Deputatlar yoshlarni “zararli” axborotdan himoya qilishga kirishmoqda

498
0

ef81286f39e293896c5fba79980b3b5aO’zbekistonda “Bolalarni ularni jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bundan maqsad “yosh avlodni ularning ongini buzuvchi, ruhiy jarohat etkazuvchi axborot ta’siridan himoya qilish, ommaviy axborot vositalarida shafqatsizlik va zo’ravonlik targ’ibotiga yo’l qo’ymaslikning ta’sirchan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash”dir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rasmiy saytida qayd etilishicha, “bugungi globallashuv sharoitida axborot-kommunikatsiya vositalarining kundalik hayotga chuqur kirib kelayotgani, internet tarmog’i va OAV orqali tarqatilayotgan axborotlarning har doim xolis va haqqoniy emasligi va ular orqali tashqaridan yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi zararli axborot xurujlari, mafkuraviy tahdidlarning ortib borayotgani kabi omillar “Bolalarni ularni jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltirdi”.

Taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi va amaliyotga joriy etilishi “ota-onalarga farzandlarini tarbiyalash, ularni salbiy axborotlardan himoya qilish, bolalarning jamiyatga qarshi tajovuzkor va boshqa ko’rinishdagi xatti-harakatlarining oldini olishga yordam berishi” aytilmoqda.

Turkiston:

To’g’ri, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol qilib etishtirish muhim masala hisoblanadi. Biroq, O’zbekiston hukumati ishlab chiqib, qabul qilayotgan boshqa qonunlar singari bu yangi qonun loyihasi ham oddiy xalq yoki yosh avlod kelajagini o’ylab emas, balki hukumat tomonidan olib borilayotgan mustabid siyosatni kelajagini kafolatlash uchun xizmat qiladi.

Agar o’zbek hukumati haqiqatdan ham yosh avlod kelajagini o’ylaganida insonlarga haqiqiy ma’naviy quvvat bag’ishlaydigan Islom dinidan uzoqlashtirmagan, “sag’lom turush tarzi”ni targ’ib qilish bahonasida qizlarni badiy gimnastika, suv sporti bilan shug’ullanishga targ’ib qilish orqali muslimalar berkitishi kerak bo’lgan avratlarini ochib, buzuqchilikni targ’ib qilmagan bo’lar edi.

Yanigi qabul qilinayotgan qonun loyihasida nazarda tutilgan “zararli axborot xurujlari” O’zbekistonda sodir bo’layotgan voqea va xodisalarni imkon qadar kengroq yoritishga harakat qilayotgan xorijiy OAVlari nazarda tutilgan bo’lsa, “mafkuraviy tahdid”lar esa hukumat nazarida faqatgina Islom dinidan kelishi mumkin.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.