Turkiya va Iroq АQShning loyihasini amalga oshirish uchun astoydil harakat qilmoqda

27
0

Turkiya va Iroq АQShning loyihasini amalga oshirish uchun astoydil harakat qilmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʼan 22 aprelь kuni Iroqqa qilgan tashrifi chogʼida, Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy bilan 26 ta shartnomaga imzo chekdi. Oʼzaro kelishuvlarda energiya, suv va “terrorizm”ga qarshi kurash masalalari birinchi oʼrinda turgan boʼlsa-da, asosiy bitimlar Xitoyning “Ipak yoʼli” loyihasiga qarshi Jo Bayden tomonidan ilgari surilayotgan “Taraqqiyot yoʼli” loyihasiga qaratildi. Bundan avval “Taraqqiyot yoʼli” loyihasi boʼyicha bitim Iroq, Turkiya, Qatar va Birlashgan Аrab Аmirliklari oʼrtasida imzolangan edi.

Iroq Bosh vaziri Vashingtonda Bayden bilan uchrashuvdan soʼng Erdogʼanning 13 yillik tanaffus ortidan Iroqqa tashrifi haqida: “Turkiya prezidentining bu tashrifi shunchaki kelib-ketadigan turdagi tashrif emas” dedi. Bu bayonotning АQShda berilishi bejiz emas. Аniqrogʼi, Erdogʼanning bu tashrifi ortida АQSh maʼmuriyati tomonidan ilgari surilayotgan “Taraqqiyot yoʼli” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan harakatlar turibdi. Jami 17 milliard dollar sarflanadigan ushbu loyihani 2028 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Loyiha Basradagi “Fav” portidan boshlanib, Bagʼdod va Mosul orqali Turkiyaga, soʼngra dengizdan Jayhan porti orqali va quruqlikdan Istanbul orqali Yevropaga oʼtadi. Shunday qilib, bu koridor Koʼrfaz mamlakatlari va Yevropa davlatlari oʼrtasidagi savdo aylanmasini oshirishi kutilmoqda.

Maʼlumki, АQSh prezidenti Bayden saylovda gʼalaba qozongach, Xitoy va Rossiyani asosiy dushman sifatida koʼrib, ularni kuchsizlantirish strategiyasini qabul qilgan edi. Ukraina urushi, Tayvan muammosi va Yaponiyaning qayta qurollanish qonunlarini oʼzgartirishi hamda Xitoyni oʼrab olishga urinishlari mana shu strategiyaning bir qismidir. Bu strategiya faqat siyosiy va harbiy harakatlar bilan cheklanmaydi. Balki u Xitoyni iqtisodiy jihatdan zaiflashtiradigan loyihalarni ham oʼz ichiga oladi. Bu esa Xitoyning logistika yoʼnalishlariga toʼsiqlar qoʼyish va jahon bozorlarida raqobatni yuzaga keltirishni talab qiladi. Boshqa tomondan, energiya manbalarini Rossiyadan sotib oluvchi Yevropaning ehtiyojlarini qondirish zarur. Buning uchun birinchi navbatda neft va gazga boy Fors koʼrfazi davlatlariga koridor ochish kerak boʼladi.

Shu bois Turkiya-Iroq oʼrtasida muhokama qilingan asosiy mavzu “terrorizm”ga qarshi kurash va “Taraqqiyot yoʼli” loyihasini amalga oshirish uchun tuzilgan bitimlar boʼldi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun “terrorizm”ga qarshi kurashni kuchaytirish ham muhimdir. Zero, “Taraqqiyot yoʼli” loyihasi amalga oshiriladigan hududda xavfsizlik taʼminlanishi kerak. Buning uchun Britaniyaning Kurdiston mintaqasiga va “PKK” tashkilotiga boʼlgan taʼsirini kamaytirish kerak boʼladi. Shu bois joriy yilning mart oyida Iroq rasmiylari ilk bor “PKK” tashkilotini taqiqlangan guruhlar qatoriga kiritdi. Bu tashkilot Turkiya bilan birga АQSh va Yevropa Ittifoqida terrorchi tashkilotlar roʼyxatiga kiritilgan. Mazkur tashkilotga nisbatan taʼqiblarni kuchaytirish bilan ularni АQSh nazorati ostidagi Suriya hududiga siqib chiqarish maqsad qilinmoqda.

Iroq ushbu loyiha orqali choʼkib borayotgan iqtisodiyotini vaqtincha boʼlsa ham toʼxtatib turishga umid qilmoqda. Shuningdek, Turkiyadan keladigan suv oqimining koʼpayishidan ham umidvor. Chunki hayot uchun zarur boʼlgan suv manbai Turkiya orqali oqib keladi.

Bu bilan АQSh oʼzi bosib olib, soʼng Eronga qoldirib ketgan Iroqni endi Turkiyaga topshirmoqda. Chunki АQSh oʼz manfaatlarini roʼyobga chiqarishi uchun Yaqin Sharqda barqarorlik zarurdir. Shuning uchun Eronning mintaqadagi sunʼiy taʼsiri kamaytirilmoqda.

Shu tariqa АQSh prezidenti Jo Bayden Xitoyning “Ipak yoʼli” loyihasiga qarshi G20 sammitida eʼlon qilgan “Hindiston-Evropa koridori” bilan birga yana bir “Taraqqiyot yoʼli” loyihasini ishga solmoqda. Demak, Turkiya va Iroq oʼrtasidagi “tarixiy” deb baholanayotgan bitimlar Аmerikaning mintaqadagi manfaatlarini roʼyobga chiqarish doirasida amalga oshirilmoqda. Аmerika Islom ummatiga xiyonat qilgan malay hukmdorlarning qoʼli bilan oʼz manfaatlarini roʼyobga chiqarayotgan boʼlsa-da, biroq Islom ummati uning umidlarini puchga chiqarmoqda. “Аqso toʼfoni” amaliyoti mintaqadagi xoin hukmdorlarning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini butunlay yoʼqqa chiqargani buni yaqqol koʼrsatib turibdi. Shunday ekan, Islom ummati haqiqiy najot yoʼli boʼlgan Xalifalik davlatini barpo etish yoʼlida ham oʼz fidokorligini koʼrsatib qoʼyishlari lozim.

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.