Haqiqatlar va botillar

99
0
(Oʻzgartirish – “Islomiy davlat” uchun muqarrardir. kitobidan)
Haqiqatlar va botillar
Islom Ummatining birligi:
Yolgʻonchi, ahli botil talqin qilayotgan botillardan yana biri “Islom Ummatining
birlashishi amrimahol”, degan tushinchadir. Ular bu talqinni insonlarni bu haqiqatdan umidsizlantirish maqsadida qiladilar. Agar insonlar biron ishni amalga oshirishdan noumidlikka tushsalar, uning uchun aslo harakat qilmay qoʻyadilar, undan boshqa ishga, undan pastroq ishga ham rozi boʻlaveradilar. Shuning uchun ustimizdagi hukmdorlar musulmonlarni adashtirish va ularni ommaviy ravishda qirib, yoʻqotish payida boʻlishdi, ular orasida har hil nizo va adovatlar qoʻzgʻatishdi. Istiqlol, oʻz taqdirini oʻzi hal qilish nomi ostida ajralish va boʻlinish fikrlarini urchitishdi. Islom Ummatini arabiy, turkiy, forsiy… degan parchalar asosida boʻlib yuborishdi. Turli saqofatlarga, koʻhna Misr va qadimgi yunon madaniyatlariga xayrixohlar koʻpaydi. Ular masalan, musulmonlarning tillari va irqiy, milliy kelib chiqishlari har hildir, shuning uchun ularning masalalari va muammolari ham turlicha boʻladi, deganga oʻhshash oʻzlarining uydirma va jaholatlaridan iborat boʻlgan botillarini koʻtarib chiqib, bularni fikr va endoskopiya(ilmiy tekshiriv natijalari), deb atashdi. Insondan boʻlgan bu shaytonlar bunday botillarni avj oldirib, ularni singdirishga butun diqqat-eʼtiborlarini jalb etishdi. Nizolarni hal qilish, inson huquqlari, oʻz taqdirini oʻzi hal qilish, demokratiya va shunga oʻhshash bahonalar bilan boʻlinishni davom ettirishga va birlashish tushunchasini yoʻq qilishga qattiq kirishishdi.
Har bir musulmon idrok etishi va uning asosida harakat qilishi lozim boʻlgan haqiqat shuki, Islom Ummati irqi, tili turlicha boʻlishiga, aholisining soni necha milliard boʻlishiga qaramasdan, u bitta Ummatdir. Bu ochiq haqiqat va sharʼan vojib boʻlgan ishdir. Bugun bu ish amalga oshmagan boʻlsa, buning oldida har hil dovonlar turgan boʻlsa, albatta uni amalga oshirishga hamda uning qarshisida turgan barcha toʻsiqlarni olib tashlashga harakat qilish vojibdir. Agar musulmonlarning ayrimlari yoki ularning koʻpchiligi haqiqatan aldangan boʻlsalar hamda bir-birlaridan gʻazablanish, bir-birlaridan uzoqlashish fikrlarini koʻtarib yurgan boʻlsalar, ushbu botil va adashtiruvchi zalolatlarni yoʻq qilish uchun Allohga daʼvat qilish, amru-maʼruf va nahi-munkar qilish vojib boʻladi. Sogʻlom islomiy fikrlarni ekish uchun Alloh taʼolo Oli Imron surasida mana bunday marhamat qiladi:
وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا
“Va barchangiz Allohning arqoniga bogʻlaningiz va boʻlinmangiz”. Oli Imron surasi, 103- oyat.
Alloh taʼolo yana aytadi:
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ
“Moʻʼminlar hech shak shubhasiz ogʻa-inilardir”. Hujurot surasi, 10-oyat.
إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ
“Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlilaringiz taqvodorrogʻingizdir”. Hujurot surasi, 13-oyat.
وَإِنَّ هَٰذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاتَّقُونِ
“Shak-shubhasiz, (barchangizni) millatingiz (yaʼni dinigiz) bir millat (yaʼni Islomdir). Men esa sizlarning Pavardigoringizdirman, bas, Mendangina qoʻrqingiz”. Moʻʼminun surasi, 52-oyat.
Agar din ham, millat ham bir boʻlar ekan – holbuki, din shaxsning va jamoatning barcha ishlarini oʻz ichiga oladigan aqiyda va shariatdan iboratdir – albatta, bu narsa qatʼiy ravishda va oʻz-oʻzidan musulmonlarni bitta Ummat qiladi. Ahmad oʻz musnadida Nabiy – sallollohu alayhi va sallam – dan rivoyat qiladi:
والمسلمين من قريش وأهل يثرب ومن اتبعهم فلحق بهم وجاهد معهم. إنهم أمة واحدة من دون الناس
“Quraysh va Yasribdan va ularga ergashgan soʻng ularga qoʻshilib, ular bilan birga jihod qilganlar musulmonlar boʻlib, albatta, ular odamlar orasida yagona, bitta boʻlgan Ummatdir”.
Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – yana dedilar:
مثل المؤمنين في توادهم وتراحمهم وتعاطفهم كمثل الجسد الواحد؛ إذا اشتكى منه عضو تداعى له سائر الجسد بالسّهر والحمّىّ
“Moʻʼminlar bir-birlarni yaxshi koʻrishlarida, bir-birlariga boʻlgan rahimdillik va xayrixohliklarida misoli bir tan, bir jondirlar. Agar bu tanadan bir aʼzo ogʻrisa, tananing qolgan qismi ham uyqusizlik va isitmada bezovta boʻladilar”. Muttafaqun alayh.
الْمُسْلِمُونَ كَرَجُلٍ وَاحِدٍ إِنِ اشْتَكَى عَيْنُهُ اشْتَكَى كُلُّهُ وَإِنِ اشْتَكَى رَأْسُهُ اشْتَكَى كُلُّهُ
“Musulmonlar goʻyo bir kishiga oʻhshaydilar. Agar uning koʻzi ogʻrisi unga qoʻshilib hamma joyi ogʻriydi, agar boshi ogʻrisa, unga qoʻshilib hamma joyi ogʻriydi”. Muslim rivoyati.
أيها الناس، ألا إن ربكم واحد، وإن أباكم واحد، ألا لا فضل لعربي على أعجمي، ولا لأعجمي على عربي، ولا لأسود على أحمر، ولا لأحمر على أسود إلا بالتقوى، إنَّ أكرمَكم عند اللهِ أتقاكم، ألا هل بلَّغتُ؟، قالوا: بلى يا رسول الله، قال: فليُبلِغِ الشَّاهدُ الغائبَ
“Ey insonlar! Ogoh boʻlingki, sizlarning Parvardigoringiz bittadir, otangiz ham birdir! Ogoh boʻlinki, arabni ajam ustidan, ajamni arab ustidan, qora tanlini qizil tanli ustidan, qizil tanlini esa qora tanli ustidan taqvodan boʻlak hech bir afzalligi yoʻqdir. Ogoh boʻling-ki, yetkazdimmi?!. Sahobalar: “Ha” dedilar. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Bas, bunga shohid boʻlgan odam gʻoib odamga yetkazsin”, dedilar”. Qurtubiy oʻz tafsirida zikr qilgan, Tobariy chiqargan.
الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لَا يَظْلِمُهُ، وَلَا يَخْذُلُهُ، وَلَا يَكْذِبُهُ، وَلَا يَحْقِرُهُ، التَّقْوَى هَاهُنَا، وَيُشِيرُ إلَى صَدْرِهِ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ، بِحَسْبِ امْرِئٍ مِنْ الشَّرِّ أَنْ يَحْقِرَ أَخَاهُ الْمُسْلِمَ، كُلُّ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ حَرَامٌ: دَمُهُ وَمَالُهُ وَعِرْضُهُ
“Musulmon musulmonning birodaridir, uni yordamsiz tashlab qoʻymaydi va uni tahqirlamaydi. Taqvo mana bu joydadir. Uch marta koʻksilariga ishora qiladilar. Musulmon birodarini haqoratlashi kishining yomonligiga kifoya qiladi. Har bir musulmon qoni ham, moli ham, nomusi ham musulmonga haromdir”. Muslim rivoyat qilgan, Ahmad chiqargan.
Rasululloh – sallallohu alayhi va sallam – urugʻchilik, vatanparastlik, millatchilik va shunga oʻhshash illatlar haqida: “Bundaylarni tashlanglar. Chunki ular sassiqdir”, – deganlar. Muslim rivoyati. Bu borada bulardan boshqa yana bir necha oyat va hadis nasslaridan keltirilgan hujjatlar(shavohidlar) mavjuddir. (Misolni har kim xohlagancha oʻzi tomonidan keltirishi mumkin. Biroq, oyat va hadislardan keltirilgan misollar esa, shavohid, deyiladi.) Biroq, botil va zalolat ahli Ummatimizni yoʻq etishni xohlaydilar. Shuning uchun ular bizlarga xuddi Iblisning Odam – alayhis salom – ga qilgan nasihatini qiladilar. Darhaqiqat, Alloh taʼolo ular xaqida bizlarga mana bunday xabar bergan:
إِن تَمْسَسْكُمْ حَسَنَةٌ تَسُؤْهُمْ وَإِن تُصِبْكُمْ سَيِّئَةٌ يَفْرَحُوا بِهَا
“Agar sizlarga biron yaxshilik yetsa, bu ularni xafa qiladi. Agar sizlarga yomonlik yetsa, ular bu bilan xursand boʻladilar”. Oli Imron surasi, 120-oyat.
قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ ۚ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الْآيَاتِ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ
“Ularning sizlarni yomon koʻrishlari ogʻzilaridan oshkor boʻldi. Dillaridagi adovatlari esa, yanada kattaroqdir. Agar aql yurgazsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik”. Oli imron surasi, 118-oyat.
Mana bizlar ularning hukmronligi ostida va ularning malaylari bizlarga koʻrsatayotgan istibdodlari ostida boshimizga kelayotgan balo va musibatlarning azobini tortmoqdamiz.
Bizlar shaxslar sifatida ham, jamoalar sifatida ham qirgʻinbarot qilinmoqdamiz, boshpanasiz qoldirilmoqdamiz. Musulmon bir necha kilometr olisdagi brodariga ham yoki atigi bir necha metr naridagi brodariga ham yordam koʻrsatishga oʻzida na bir kuch va na bir chora topa oladi. Falastin, Liviya, Suriya, Iroq, Bosniya, Gersogaviniya, Checheniston, Indoneziya, Oʻzbekiston va boshqa joylardagi har qanday razil va pastkashlar bizlarni zaif, deb sanaydilar. Agar oʻzimizni oʻnglab olmasak, boshqalar ham shunday qiladilar. Bizlarning davlatlarimiz va davlat axborot vositalari goʻyoki, musulmonlarning bir-birlariga hech qanday aloqasi yoʻqdek ana oʻsha soʻyilayotgan, oʻldirilayotgan musulmonlarning manzaralarini namoyish etadilar. Alloh aytadi:
وَالْمُؤْمِنُونَ وَالْمُؤْمِنَاتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ
“Moʻʼmin va moʻʼminalar bir-birlariga doʻstdirlar”. Tavba surasi, 71-oyat.
وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ
“Agar ular din yoʻlida sizlardan yordam soʻrasalar, yordam qilish zimmangizdadir”. Anfol surasi, 72-oyat.
Butun dunyodagi musulmonlar musulmonlarning insonlar orasida “Bitta Ummat” ekanliklari haqiqatini idrok etishlari va bu haqiqatga iymon keltirishlari lozim. Ushbu sharʼiy va qatʼiy haqiqatni mahkam ushlashlari, shuning asosida harakat qilishlari lozim. Ish qanday boʻlishidan, qanday qurbonliklar talab qilinishidan qatʼiy nazar ushbu haqiqatdan boshqa har qanday asosni uloqtirib tashlashlari lozim.
Musulmonlar Bitta Ummatdir. Bu musulmonlar musulmon boʻlgandan buyon qatʼiy va muqarrar boʻlib kelayogan haqiqatdir. Bu haqiqat nafaqat mumkin, balki muqarrardir. Bizlarning musulmonlar sifatidagi birligimiz ochiq, amaliy va zaruriy ishdir. Bu haqiqatni tasavvur qilib boʻlmas darajadagi tez surʼatda amalga oshirish mumkin. Sharti shuki, oʻsha ishning toʻgʻri tariqati asosida yurishi, xolos. Mustamlakachi kofir davlatlarning va hukmdorlarning aldovlari ortidan yurmaslik kerak. Agar bizlarni birlashish yoki birlashish yoʻlida yurish bilan aldayotgan boʻlsalar ham kofirlarning davlat apparatlari, ularning soxta harakatlari va ularning karnaylari ortidan erchimaslik lozim.
Ammo til, irq, terining rangi, kelib chiqish, oʻtkinchi masalalar va muammolar – bularning birortasi ham hech qanday fikr, tushuncha yoki mavqifni belgilab bermaydi. Bular Xoliqning mavjudligi xaqida yoki Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ning paygʻambarligi xaqida, qiyomat kuni, jannat yoki doʻzah xaqida hech qanday fikr bermaydi. Bularning birortasi haj, roʻza, sadoqat yoki amonat haqida ham, choʻchqa yoki aroq haqida ham hech qanday hukm bermaydi. Bularning birortasi yahudlar va ularga oʻxshaganlar bilan qanday mavqifda turishni belgilab bermaydi va hech qanday toʻgʻri yoʻlni ham koʻrsatmaydi.
Mushkilot va muammolar hech qanday mavqif yoki yoʻnalishni belgilab bermaydi. Chunki, bular toʻgʻri yoʻl topish yoki muolaja qilishning manbaʼlari emaslar. Balki, bularning oʻzlari muolajalarga muhtojdir. Muolajalarning masdari – asos boʻlgan fikr, shariʼat manhaji va shariʼat nasslari, yaʼni muolajalarning masdari faqatgina Qurʼon va Sunnat nasslaridir.
Albatta odamlar orasidagi birlik – shu insonlar ishonadigan fikrlar, tuzumlar va qonunlarning birligi hamda insonlarning dillarida yashirinib yotgan yoki zohirda koʻrinib turgan tuygʻularining birligi asosiga quriladi.
Albatta, Islom Ummati boshiga ne kulfatlar tushganiga qaramay, Uning firqalanishidan koʻra, birlashib ketish omillari kuchlidir. Albatta, birlashish omili koinot, inson va hayotni tafsirlab beradigan, bularni oʻzidan oldingi Vujudga va oʻzidan keyingi hayotga boʻlgan aloqasini bayon qilib beradigan hamda hayot uchun bir nizom beradigan aqiydadir. Bu omillar Islomda bus-butin va toʻlaligicha mavjuddir.
Musulmonlar Islomga, Islom paygʻambariga va Islom risolatiga iymon keltiradilar. Islom tarixi barcha musulmonlarning tarixidir. Paygʻambarlarining siyrati barcha musulmonlar uchun ibrat boʻlib, ular bu ibratlarni doimo yodga oladilar va bu ibratlardan oʻrnak olishga intiladilar. Abu Bakr, Umar, Usmon, Aliy va boshqa Islom kishilari, rijollari ularning ham rijollaridirlar. Musulmonlarning barchalari Islom anʼanalarini, ibodatlarni birgalikda bajaradilar. Ularni birlashtiradigan sharʼiy ahkomlarning esa, sanogʻi yoʻq. Ularning barchasi ramazon oyini birga kutadilar va roʻzani birga tutadilar. Barcha musulmonlarning qalblari Baytul Haram tomon talpinadi. Bir vaqtda, bir kunda balki bir soatda dunyoning har burchidan kelgan musulmonlar ayni bir ibodatni, uning manosik(farz-sunnat)larini bajaradilar. Birgalikda ayni soʻzlarni takrorlaydilar, tavof qiladilar, duolar qiladilar, qurbonliklar chaladilar. Dastlabki Islom davlati qad rostlagan joyda, Madinai-Munavvarada paygʻambarmizga salom berish va salovat aytish uchun Rasulullolloh – sallollhu alayhi va sallam – ning masjidlariga talpinadilar. U Zotning daʼvatni qanday boshlaganliklari, bu yoʻlda qanaqangi sabr-matonat bilan turganliklari va oxiri qanday nusratga erishganliklari xaqida eslashadi, bir-birlariga eslatishadi. Ular oʻz shaxarlariga, oʻz ahl-oilalariga qaytib, ayni bir hil xotiralar haqida soʻzlab beradilar va barchalari birdek tabriklarni, muborakbodlarni qabul qilib oladilar. Shuning uchun butun dunyodagi musulmonlarning holatlari bir hildir. Dunyoning xamma burchidagi “Allohu akbar” degan azon sadolari bir hil yoʻnalishda va bir hil manhajda koʻtariladi. Ularning barchalari Ummatning birlashishini, Islom va musulmonlarning azizligini, Masjidul Aqso, Falastin va boshqa shaxarlarni ozod boʻlishini chin dildan istaydilar. Bu degizdan bir tomchi, xolos. Butun dunyodagi musulmonlarning holatlari xuddi shunday. Kim ulardan favqulotda adashib, shaytonning gapiga kirib ketgan boʻlsa, ular ortga qarab ketgan guruhdirlar. Ularning bu toyilishi doʻzaxga olib boradi.
Ha, albatta, Islom – Ummatni haqiqatan ham bitta Ummat qiladigan va shu Ummatning bir boʻlagi boʻlishi uchun boshqa har qanday xalq va qavmlarni eritib yuboradigan aqliy aqiyda, fikrlar va ahomlardan iboratdir.
Shuning uchun hech kim kufr va zalolat ahlining yolgʻonlari va ularning hech bir asossiz daʼvolari bilan aldanib qolmasin. Ularning razil, pastkashlarni yuqori koʻtaradigan va ulugʻ insonlarni yerga uradigan soxta, qalbaki axborot vositalari bilan yoki qalbakilashtirilgan tarixlari bilan hech kim aldanmasin.
Albatta, musulmonlarning bugungi parokandalik va magʻlubiyatlari sababchisi mana shu ahli botilning mavjud tizimlari, tizim qurilmalari va bu tizimlarning yolgʻon-yashik botillaridir. Islomiy birlik mana shu shaytoniy tizimlarning ziddiga quriladi. Musulmonlar ushbu birlikni amalga oshirishlari uchun juda katta kuchga egadirlar. Faqat, bugun bu kuch zulm, qotillik va adashtirish harakatlari ostida yashiringan holda qolmoqda.
Misol uchun butun dunyodagi musulmonlarning Afgʻoniston, Checheniston, Kosovo, Falastin va boshqa oʻlkalardagi musulmonlarga nisbatan olib borilayotgan jinoyatlarga nisbatan kechayotgan tuygʻularini olib koʻraylik. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, men ularning amallarini emas, tuygʻularini olib qaraylik, demoqdaman. Negaki, ular bugun his-tuygʻulariga va iymonlarigagina egalik qilmoqdalar, xolos. Kuch-qudrat va irodalariga esa, egalik qila olmayotirlar. Sababi, ularning iroda va kuch-qudratlari tortib olingandir. Bugun musulmonlarning kuch-qudratlari kufr tizimlarining qoʻlida, insondan boʻlgan shaytonlarning qoʻlidadir. Shuning uchun butun dunyodagi musulmonlarni koʻrdikki, ular zulm va ozorlarga yoʻliqayotgan hamma joydagi brodarlariga yordam berishni juda istaydilar, buning uchun ularning yuraklari yonadi. Darhaqiqat, butun islomiy yurtlardagi musulmonlarni koʻrdikki, ular Masjidul Aqsoda toʻpolon boʻlgan mahalda qoʻzgʻalib ketadilar, xayqiradilar, Quddusdagi va Falastindagi musulmon brodarlariga yordam bergilari keladi. Biroq, ular kishanlangan sherlar kabi, Ummatning dushmani boʻlgan, musulmonlarni soʻyishda, xorlashda, shaharlarini va aziz-avliyolari oʻtgan qadamjolarini yoʻq qilishda kofirlarga sherik boʻlgan anavi xoin, malay hukmronlarning qafaslarida nara tortmoqdalar. Bizlar oʻsha malay hukmdorlarning Iroqqa qarshi urushda, uni qamal qilishda kufr boshi boʻlmish amerikaliklar, inglizlar bilan hamkorlik qilishayotganini, joy-joylarda musulmonlarning boʻgʻizlanayotganini koʻrmaslikka olishayotganini haqiqatan guvohi boʻldik.
Albatta, misollar va shohidlar juda koʻp. Bularning hammasi islomiy ummatning birlashishi muqarrar ekanini qatʼiy taʼkidlaydi. Islom Ummatining birlashishi yoʻlida esa, anavi qallob, kazzob tizimlar qarshi turadi. Agar Ummat Islom haqiqatlarini anglab yetsa va bu haqiqatlar yoʻlida fidoiylikka tayyor tursa, bu qallob va kazzob tizimlar quturgan itga aylanib qoladilar.(davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.