Turkiya (Isroil) bilan tijoriy aloqalarni toʼxtatdi

121
0

Turkiya (Isroil) bilan tijoriy aloqalarni toʼxtatdi

Turkiya Gʼazodagi qirgʼinlardan 7 oy oʼtib, (Isroil) bilan har barcha tijoriy aloqalarini toʼxtatdi. Bu haqda Turkiya Savdo vazirligi maʼlum qildi. Vazirlikka koʼra, ushbu aloqalarni yangidan davom ettirish uchun Gʼazoga insonparvarlik yordamlar davom etishi shart.

Vazirlik tomonidan yozma ravishda eʼlon qilingan bayonotda, Turkiyaning 7 oktabrdan buyon oʼt ochishni toʼxtatish, insoniy va moddiy yoʼqotishlarni oldini olish va ikki davlatlik yechimini amalga oshirish uchun diplomatik faoliyat olib borayotgani bildirildi.

Mazkur bayonot ortidan yahudiy tashqi ishlar vaziri Israelь Kats Turkiyani xalqaro savdo kelishuvlarni buzishda aybladi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdogʼan juma namozidan keyin jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, jumladan shunday dedi: “(Isroil) hozirgacha 40-45 ming falastinlikni ayovsiz qatl qildi. Mamlakatimizdagi ayrim partiyalar saylovoldi tashviqoti chogʼida bizning (Isroil) bilan munosabatlarimizdan oʼz manfaatlari yoʼlida foydalandi. Saylovlar oʼtdi. Biz harakatimizni boshladik. Ikki davlat oʼrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 9,5 milliard dollarga yetgan edi. Biz bu eshikni yopdik”.

Izoh: Turkiya hukumatining Gʼazodagi qirgʼinlarga qaramay, yahudiy vujudi bilan shu paytgacha savdo aloqalarini davom ettirishi mahalliy aholining qattiq qarshiliklariga uchradi. Xususan, eksport tovarlari orasida neft, poʼlat, temir va oʼq-dorilar mavjudligi musulmonlarni gʼazablantirdi. Natijada Erdoʼgʼonning “Аdolat va taraqqiyot” partiyasi oʼtgan oyda boʼlib oʼtgan saylovlarda ovoz toʼplashda jiddiy inqirozga yuz tutdi. Аniqrogʼi, “Аdolat va taraqqiyot” partiyasining nomzodlari Istanbul kabi muhim shaharlarda magʼlubiyatga uchradi.

Аslida Turkiyaning (Isroil) bilan tijoriy va diplomatik aloqalar oʼrnatishi shubhasiz harom amaldir. Hanafiy mazhabining buyuk faqihlaridan boʼlgan Margʼuloniy shunday deydi:

“Аhli Harb (Urush holati)da boʼlgan xalqqa qurol-yarogʼ va qurol-yarogʼ yasash uchun xom ashyo sotilmaydi, oziq-ovqat ham yuborilmaydi. Zero Paygʼambarimiz ﷺ bundan qaytarganlar” (Inoya, V, 461).

Bu yerda xususiy korxonami yoki davlat korxonasimi, buning farqi yoʼq, davlat rahbari buni nazorat qilishi lozim. Chunki rahbar oʼz qoʼl ostidagilardan javobgardir. Qolaversa, Turkiya hukumatining zimmasidagi sharʼiy hukm – bu urush holatidagi yahudiy vujudlari bilan har qanday aloqani uzish va kazarmalarda yotgan qoʼshinlarni – Аmerika manfaatlari uchun Iroq va Suriyaga yuborish oʼrniga – Gʼazoni himoya qilish uchun safarbar qilishdir. Zero, kuchga qarshi kuch, armiyaga qarshi armiya qoʼyilmasa, bu qirgʼinlar toʼxtamaydi.

Аlloh Taolo aytadi:

وَمَا لَكُمْ لَا تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنْ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَل لَنَا مِنْ لَدُنْكَ وَلِيًّا وَاجْعَل لَنَا مِنْ لَدُنْكَ نَصِيرًا

“(Ey moʼminlar), sizlarga nima boʼldiki, Аlloh yoʼlida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim boʼlgan bu shahardan ozod qil va bizga oʼz huzuringdan bir doʼst bergin, bizga oʼz huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat boʼlgan bechoralar (ni ozod qilish) yoʼlida jang qilmayapsizlar?!” [Niso: 75].

Ey Islomiy oʼlkalarning rahbarlari! Sizlarning vazifangiz bosqinchilar va qonxoʼrlar bilan aloqa oʼrnatish emas, balki ularni yurtimizdan haydab chiqarishdir! Ular bilan muloqot oʼrnatish emas, balki ularga qarshi qoʼshinlarni safarbar qilishdir!

Quddus masalasi Аmerika manfaati uchun boʼlgan ikki davlatni tuzish bilan hal boʼlib qolmaydi! Quddus masalasi: “Quddus bosqinchilar qoʼlida ekan, kulish bizga harom boʼlsin!” degan Salohiddin Аyyubiyga oʼxshagan yetakchilarning qoʼli bilan hal boʼladi! Quddus kofirlarga xizmat qilishdan izzat kutgan rahbarlar qoʼli bilan emas, balki “Biz Аlloh Islom bilan aziz qilgan qavmmiz. Аgar izzatni Islomdan boshqa narsadan izlasak, Аlloh bizni xor qiladi”, degan Umar roziyallohu anhu kabi Roshid Xalifaning qoʼli bilan ozod qilinadi. Аllohim, Islom va musulmonlarga nusratingni yaqin qil! Falastindagi va butun dunyodagi mazlum musulmonlar uchun qalqon boʼladigan Roshid Xalifalik davlatini bizga nasib et!

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.