayg‘uga to‘ldi. Biz faqat Robbimiz rozi bo‘ladigan so‘zlarni aytamiz: ey Ibrohim, sizdan ayrilganimizdan mahzunmiz».

Ey Abu Anas, Alloh sizni rahmat aylasin. Ey do‘stimiz va yo‘ldoshimiz, barchamiz Allohdan keldik va U zotga qaytguvchimiz.

Birodaringiz va yo‘ldoshingiz

Hizb ut-Tahrir amiri Ato ibn Xalil Abu Roshta

28 shavvol 1444h

18 may 2023m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.