G‘azodagi genotsid urushga oid muzokaralardan nima kutiladi?

116
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

G‘azodagi genotsid urushga oid muzokaralardan nima kutiladi?

Savol: yahudiylarning G‘azoga qarshi tajovuzidan o‘n oydan ko‘proq vaqt o‘tdi hamki, qirg‘inlar genotsid shaklida davom etmoqda. Urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borilib, kelishuvlar tuzilmoqda. Biroq yahudiylar – Arabiya telekanalining 2024 yil 3 sentyabrdagi xabariga ko‘ra – bularning barchasini rad etib, hatto Misr tomonidan qizil chiziq deb hisoblangan «Salohiddin koridori»ni bo‘shatishdan ham bosh tortishyapti. Bayden ma’muriyati ushbu muzokaralarga homiylik qilganidek, qirg‘inlarga ham homiylik qilmoqda. Qirg‘inlar davom etayotgan bir paytda, muzokaralar orqali yechimga erishiladi, degan narsani ilgari surmoqda! Savol shuki, ushbu genotsid urushiga oid muzokaralardan qanday natija kutiladi? Amerikaning ushbu tajovuzni qo‘llab-quvvatlashdagi roli qanday? Keyin, Amerika ikki davlat yechimi deya e’lon qilayotgan narsasida jiddiymi? Qanday qilib bu tajovuzni to‘xtatish va Falastinni o‘z ahliga qaytarish mumkin? Savolim cho‘zilib ketgani uchun uzr so‘rayman.

Javob: ushbu savollarga beriladigan javoblar tiniqroq bo‘lishi uchun quyidagilarni ko‘rib chiqamiz:

Birinchi: Genotsid urush borasidagi muzokaralar, bu muzokaralardan kutilayotgan natijalar hamda Amerikaning undagi roli:

Biz 2024 yil 22 mart kungi savolga javob nashrimizda bunday degan edik: (… Bu urush bir so‘z bilan aytganda, genotsid urush bo‘ldi. Bunda uni G‘arbning AQSH, Yevropa va ularga tobe davlatlar orqali ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi hamda G‘arb davlatlari rahbarlarining birin-ketin yahudiy vujudini ziyorat qilib, uning G‘azoga qarshi sodir etayotgan genotsidini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishi yanada rag‘batlantirdi. Arab va islomiy yurtlardagi rejimlarning sukut saqlashi ham uni ruhlantirib turdi. Bu rejimlardan ayrimlari G‘azo ahliga yordam berish uchun armiyalarni safarbar qilish o‘rniga, mujohidlarning hujumini qoralab, yahudiy vujudi bilan aloqalarini hech narsa bo‘lmagandek davom ettirishdi. Dushman bilan munosabatlarni eskidan normallashtirib kelgan davlatlar ham, yangilari ham normallashuvni davom ettirdilar. U bilan na munosabatlarni uzishdi, na normalizatsiya xiyonatidan voz kechishdi. Shuningdek, Misr bilan bo‘lgan «Kemp-Devid», Iordaniya bilan bo‘lgan «Vodiy Araba» va boshqalari kabi yahudiy vujudi bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlarni ham bekor qilishmadi. Boshqacha qilib aytganda, minimal urush holatini ham joriy qilishmadi…). Shu tariqa Netanyaxu 2024 yil 1 aprelda Damashqdagi Eron elchixonasi majmuasidagi konsullik binosiga havodan zarba berib, yanada shafqatsiz harakatlarni qilishga jur’at etdi. Yahudiy vujudi bu bilan ham qanoatlanmadi, balki Eron va uning hizbini yanada kamsitishni istadi. U, shuningdek, 30 iyul kuni oqshomda Livan poytaxti Bayrutda Eron hizbining yuqori martabali rahbarlaridan biri Fuad Shukrni nishonga olgan havo hujumini amalga oshirdi… Ertasi kuni, 31 iyulda Eron poytaxti Tehronning markazida Hamas rahbari Ismoil Haniyaga qarshi suiqasd operatsiyasini sodir etdi… Yahudiy vujudi bu qilmishlarni sodir etar ekan, uni shayton vasvasasiga solib qo‘yadigan hech qanday qaqshatqich reaksiyani ko‘rmadi!
Keyin Amerika tashabbus ko‘rsatib, AQSH rasmiylari islomiy yurtlar, xususan, Falastin atrofidagi yurtlar hukmdorlarining G‘azoga yordam berish yo‘lida armiyalarni safarbar qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik va shu orqali yahudiy vujudining Falastin ahliga qarshi qirg‘inlarini davom ettirish yo‘lini osonlashtirish uchun bir qancha safarlarni uyushtirdi… Natijada, 2024 yil 31 may kuni Baydenning behuda tashabbusi o‘rtaga tashlanib, 2024 yil 10 iyunda AQSH rahnamoligida Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi qabul qilindi… Keyin Amerika tomonlarni muzokaralar, uni o‘zgartirish va almashtirish ustida jamlab, faqat bordi va keldilar bilan band qildi. Maqsadi esa urushni kengaytirmaslik bahonasi bilan musulmon yurtlaridagi ruvaybiza hukmdorlarni G‘azoga yordam berishdan chalg‘itish, shu orqali ularning ko‘z-o‘ngida qirg‘inlarni davom ettirish bo‘ldi! Bir vaqtning o‘zida, Amerika yahudiy vujudi tajovuzlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlash, qirg‘inlarini oqlash va ularni avval ham, bundan keyin ham barcha turdagi qurollar bilan ta’minlashda davom etmoqda. 2024 yil 13 avgustda yahudiy vujudini qariyb 20 milliard dollarlik qirg‘inbarot qurollar bilan ta’minlashga rozi ekanini bildirdi. Yahudiy vujudi bosh vaziri Netanyaxu g‘alaba orzusi bilan mast bo‘lib, buni o‘zining murosasiz pozitsiyasini mutlaq qo‘llab-quvvatlash deb hisoblab, Amerikaning o‘z yordamlarini yoki qurol-yarog‘ yetkazib berishini to‘xtatmasligiga ishondi.
Shunday bo‘ldi ham. Bayden o‘zining davlat kotibi Blinkenni Misrga yubordi. Bu G‘azoga qarshi yahudiy agressiyasi boshlanganidan beri uning to‘qqizinchi safari hisoblanadi. Ertasi kuni, 2024 yil 19 avgustda Blinken yahudiy bosh vaziri Netanyaxu bilan uchrashib, yolg‘ondan «Qo‘shma Shtatlar G‘azoning Isroil tomonidan uzoq muddatli ishg‘ol etilishiga rozi emasligini uzoq vaqtdan beri aytib keladi», deb aytdi. Bu har tomonga bursa bo‘ladigan gap. Zero, ushbu muddatning qanchalik qisqa ekani noma’lum! U yana o‘zining aldovida davom etib, bunday dedi: («Davhada Qatar va Misr bilan boshlangan muzokaralar o‘tgan hafta to‘xtatilishi ortidan Netanyaxu ikki tomon o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirishga qaratilgan Amerika taklifini qabul qilib, ayni taklifni qabul qilishi uchun Hamasga bosim o‘tkazilishini talab qildi». Reyter, 2024 yil 19 avgust). 2024 yil 20 avgustda Nyu-York Tayms gazetasi muzokaralar jarayonidan xabardor rasmiylarga tayanib, quyidagilarni nashr qildi: «Amerikaning yangi taklifi Isroil kuchlariga G‘azo bilan Misr chegarasidagi Filadelfiya koridorining bir qismida patrul xizmatini davom ettirish imkonini beradi».
Oq uy AQSH prezidenti Baydenning 2024 yil 21 avgust kuni kechqurun Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi: («Bayden bilan Netanyaxu Erondan kelayotgan barcha tahdidlarga, jumladan, Hamas, Hizbulloh va Husiylardan iborat uning proksi terrorchi guruhlariga qarshi Isroilni qo‘llab-quvvatlash borasidagi Amerikaning sa’y-harakatlarini, shu jumladan AQSHning mudofaa bo‘yicha harbiy joylashuvini davom ettirish masalasini muhokama qildilar». Monte-Karlo, 2024 yil 22 avgust). Ushbu telefon suhbatidan oldin amerikalik bir rasmiy yahudiy vujudining o‘z armiyasidan bir qismini Misr bilan G‘azo o‘rtasidagi Filadelfiya koridorida ushlab turishga oid talabini yumshatish uchun Bayden tomonidan Netanyaxuga bosim qilinishi kutilmoqda, degan edi. Ma’lumki, Salohiddin o‘tish punkti deb ataladigan bu koridordan Netanyaxu o‘z kuchlarini olib chiqib ketishni rad etib kelmoqda. Filadelfiya koridori Misr bilan G‘azo chegarasi bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lib, uzunligi taxminan 14 kilometrni, kengligi esa ba’zi qismlarida 100 metrni tashkil etadi. Misr yahudiy vujudining ayni koridorni nazorat qilishi ular o‘rtasida 1979 yil AQSH vositachiligida tuzilgan mudhish Kemp-Devid shartnomasini buzish, deb hisoblaydi va o‘tgan may oyida nazoratni qo‘lga kiritgan yahudiy vujudini u yerdan chiqib ketishga chaqirib keladi. Amerikaning ushbu pozitsiyasi sababli uning arzandasi Netanyaxu Qo‘shma Shtatlar amalda hech narsa qilmay, faqatgina so‘zda manyovr qilayotganini anglab yetdi. Holbuki, Qo‘shma Shtatlar yahudiy vujudi ustidan ulkan nufuzga ega. Chunki bu vujud Amerikaning yordamlariga, iqtisodiy va harbiy ko‘maklariga tayanib keladi. Agar, Amerika unga bosim o‘tkazish borasida jiddiy bo‘lganida, yahudiy vujudi miq etmay bajargan bo‘lardi.
2024 yil 24 avgustda Qohirada muzokaralar boshlandi. Unda AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi raisi Uilyam Byorns, Qatar bosh vaziri va ayni vaqtda tashqi ishlar vaziri Muhammad Abdurahmon Oli soniy, yahudiy vujudi delegatsiyasi hamda muzokara mezboni bo‘lgan Misr delegatsiyasi ishtirok etdi. Hamas delegatsiyasi u yerda hozir bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin muzokarada bevosita qatnashmadi. Netanyaxuning o‘jarligi va «Salohiddin koridori»dan chiqib ketishdan bosh tortganligi sababli rasmiy delegatsiyalar 2024 yil 25 avgust kuni hech qanday kelishuvsiz Qohirani tark etishdi. 2024 yil 25 avgust kuni Anadolu agentligi Hamasning o‘z ismini ochiqlamaslikni ma’qul ko‘rgan yuqori martabali rasmiysidan quyidagilarni iqtibos keltirdi: «Hamas AQSH prezidenti Bayden tomonidan e’lon qilingan va BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma’qullangan o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga sodiq». Keyin u «Hamasning 2 iyul kuni kelishilgan masalalarni amalga oshirishga tayyor…» ekanini ta’kidladi. Biroq Netanyaxu AQSH prezidentlik saylovlari natijasini ko‘rmaguncha har qanday kelishuvni kechiktirmoqda. U Netanyaxu va yahudiy vujudini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashda Bayden ma’muriyati va demokratlardan ustun bo‘lgan va ular bilan raqobatlashib kelayotgan Respublikachilar bilan muloqot qilib kelmoqda. Netanyaxu Vashingtonga borganida 2024 yil 26 iyul kuni Tramp bilan uchrashib, undan va Kongressdagi Respublikachilardan to‘liq qo‘llab-quvvatlov oldi. Uni 53 daqiqa qilgan nutqi davomida Kongressdagilar tinimsiz olqishlab turishdi. O‘z muloqotlarida to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va’da qilgan hamda ikki davlat yechimi g‘oyasidan voz kechgan Trampning hokimiyatga kelishiga Netanyaxu pul tikmoqda. Zero, Tramp Saudiya rejimiga yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berishi kutilmoqda. Bu esa boshqa rejimlarni ham xuddi shunday yo‘l tutishga undaydi. Shuning uchun Netanyaxu AQSH saylov natijalari ma’lum bo‘lgunga qadar pul tikkan o‘zining garovlarini davom ettirishi kutiladi.
Netanyaxuning to saylov natijasiga qadar muzokaralarni paysalga solayotganini hamda shartlar qo‘yishdagi qat’iyligini uning matbuot anjumanidagi so‘zlari ta’kidlab turibdi. Darhaqiqat, Arabiya telekanali 2024 yil 3 sentyabrda Netanyaxudan uning quyidagi so‘zlarini iqtibos keltirdi: («Biz bu urushda oldimizga to‘rtta maqsadni qo‘yganmiz: Hamasni yo‘q qilish, o‘g‘irlangan barcha odamlarimizni qaytarish, G‘azoning qayta Isroilga xavf tug‘dirmasligini ta’minlash va shimol aholisini o‘z uylariga xavfsiz ravishda qaytarish». So‘ng bunday qo‘shimcha qildi «Ushbu maqsadlardan uchtasi bitta joydan, ya’ni Filadelfiya koridoridan o‘tadi». U, shuningdek, ayni karidorning «Hamas uchun kislorod va qurol-yarog‘ manbai» ekanini ta’kidlab, «Shu sababdan, (isroilliklar) bu hududni nazorat qilishga majburdirlar», deya qo‘shimcha qildi…).

Ikkinchi: Endi Amerika ikki davlat yechimida jiddiymi degan savolga javob beramiz:

Amerikaning ikki davlat yechimi loyihasi bo‘yicha o‘rtaga tashlayotgan narsasi – holbuki u musulmon yurtlaridagi o‘ziga malay hukmdorlarni ayni shu loyihaga chaqirishlari uchun bir joyga yig‘ib keladi – aldov va so‘z o‘yinidan boshqa narsa emas. Chunki u Falastin ahliga haqiqiy davlat emas, balki avtonomiyaga o‘xshash yoki undan ham kichik narsani taklif qilyapti! (AQSH prezidenti Jo Bayden kecha, juma kuni jurnalistlar oldida so‘zlagan nutqida Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi bir qancha davlatlar o‘z qurolli kuchlariga ega emasligini ta’kidlab, ikki davlat yechimining turli modellari borligini aytib o‘tdi… Al-Jazira, 2024 yil 4 yanvar). Ya’ni Bayden qurolli kuchlari bo‘lmagan davlat modelini nazarda tutyapti! Boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi haqiqiy suveren davlat masalasiga kelsak, buni yahudiy vujudi rad etib kelmoqda. Al-Jazira 2024 yil 18 iyulda quyidagilarni nashr qildi: (Kecha, chorshanba kuni kechqurun (Isroil) knesseti assambleya tarixida birinchi marta Falastin davlati tiklanishini rad etuvchi qarorni qabul qildi). Zero, Amerikaning yahudiylardan aslo voz kechmasligini, chunki yahudiy vujudi AQSHning arzandasi bo‘lib, Islom va musulmonlarga qarshi kurashish uchun islomiy yurtlar markazida joylashgan uning ilg‘or harbiy bazasi ekanini, AQSH prezidenti Bayden ham shaxsan ularga xayrixoh bo‘lib, o‘zini sionist deb hisoblashini, uning yahudiy vujudini himoya qilishga chaqiruvchi diniy e’tiqodga ega ekanini, tashqi ishlar vaziri, ya’ni boshqaruvdagi nufuzli shaxslardan va AQSH siyosatini amalga oshiruvchi rasmiylardan biri Blinken ham tashqi ishlar vaziri sifatidan ko‘ra avvalo yahudiy bo‘lgani uchun yahudiy vujudini himoya qilishini aytib o‘tganini, prezidentlikka nomzod bo‘lgan vitse-prezident Kamala Xarrisga kelsak, Bayden yahudiylar bilan uchrashuvida o‘z ma’muriyatining yahudiy vujudi va yahudiylarni qo‘llab-quvvatlash darajasini ko‘rsatish uchun Xarrisning erini yahudiy deb tanishtirganini, agar vitse-prezident hokimiyatga keladigan bo‘lsa, yahudiylarni va yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlash siyosatini davom ettirishini va bulardan boshqa barcha ishlarni yahudiylar tushunib turishibdi. Agar Tramp g‘alaba qozonsa, yahudiylar va yahudiy vujudini Demokratlardan ham ko‘ra ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun yahudiy vujudi ushbu barcha qo‘llab-quvvatlovlarga tayanib, o‘zining zulmu jinoyatlarini davom ettirmoqda…
Bu yerda ikki davlat yechimi bilan bog‘liq yana bir muhim jihatga aniqlik kiritish kerak. U quyidagicha:

a)   Falastinning muborak zamin va Islom tuprog‘i ekanligi, shuningdek, Alloh Taolo

﴿سُبۡحَٰنَ ٱلَّذِيٓ أَسۡرَىٰ بِعَبۡدِهِۦ لَيۡلٗا مِّنَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ إِلَى ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡأَقۡصَا ٱلَّذِي بَٰرَكۡنَا حَوۡلَهُۥ﴾

«(Alloh) bir kecha, O‘z bandasini Masjidul haromdan Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjidul Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir»                             [Isro 1]

deb aytganidek, barakotli qilib qo‘ygan Aqso masjidi zamini ekanligi o‘zgarmas haqiqatdir. Anavi hukmdorlar chaqirayotgan ikki davlat yechimi Allohga, Uning Rosuliga va mo‘minlarga xiyonatdir. Chunki Islom diyori o‘z xalqi va dushmanlari o‘rtasida o‘zining taqsimlanishini qabul qilmaydi… Shunday ekan, ushbu islomiy yurtda yahudiylarning biror hokimiyatga ega bo‘lishi mumkin emas. Bu zaminda ikki davlat yechimiga o‘rin yo‘q. Aksincha, bu zamin Umar Foruq roziyallohu anhu tomonidan fath qilinib, roshid xalifalar tomonidan himoya qilingan zamin. U Salohiddin Ayyubiy ozod qilgan, Abdulhamid yahudiylardan saqlab qolgan zamindir. Xuddi shuningdek, Falastin Allohning sodiq askarlari sa’y-harakatlari bilan asl holiga yana qaytadi.

b)   Ikki davlat yechimiga oid shar’iy hukm mana shu. Hatto bu yechim falastinliklarga 1967 yil chegaralaridagi Falastinning bir qismida, ya’ni Falastining qariyb 20 % yerida mustaqil davlat berib, qolgan 80 %idan voz kechishni anglatgan taqdirda ham, bu – yuqorida aytganimizdek – katta gunoh hamda Allohga, Rosuliga, mo‘minlarga xiyonatdir. Xo‘sh, taklif qilinayotgan yechim avtonomiya yoki undan ham oz narsa bo‘lsa-chi?! Shubhasiz, bu xiyonat ustiga xiyonatdir. Bu katta jinoyat bo‘lib, uni sodir etgan kimsa bu dunyoda sharmandalik va xorlikka, oxiratda esa qattiq azobga giriftor bo‘ladi…

﴿سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجۡرَمُواْ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعَذَابٞ شَدِيدُۢ بِمَا كَانُواْ يَمۡكُرُونَ﴾

«Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o‘tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir»                                                                                   [An’om 124]

Uchinchi: qanday qilib bu tajovuzga barham berish va Falastinning o‘z ahliga to‘liq qaytarilishi masalasiga kelsak:

Bu masala Islomda aniq. Agar kofirlar islomiy yurtlardan biriga tajovuz qilib, bosib olsa va aholisini quvib chiqarsa, bunday dushmanga qarshi jang qilish, orqasidagilarni ham qo‘rqitib qo‘yadigan shiddatli jang bilan uni yo‘q qilish, mamlakatni to‘liq va hech qanday kamchiliksiz islomiy davlat sifatida o‘z ahliga qaytarish vojib bo‘ladi. Alloh Subhanahu aytadi:

﴿وَٱقۡتُلُوهُمۡ حَيۡثُ ثَقِفۡتُمُوهُمۡ وَأَخۡرِجُوهُم مِّنۡ حَيۡثُ أَخۡرَجُوكُمۡۚ﴾

«Ularni topgan joyingizda o‘ldiringiz va sizlarni (quvib) chiqargan joydan ularni ham quvib chiqaringiz!»                                                                                                         [Baqara 191]

Yana bunday deydi:

﴿فَإِمَّا تَثۡقَفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡحَرۡبِ فَشَرِّدۡ بِهِم مَّنۡ خَلۡفَهُمۡ لَعَلَّهُمۡ يَذَّكَّرُونَ﴾

«Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni halok qilish bilan ortlaridagi kimsalarni qo‘rqitib qo‘ying! Shoyad eslatma olsalar»                                                               [Anfol 57]

Hatto islomiy yerlardan biriga uni bosib olmagan holda hujum qilsa ham, tajovuzni bartaraf etmoq vojib bo‘ladi:

﴿فَمَنِ ٱعۡتَدَىٰ عَلَيۡكُمۡ فَٱعۡتَدُواْ عَلَيۡهِ بِمِثۡلِ مَا ٱعۡتَدَىٰ عَلَيۡكُمۡۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلۡمُتَّقِينَ﴾

«Kim sizlarga tajovuz qilsa, sizlar ham ularga tajovuzlari muqobilida tajovuz qiling! Va Allohdan qo‘rqingiz! Bilinglarki, Alloh O‘zidan qo‘rquvchilar bilan birgadir»           [Baqara 194]

Bas, bosib olingan islomiy yurtlarni o‘z ahliga qaytarish, tajovuzni bartaraf qilish – bular aqli raso kishilar ixtilof qiladigan narsa emas. Chunki bu Alloh Subhanahuning Kitobi, Rosuli ﷺning sunnatlari va sahoba roziyallohu anhularning ijmosida ochiq bayon etilgan… Keyin, yahudiy vujudi yolg‘iz o‘zi mustahkam turolmaydi. Chunki yahudiylar – agar odamlarning ahdi panohida bo‘lmasalar – jang qilish qo‘lidan kelmaydigan qavmdir. Bu haqda qudrati ulug‘ zot bunday deydi:

﴿ضُرِبَتۡ عَلَيۡهِمُ ٱلذِّلَّةُ أَيۡنَ مَا ثُقِفُوٓاْ إِلَّا بِحَبۡلٖ مِّنَ ٱللَّهِ وَحَبۡلٖ مِّنَ ٱلنَّاسِ﴾

«Agar Allohning va odamlarning ahdi panohida bo‘lmasalar (arqonini ushlamasalar), albatta ularga qayerda bo‘lmasinlar, xor-zorlik bitib qo‘yildi»                                      [Oli Imron 112]

Darhaqiqat, yahudiylar Allohning arqonini uzib tashlashgan. Hozirda faqatgina Amerika va Yevropaning hamda ularning islomiy yurtlardagi xoin hukmdorlardan iborat malaylarining arqonini ushlab turishibdi! Zero, bu hukmdorlar yahudiylarning yirtqich tajovuzlari qarshisida miq etmay turibdi, ularning orasidagi eng tuzukroqlari shahid va yaradorlarni sanaganlari bo‘ldi.

Yahudiy vujudi urush olib boradigan va g‘alaba qozonadigan xalq emas. Aksincha, Alloh Subhanahu va Taolo O‘zining kalomida ularni bunday sifatlagan:

﴿لَنْ يَضُرُّوكُمْ إِلَّا أَذًى وَإِنْ يُقَاتِلُوكُمْ يُوَلُّوكُمُ الْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يُنْصَرُونَ﴾

«Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Agar sizlar bilan urishsalar, ketlariga qarab qochadilar. So‘ngra ularga (hech kim tomonidan) yordam berilmaydi»

                                                                                                                      [Oli Imron 111]

Ko‘rib turganingizdek, yahudiylarga qarshi jang qilayotgan imonli yosh yigitlarning sonlari va qurol-yarog‘lari ularga nisbatan oz bo‘lishiga qaramay, yahudiy vujudi shu kungacha g‘alaba qozonolmadi. Shuning uchun bir tasavvur qiling, musulmon qo‘shinlar harakatga kelsa qanday bo‘ladi? Butun musulmon qo‘shinlari emas, balki faqatgina Falastin atrofidagi qo‘shinlar yoki hatto ulardan ba’zilari harakatga kelsa, bu vujud havoga pardek uchib yo‘q bo‘lib ketardi… Shuning uchun muammo musulmon yurtlaridagi mavjud davlatlardadir. Chunki ularning hukmdorlari Islom va musulmonlarning dushmanlari bo‘lmish mustamlakachi kofirlarga sodiqdirlar. Ular yahudiylarning Falastinni bosib olganini, vahshiy jinoyatlarini va turli-tuman qirg‘inlarini ko‘rib, eshitib turishibdi. Ammo o‘zlarini go‘yo ko‘rmayotgan va eshitmayotgandek tutishyapti:

﴿صُمُّۢ بُكۡمٌ عُمۡيٞ فَهُمۡ لَا يَرۡجِعُونَ﴾

«(Ular) kar, soqov, ko‘rdurlar, demak (yo‘llaridan) qaytmaydilar»                                [Baqara 18]

Shubhasiz, musulmonlarning musibati mana shu hukmdorlaridadir. Chunki aynan shular armiyalarning G‘azodagi qardoshlariga nusrat-yordam berishlariga shu kungacha to‘sqinlik qilib kelishdi. Shahidlar soni 41 mingga, yaradorlar esa 95 mingga yetdi… Vaholanki, hukmdorlar bu qilmishlarni kuzatib turishibdi. Ularning orasidagi eng tuzukroqlari yahudiylarga yaqinroq bo‘lsalar-da, lekin o‘zlarini betaraf qilib ko‘rsatib, shahidlarni o‘liklar qatorida sanaganlari, so‘ng yaradorlarning ham sanog‘ini ko‘rsatganlari bo‘ldi!

To‘rtinchi: So‘zimni ogoh qalb egasi bo‘lgan yoki sidqidildan quloq tutgan kishi uchun ikki narsani eslatish bilan tamomlamoqchiman:

2024 yil 22 mart kungi savolga javob nashrimizda bunday degan edik: (Ma’lumki, Britaniya tashqi ishlar vazirining 1917 yil 2 noyabrda lord Rotshildga yo‘llagan maktubida o‘rin olgan Balfur deklaratsiyasida yahudiylarning Falastinda milliy vatan tashkil etishlari Britaniya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi qayd etilgan edi. Darhaqiqat, bu deklaratsiya Usmoniy Xalifalikning Birinchi jahon urushida ayrim arab va turk arboblarning xiyonati sababli mag‘lubiyatga uchragan so‘nggi kunlarida kelib chiqdi… Bundan bir necha yil avval 1901 yil 18 mayda Britaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan sionistik jamiyatlarning vakili Gersl Usmoniy xalifaga so‘rov yuborgan. U o‘sha paytda Usmoniy Xalifalik boshdan kechirayotgan moliyaviy krizisdan foydalanib, yahudiylarga Falastindan yer berish evaziga Xalifalik davlati kamomadini qoplash uchun katta miqdorda pul taklif qilgan. Biroq Abdulhamidning Gerslga bergan javobi kuchli va hikmatli edi: «Men Falastinning bir qarich yeridan ham voz kecha olmayman. Chunki u mening shaxsiy mulkim emas. Aksincha, Islom Ummatining mulkidir. Xalqim bu zamin uchun jihod qilib, uni qonlari bilan sug‘organ. Yahudiylar millionlarini o‘zlariga saqlab qo‘yishsin. Bir kun kelib Xalifalik davlati parchalansa, Falastinni tekinga olishlari mumkin. Ammo men tirik ekanman hargiz bunday bo‘lmaydi…»). Darhaqiqat, xalifa zukko, farosatli va uzoqni ko‘ra biladigan kishi edi. Arab va turk xoinlarining Britaniya bilan til biriktirishlari orqali Xalifalikning hijriy 1342, milodiy 1924 yilda bekor qilinishi Falastinni yahudiylarga tekinga berishga olib keldi! Darhaqiqat, Abdulhamid rohimahullohning qilgan taxmini haqiqatda yuz berib, Xalifalikning bekor qilinishi Falastinda mana shu jirkanch yahudiy vujudi paydo bo‘lishining amaliy muqaddimasi bo‘ldi.
Bugun, islomiy yurtlardagi malay hukmdorlar mustamlakachi kofirga ergashishlari hamda Islom zamini va Alloh atrofini barakotlik qilgan Aqso masjidi zamini bo‘lmish Falastinga xiyonat qilishlari bilan bu ruvaybizalar yo‘q bo‘lib ketadi. Allohning izni ila, Islom davlati, roshid Xalifalik davlati qayta barpo bo‘lib, yahudiylarga qarshi jang qilinadi hamda ularning bosqinchiligiga Allohning izni ila barham beriladi. Darhaqiqat, imom Ahmad o‘zining musnadida Huzayfadan chiqargan hadisda sodiqul masduq Rosululloh ﷺ bunday deganlar

«…ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«… Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi». Buxoriy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda ham

«تُقَاتِلُكُمُ الْيَهُودُ فَتُسَلَّطُونَ عَلَيْهِمْ»

«Yahudiylar sizlarga qarshi jang qilishadi. So‘ng Alloh sizlarni ularning ustidan g‘olib qiladi», deyilgan. Imom Muslim lafzi Ibn Umarniki bo‘lgan va Nabiy ﷺdan chiqargan hadisda ham bunday deyilgan:

«لَتُقَاتِلُنَّ الْيَهُودَ فَلَتَقْتُلُنَّهُمْ»

«Sizlar yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni o‘ldirasizlar». Shundan so‘ng butun Yer kurrasi Allohning nusrati sababli charog‘on bo‘ladi:

﴿وَيَوۡمَئِذٖ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ * بِنَصۡرِ ٱللَّهِۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُۖ وَهُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ﴾

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishilarga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir»                                                       [Rum 3-4]

                                                                                                           1 robiulavval 1446h

                                                                                                                  4 sentyabr 2024m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.