АQShda Markaziy Osiyoning yerosti boyliklari muhokama qilindi

42
0

АQShda Markaziy Osiyoning yerosti boyliklari muhokama qilindi

Markaziy Osiyodagi nodir metallar va minerallar yashil energiya va yangi qurol tizimlari hamda boshqa ilgʼor texnologiyalarni ishlab chiqarishda juda muhimdir. Bu haqida Vashingtondagi “Xalqaro soliq va sarmoya markazi” oʼz hisobotida maʼlum qildi.

Hisobotda aytilishicha, Markaziy Osiyo yerosti boyliklari Gʼarb bizneslari va hukumatlari eʼtiborida. Аmmo Xitoy bu sektorda jahon boʼylab monopoliya oʼrnatgan. Xitoyning noyob yer elementlariga monopoliyasini tugatish uchun АQSh Markaziy Osiyo bilan hamkorlik qilishi kerak. Chunki temirdan tortib urangacha boʼlgan Markaziy Osiyo davlatlarining boyligi Pekinni oʼziga jalb qilishi turgan gap.

Mutaxassislarning fikricha, Qozogʼiston dashtlari, Tyan-Shan togʼlari, Qirgʼiziston, Oʼzbekistondan Tojikistonning Pomir togʼlarigacha boʼlgan hududlarda monazit, piroxlor, apatit, ksenotim, sirkon, allanit va kolumbit kabi nodir metallar va minerallarning katta zaxiralari topilgan. Аyniqsa Qozogʼiston xrom konining katta zahiralariga ega va uran konlari boʼyicha u dunyoda ikkinchi oʼrinda turadi. АQSh Geologiya xizmati 2016 yilda eʼlon qilgan roʼyxatga koʼra, Qozogʼistonda 160 ta, Oʼzbekistonda 87 ta, Qirgʼizistonda 75 ta, Tojikistonda 60 ta kon bor. АQShning Oʼzbekistondagi sobiq elchisi Jon Xerbst nodir minerallar va metallar Gʼarbning mintaqadagi hamkorligining yana bir sohasi boʼlishi mumkinligini taʼkidlaydi.

“Geostrategik va geoiqtisodiy keskinliklar kuchaygan sari bu noyob metallar va foydali qazilmalar ustida global raqobat kuchayib bomoqda. Energetikadagi global oʼzgarishlar, xususan yuqori texnologiya, yashil iqtisod va mudofaa sohalarida ushbu noyob metal va minerallarga talabni oshirmoqda”, “Markaziy Osiyo respublikalari suveren va mustaqillikni mustahkamlamoqchi boʼlsa, yaqinidagi yirik davlatlarga tayanib qolmasligi, ularga bu jihatdan ham tobe boʼlib qolmasligi lozim. Jahon bozoridan muqim joy topish yoʼllari bor”, deyiladi Xalqaro soliq va sarmoya markazi hisobotida.

Izoh: Darhaqiqat Markaziy Osiyo mintaqasi mustamlakachi davlatlarni oʼziga rom etuvchi mineral resurslar va tabiiy yer osti zaxiralariga boy mintaqadir. Shuning uchun Gʼarb siyosatchilari bu mintaqaning strategik ahamiyatga egaligini va bu yerda ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mavjudligini, shu bois ham bunga befarq qarash mumkin emasligini avvaldan taʼkidlab keladi. Bundan tashkari bu mintaqa mustamlakachi davlatlar, yaʼni АQSh, Gʼarb davlatlari, Rossiya va Xitoyning manfaatlari kesishgan muhim mintaqa hisoblanganligi uchun ham uning ustida mustamlakachilik kurashi tobora kuchayib bormoqda. Hisobotda Rossiyaning bu mintaqa bilan aloqalari eskirib qolganligining tilga olinishi va Xitoy monopoliyasining alohida taʼkidlanishi ham shuni koʼrsatmoqda. Xususan Xitoyning Markaziy Osiyo boʼyniga milliardlagan dollar qarzni ilib qoʼyganligi, shubhasizki, АQShni xavotirga soladi.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, bugungi kunda kapitalizm hukmronlik qilayotgan dunyodagi bosqinchi davlatlar qaysi mintaqada qazilma boyliklar hidini sezsa, och qolgan itlar kabi oʼsha joyga yetib borishmoqda. Yuqorida nomi tilga olingan noyob foydali qazilmalarning Markaziy Osiyoda mavjudligi va bu mintaqaning strategik ahamiyati bosqinchi davlatlarni ushbu mintaqada oʼz taʼsirini kengaytirishga undamoqda. Bu ketishda Markaziy Osiyo davlatlari bir mustamlakachining taʼsiridan qutulib, boshqasini taʼsiri ostida tushib qolishdan boshi chiqmaydi. Mustamlakachi davlatlar esa, oʼz tabiatlariga koʼra, boyliklarni talon-taroj qilish, xalqlardan arzon ishchi kuchi safatida foydalanishda davom etaveradi. Shunday ekan, biz musulmonlar oʼz kelajagimiz va taqdirimizni mustamlakachilar va ularning qoʼgʼirchoqlari boʼlgan hokimlarga topshirib qoʼymay, bizlarni ikki dunyo azizligiga olib boruvchi islomiy Xalifalik davlatini barpo etish yoʼlida harakat qilishimiz zarur. Xalifalik davlati nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasini, balki butun Islomiy oʼlkalarni bu mustamlakachilarning iflos qadamlaridan tozalaydi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.