O‘zbekistonda soqol qo‘yganlar jarimaga tortilmoqda

238
0

O‘zbekistonda soqol qo‘yganlar jarimaga tortilmoqda

O‘zbekistonda soqol qo‘ygan erkaklar jarimaga tortilmoqda. Davlat rasmiylariga ko‘ra, soqol insonning kimligini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bu haqda “podrobno.uz” sayti xabar tarqatdi.

Ma’lumotga ko‘ra, soqol o‘stirgan erkaklar ayollarga niqob kiyishni taqiqlovchi modda bo‘yicha jazolanadi. Jurnalistlar sudlar ro‘yxatida ushbu modda bo‘yicha ko‘rilgan 800ga yaqin ishni aniqladilar. Ularning aksariyati Jizzax, Samarqand, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tgan yilning oktabr oyida jamoat joylarda yuzga niqob taqishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritilgan edi. Qonunga ko‘ra, ushbu qoidaga amal qilmaganlar to‘rt yuz dollargacha jarimaga tortiladi. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi esa 390 dollarni tashkil qiladi.

  Izoh: O‘zbekistonda soqol qo‘yishga qarshi kampaniya sobiq tog‘ut prezident Islom Karimov davrida boshlangan edi. Karimov 1999 yil 16 fevral portlashini uyushtirgandan so‘ng Islom va musulmonlarga qarshi keng ko‘lamli kurash boshladi va terrorizmga qarshi kurash bahonasida jamiyatdagi Islomiy qadriyatlarni yo‘q qilishga urindi. Erkaklarning soqoli, oq do‘ppisi va ayollarning hijobiga qarshi tish-tirnoq bilan kurash olib bordi. Maktab va kollej o‘quvchilarining masjidga borishi va diniy ta’lim olishini taqiqlab qo‘ydi.

Aslini olganda, niqob va soqolni taqiqlash ularning o‘zlari ilgari surayotgan demokratik qadriyatlarga ziddir. Aniqroq aytganda, demokratiyadagi e’tiqod erkinligi va shaxs erkinligi insonga istalgan dinga e’tiqod qilish va har qanday xususiyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu qadriyat dunyoviy davlatning konstitutsiyaviy qonunidir.

Darhaqiqat, konstitutsiyaviy qonunlarni oyoq osti qilish orqali musulmonlarga zulm qilish bu tuzumning qulab borayotganidan darak beradi. Xususan, Iroq, Afg‘oniston, Suriya va oxirgi paytlarda G‘azoda sodir bo‘lgan voqealar “ozodlik”, “ayollar va bolalar huquqlari” degan shiorlarning bomba vayronalari ostida qolib ketganini ko‘rsatmoqda.

Albatta musulmonlar anavi ikkiyuzlamachi demokratlar ruxsat bergani yoki insonga erkinlik berilgani uchun soqol qo‘ymaydi. Aksincha, hayotning barcha sohalarida o‘rnak bo‘lgan Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning sunnati bo‘lgani uchun soqol qo‘yishadi. Shunday ekan, biz musulmonlar Qirg‘iziston hukumatining diktatura yo‘lida Islomga qarshi kurashiga tish-tirnog‘imiz bilan qarshilik ko‘rsatishimiz lozim. Chunki bugun niqob va soqolni man qilgan hukumat ertaga da’vatlarimizni, namozlarimizni va ro‘zalarimizni ham man qilishi tabiiy.

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.