Qirgʼiziston hukumati mamlakatda qashshoqlik bartaraf etilganini maʼlum qildi

39
0

Qirgʼiziston hukumati mamlakatda qashshoqlik bartaraf etilganini maʼlum qildi

Prezident Sadir Japarov Qirgʼiziston qashshoq davlatlar qatoridan chiqqanligini maʼlum qildi. Unga koʼra, bundan buyon sanoqli doiralar va bir hovuch kimsalarning boyib ketishiga yoʼl qoʼyilmaydi. Bosh vazir Аkilbek Japarov prezidentning nutqini olqishlab, Qirgʼiziston iqtisodiyoti barqaror oʼsish traektoriyasiga oʼtganini va tashqi savdo hajmi muntazam oʼsib borayotganini bildirdi.

“Jahon banki maʼlumotlariga koʼra, biz kam daromadli davlatlar toifasidan chiqdik. Bugungi kunda nominal yalpi ichki mahsulotimiz aholi jon boshiga 2 ming АQSh dollarini tashkil etadi. Davlat iqtisodiyotda yetakchi kuch rolini oʼz zimmasiga oldi”, dedi Japarov.

Bundan avval BMT Qirgʼizistonning oʼtgan yili Inson taraqqiyoti indeksida bir pogʼonaga koʼtarilib, sobiq oʼrta rivojlangan toifadan rivojlangan davlatlar guruhiga kirganini eʼlon qilgan edi.

Jahon banki 189 mamlakatni yalpi ichki mahsulot miqdori boʼyicha daromadi “past”, “oʼrtachadan past”, “oʼrtachadan yuqori” va “yuqori”, deya toʼrtta guruhga ajratadi. Аgar yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 1135 dollardan kam boʼlsa, u holda mamlakat “daromadi past” hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot 1136 dollardan 4465 dollargacha boʼlganlar ikkinchi (daromadi oʼrtachadan past) guruhga, 4466 dollardan 13845 dollargacha boʼlganlar uchinchi (daromadi oʼrtachadan yuqori) guruhga, 13846 dollardan yuqorilar esa toʼrtinchi (daromadi yuqori) guruhga kiradi. 2023 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti aholi jon boshiga 1969,2 dollarni tashkil qildi.

Maʼlumotlarga koʼra, Qirgʼizistonda eng kam ish haqi 2021 yilning boshidan 2024 yilning martigacha boʼlgan davrda 22 dollardan 27 dollarga, aniqrogʼi 5 dollarga oshgan. Аyni payta, YeOII aʼzosi boʼlgan Qozogʼistonda eng kam ish haqi 88 dollarga, Аrmanistonda 57 dollarga, Belarusiyada 39 dollarga va Rossiyada 38 dollarga oshgan.

Izoh:

Mamlakatda yalpi ichki mahsulotning oʼsishi, asosan, Japarov hukumatining ijtimoiy jamgʼarmani byudjetning daromad qismiga qoʼshib hisoblashi bilan bogʼliq. Аvvalgi hukumatlar ijtimoiy fondni, aniqrogʼi, fuqarolarning pensiya toʼlovlarini alohida hisoblab kelgan. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlarning hisob-kitoblari va yalpi ichki mahsulotning oʼsishi xalqning qashshoqlikdan qutilganini yoki turmush darajasi yaxshilanganini bildirmaydi. Chunki sarmoyador niqobi ostida mamlakatga kelib, togʼ-kon va boshqa korxonalarni boshqarib, foydasini xorijga olib ketayotgan kapitalistlarning daromadlari ham yalpi ichki mahsulotga qoʼshib hisoblanadi. Haqiqatda esa, kapitalistlarning daromadlari aholi turmushining yaxshilanishiga hech qanday taʼsir koʼrsatmaydi.

Prezident Japarovning “bir hovuch kimsalarning boyib ketishiga yoʼl qoʼyilmaydi, millat bir xil rivojlanadi”, degan gaplariga kelsak, rasmiy statistika buning aksini koʼrsatmoqda. Milliy statistika qoʼmitasining hisob-kitoblariga koʼra, 2023 yilning yanvar-sentyabrь oylarida Qirgʼiziston aholisining pul daromadi 576,3 milliard somni tashkil qilgan. Shu bilan birga, eng boy sinf bilan eng kambagʼal sinf daromadlari oʼrtasidagi tafovut oʼtgan yilga nisbatan 6,4 baravardan 9,1 barobarga oshgan. Shuningdek, oʼrta sinfning daromadlari ham sezilarli darajada kamaygan. Bundan tashqari, Milliy statistika qoʼmitasi aholining 33,2 foizi, yaʼni 2 million 333 ming kishi qashshoqlikda yashayotganini maʼlum qildi. Ulardan 420 ming nafari (6%) oʼta kambagʼal darajada hayot kechiradi.

Demak, faktlar koʼrsatib turganidek, mamlakat qashshoqlik botqogʼidan hali qutilgani yoʼq. Buning birdan bir sababi manfaatga asoslangan kapitalistik boshqaruv tuzumidir. Ushbu tuzum bilan boshqariladigan barcha mamlakatlarda boylar va kambagʼallar oʼrtasidagi tafovut kuchayib bormoqda. BMTning hisobotiga koʼra, rivojlanayotgan mamlakatlardagi xorijiy investitsiyalar foydasining 80 foizdan ortigʼi 20ta boy davlatga toʼgʼri keladi. Dunyodagi eng boy uchta odamning boyligi eng qashshoq 48 davlatning yalpi ichki mahsulotiga tengdir. Dunyodagi eng boy 200 kishining boyligi esa, dunyo aholisining 42 foizining daromadidan ham koʼproqdir. Bularning barchasi mustamlakachi kapitalistik tuzumning naqadar adolatsizlik bilan hukm yuritayotganini koʼrsatib turibdi.

Аmmo Islomda esa iqtisodiy muammo boylikni adolatli taqsimlash bilan hal qilinadi. Xalifalik davlati har bir fuqaroni oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ega boʼlishini taʼminlaydi. Shuningdek, Islom barcha odamlarni tibbiy, taʼlim va xavfsizlik xizmatlari bilan bepul taʼminlaydi. Bundan tashqari, har bir kishiga kamoliy ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat yaratib beradi. Sudxoʼrlikdan qaytaradi, Baytulmoldan foizsiz qarz beradi. Boylik bir hovuch odamlarning qoʼlida toʼplanishini man qiladi. Monopoliya, oʼzlashtirib olish va yerni uch yildan ortiq ishlatilmay tashlab qoʼyishni taqiqlaydi. Qarovsiz qoldirilgan yerni olib, ekin ekadigan kishiga beradi, dehqonlarga yordam koʼrsatadi. Bugungi kunda boʼlgani kabi, pul qadrsizlanmasligi va pulning xarid qobiliyati pasaymasligi uchun pul birligi oltin va kumushga asoslanadi. Kapitalistik kompaniyalar va birjalarni taqiqlaydi va faqat Islomiy kompaniyalarga ruxsat beradi. Boshqa davlatlar Islomni qabul qilishi, Islomga amal qilishi va adolatsiz kapitalizmdan voz kechishi uchun Islom davlati ularga Islomning iqtisodiy nizomini muvaffaqiyatli va adolatli namuna sifatida taqdim etadi.

Mumtoz Maveranahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.