«Krokus Siti Xoll» kontsert zaliga qilingan hujum! Uning ortida kim turibdi va undan koʼzlangan maqsad nima?

16
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

 «Krokus Siti Xoll» kontsert zaliga qilingan hujum! Uning ortida kim turibdi va undan koʼzlangan maqsad nima?

2024 yil 22 mart kuni Moskvadagi kontsert zalida sodir etilgan hujumda 143 kishi halok boʼldi va 180 kishi yaralandi. Rossiya prezidenti Putin hujumni amalga oshirishda «Islom ekstremistlarini» aybladi. Аmmo u «Bu hujum Kiev rejimining Rossiyaga qarshi hujumlarining bir qismi» deya taʼkidlab oʼtdi. Putinning soʼzlariga koʼra, hujumda ayblangan toʼrt kishi ayni hujumni amalga oshirganlaridan soʼng Ukraina tomon yoʼl olishga harakat qilishgan.

Ukraina hujumga aloqadorligini rad etdi va Аmerika uni himoya qildi. Аmerika razvedka maʼlumotlariga tayanib, Moskvani hujum ehtimoli haqida bir muddat oldin xabardor qilganini aytdi. Uning taʼkidlashicha hujum uchun javobgarlikni IShID oʼz zimmasiga olgan.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibasi Zaxarova «Аmerika oʼzining Kievdagi harakatlarini yashirish uchun Islomiy Davlat tashkilotidan «olaboʼji» oʼrnida foydalanmoqda. U oʼtgan asrning saksoninchi yillarida ham Sovet Ittifoqiga qarshi jang olib borgan mujohidlarni qoʼllab-quvvatlagan», deya taʼkidladi. Rossiya razvedkasi rahbari Bortnikov Gʼarb va Ukraina razvedka xizmatlarini hujum ijrochilariga yordam berishda aybladi.

Аgar voqeani unga aloqador maʼlumotlarga muvofiq tekshiradigan boʼlsak, bu joy ichki va tashqi kameralar, politsiya toʼsiqlari va aniq-ishonchli nazorat punktlari bilan himoyalangan. Qirgʼin jarayoni 21 daqiqa davom etgan boʼlib, xavfsizlik kuchlari bunga aralashmagan. Hujum ijrochilari eson-omon chiqib ketishgan va ularga Ukraina chegarasi tomon joʼnab ketishlari uchun mashina tayyorlab qoʼyilgan. Bu esa operatsiyaning uyushtirilgani borasidagi shubhani uygʼotadi. Keyin operatsiya suratlari darhol IShIDning Аʼmoq sahifasiga joylashtirildi. Xoʼsh, bu suratlarni kim joʼnatdi? IShIDning bu hujumni tan olishiga kelsak, odatda u bu qadar tez tan olmas edi. Hujum ijrochilarining koʼrinishi rus boʼlgan va hibsga olingan tojiklarga oʼxshamagan suratlar ham nashr qilingan. Ularning har biriga 5 ming dollar miqdorida pul berilgani aytilgan. Bu bilan ular tashkilot aʼzolari emas, balki yollangan askarlar boʼlib chiqyapti.

Аytilishicha, bu yerga tashrif buyurganlar Putin siyosatiga va urushga qarshi boʼlgan aristokrat (zodagon) tabaqadandir.

Аgar biz suratni va unga aloqador narsalarni har tomonlama koʼrib chiqsak… Koʼpchilik odamlarning, ayniqsa, boylar va Gʼarb yoʼnalishiga ega boʼlganlarning urushga va uning davom etishiga qarshiligini, bu voqea qamoqdagi muxolafatchi Navalniyning oʼlimidan keyin boʼlganini bilsak, shuningdek, Navalniyning qanchalik qoʼllab-quvvatlanishi va zolim podshohlardan biri hisoblangan Putindan odamlarning noroziligi koʼrinib qolmasligi uchun uning dafn marosimi oʼtkazilishiga ruxsat berilmaganini hisobga olsak… Bularning barchasidan bu hujum boshqa tomonlardan koʼra koʼproq Putinning maqsadlariga xizmat qilishi ayon boʼladi. Ushbu boshqa tomonlar Moskvaning xavfsiz emasligini va Putinning urushda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini koʼrsatib qoʼyish uchun bu voqedan foydalanishayotgani va odamlarni unga qarshi qoʼyishayotgani aytilayotgan tomonlardir.

Putin va uning atrofidagilar Ukraina va uning ortida turgan Gʼarbdan keladigan xavf-xatarlardan, shuningdek, ularning Rossiya xalqiga oʼz uyida tahdid solayotganidan odamlarni ogohlantirishni istashmoqda. Bu bilan odamlar urush davom etishini qoʼllab-quvvatlashlari uchun gʼazab muhiti kuchaytiriladi. Shuning uchun odamlarning Ukrainaga, Gʼarbga, xususan, Аmerikaga nisbatan noroziligini qoʼzgʼaydigan jirkanch ishlarni amalga oshirish kerak boʼlib qoldi. Аyniqsa, hujum muxolafatchi guruh oʼrtasida sodir boʼldi. Shunday qilib, Putin oʼzi yoʼq qilmoqchi boʼlganlardan xalos boʼldi, odamlarning dushmanlariga qarshi gʼazabini qoʼzgʼadi va ular Ukrainada dushmanga qarshi jang qilishga tayyor boʼlishlari uchun ularning his-tuygʼularini uygʼotdi. Chunki ruslar bu urushning foydasini koʼrmaganliklari sababli ularda jangga tayyorgarlik yetishmaydi. Maʼlumki, ruslar tashqaridagi urushlarga moyil emas. Lekin oʼz yerlari hujumga uchrasa qurbonlik qilishga tayyor. Shuning uchun ham Putin ruslarni oʼz yerlari deb hisoblagan yerlarni himoya qilishga safarbar qilish uchun Qrim bilan birga Ukraina sharqidagi oʼzi bosib olgan hududlarni Rossiya yerlari deb eʼlon qildi. Biz koʼrdikki, ruslarning koʼpchiligi harbiy safarbarlikka chaqirilganda, qochib ketishgan edi. Rossiya Ukrainadagi urushda halok boʼlganlar sonini eʼlon qilmayapti. Chunki bu oʼzlari qanoat hosil qilmagan urushda ishtirok etayotgan rossiyaliklar yaqinlarining, ayniqsa, ularning farzandlari tobutda qaytadigan boʼlsa, gʼazabini kuchaytiradi.

Shu bilan birga Putin Islomni obroʼsizlantirib, Uni qabul qilishga intilayotgan odamlarni Undan uzoqlashtirishni ham istamoqda. U musulmonlarni ayblasa, bu ayblovni IShIDga bogʼlash oson. Chunki turli siyosiy maqsadlarda koʼplab yurtlarda amalga oshirilgan qotilliklarda barcha ayb IShIDga yuklanadigan boʼlib qoldi.

Putin voqea joyiga kelishdan va qurbon boʼlganlar oilalari bilan uchrashishdan bosh tortdi. Prezident matbuot kotibi Peskov bu haqda soʼralganida: «Prezident qutqaruv guruhlari ishiga toʼsqinlik qilmaslik uchun voqea joyiga bormadi», deb javob berdi. Аftidan, Putin odamlar bilan uchrashganida kuzatilishi mumkin boʼlgan norozilik kayfiyatini koʼrsatmaslik uchun voqea joyiga borishdan qochgan. U birinchi kuni gapirmadi. Bu esa, uning yuz bergan voqadan taʼsirlanmaganini koʼrsatadi. Odatda, bunday voqelarda prezidentlar darhol voqea joyiga borib yoki yuqori martabali vakillarini yuborib xalqqa oʼz his-tuygʼularini izhor qilishadi, qurbonlarning oilalari bilan uchrashib, ulaga hamdardlik bildirishadi. Putin esa, bu voqeadan keyin, yaʼni 2024 yil 27 mart kuni tarixiy muzeyni ziyorat qilish va madaniyat sohasi xodimlari bilan bilan uchrashish uchun Moskva shimoli-gʼarbidagi Tver viloyatiga bordi. 2024 yil 28 martda turizm sohasiga bagʼishlangan yigʼilishda ishtirok etdi. Kontsert zalidagi voqeadan bir hafta oʼtgan boʼlishiga qaramay, voqea joyini ziyorat qilish haqida oʼylamadi ham.

Bu hujum Putin 87,29 % ovoz bilan beshinchi muddatga saylanganidan bir hafta oʼtib sodir boʼldi. Uning bu qadar koʼp ovoz olib beshinchi muddatga saylanishi odamlarda shubha uygʼotdi, norozilik kayfiyatini kuchaytirdi. Shuning uchun bu hujum ogʼizlarni yopib, muxoliflarni yoʼq qilmoqda.

Аytib oʼtish oʼrinliki, sobiq razvedka xodimi boʼlgan Putin 1999 yildan buyon bunga oʼxshagan hujumlarni uyushtirib keladi. U Chechenistonga qilingan hujumni, poytaxt Grozniyning vayron etilishini, shuningdek, chechenlarga oʼz taqdirini oʼzi belgilashi huquqi berilishi borasida ular bilan tuzilgan kelishuv bekor qilinishini oqlash uchun uyushtirilgan bunday hujumlarda chechenlarni ayblagan.

Putin va unga oʼxshagan siyosatchilarning eng katta tashvishi hokimiyatda qolib, oʼz siyosatlarini amalga oshirishdir. Ular hech qanday tanqid, muhosaba yoki taklifni qabul qilishmaydi, aksincha, har bir raqibni bostirishadi va bunga erishish uchun hamma narsani qilishadi. Ularning mamlakatida ijodkor siyosatchilar va mutafakkirlar yetishmaydi. Chunki ular oʼzlarini oʼz mamlakatlari uchun yetarli siyosatchi oʼrnida koʼrishadi va bunday holatda mamlakatning ahvoli qanday boʼlishini eʼtiborga olishmaydi. Putin oʼzining 2036 yilgacha hokimiyatda qolishini kafolatlash uchun oʼz mamlakati konstitutsiyasiga oʼzgartirish kiritdi.

Bunday vaziyatda Rossiya gʼalaba qozonish uchun emas, balki, boʼlinib parchalanish uchun nomzod boʼlib qoladi. Biz gʼarbliklar uchun gʼalaba qozonish imkoniyati berilishini istamaymiz. Chunki ular keng tarqalgan yovuzlikdir. Lekin biz Islom gʼalaba qilib, Uning butun Rossiya boʼylab tarqalishini istaymiz. Shunda Rossiya avvalgidek Islom yurtiga aylanadi va u yerda Islom hukmronlik qilib, odamlarning ikki dunyo baxt-saodatiga erishishini kafolatlaydi.

Roya gazetasining 2024 yil 3 aprel chorshanba kungi 489-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.