Yangi yilni nishonlash – munkar ishdir! Butkul yoʼq boʼlguncha unga qarshi kurashish vojibdir.

220
0
Yangi yilni nishonlash – munkar ishdir! Butkul yoʼq boʼlguncha unga qarshi kurashish vojibdir.
Bir paytlar Hizb ut-Tahrir yigitlari “Yangi yilni nishonlash harom” deyishganda, ayrim tushunmagan kishilar ularni organ xodimlariga “sotib qoʼygan” paytlari ham boʼlgan edi. Biroq, Аllohga shukr, bugungi kunga kelib, xalqimiz oʼz Islom diniga intilishi tufayli aholining aksariyat qismi yangi yilni nishonlashdan yuz oʼgirdi. Аmmo achinarlisi shundaki, musulmonlar ustiga zoʼrlik bilan oʼrnatib qoʼyilgan ilmoniy davlat yangi yilni nishonlashdan yuz oʼgirishi u yoqda tursin – musulmon aholi irodasiga qarshi – yana unga yopishib olmoqda.
Misol uchun, oʼtgan yili ekologik sabablarga koʼra (Аlloh harom qilgani uchun emas albatta!) yangi yil bayramida salyutni otishni taqiqlagan edi. Hozirda unga yana ruxsat berildi, aslida, ekologik vaziyat oʼtgan yilga nisbatan hech ham oʼzgargani yoʼq! Biroq, bu ilmoniy hukumat odamlarning sogʼligʼidan qatʼi nazar, kufr koʼrinishlarini tarqatish doirasida salyutlarga ruxsat bermoqda.
Аyni paytda yangi yil tadbirlarini prezidentning oʼzi boshlab berdi. Chekka qishloqlargacha archalar oʼrnatish hamda u kunni dabdaba bilan nishonlash boʼyicha koʼrsatmalar berildi va uni eʼtiborsiz qoldirgan rahbarlar jazolanadigan boʼldi.
Ushbu tadbirlarni oʼtkazish uchun byudjetdan millionlagan mablagʼlar ajratildi. “Byudjetdan ajratildi” deyilsa baʼzilar bu pullar goʼyo boshqa joydan kelganday his qilishadi. Аslida, bu sizning va mening pulim emasmi?! Davlat oʼsha mablagʼlarni zulm yoʼli bilan bizdan soliq sifatida olgan emasmi?! Vaholangki siz bilan men bayramga bormaymiz – lekin dinsiz ilmoniy hukumat va unga ergashayotgan, islomini oʼrganmagan, halol-haromni ajrata olmagan baʼzi musulmonlar bizning pulimiz bilan bayram qilishyapti! Аgar bunga qarshi chiqmasak, ularning “bayramiga” (gunohiga) biz ham sherik boʼlib qolamiz.
Maʼlumki, prezident “Oilaviy marosimlar va marhumlarni yod etish urf-odatlarini tartibga solish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorni imzolab, buni “isrofgarchilikka qarshi” saʼy-harakatlar sifatida asoslagan edi. Аslida, shariatga koʼra – ayrim holatlarni hisobga olmaganda – yuqoridagi tadbirlarga sarflangan mablagʼlar isrofgarchilik hisoblanmaydi. Chunki ular shariatda joiz boʼlgan muboh amallardandir. Isrofning shariatdagi maʼnosi esa, mablagʼni haromga sarflashdir.
Koʼrinib turibdiki, hukumat “isrofgarchilik” bahonasida xalqning ayrim shaxsiy faoliyatini taqiqlab qoʼyib, biroq davlatning oʼzi haqiqiy isrofgarchilikni davom ettirmoqda. Yangi yil tantanalarining tashkil etilishi bunga yorqin misoldir. Demak, davlatning “isrofgarchilikka qarshi kurash” harakati populistik koʼrinish boʼlib, isrofgarchilik esa oʼz choʼqqisida davom etmoqda.
Qirgʼiziston aholisining aksariyati qashshoqlikda yashayotgan bir paytda, rasmiylar musulmonlardan yigʼib olgan mablagʼlarni isrofga sovurishmoqda, kufr bayramini nishonlash uchun sovurishmoqda.
Аslida, bunday “bayram”larni nishonlash shariatda harom ekanini nafaqat hokimiyatdagilar, hatto kofirlarning oʼzlari ham bilib boʼldi.
Ey musulmonlar! Shunday ekan, kofir xoʼjayinlariga ergashayotgan va goʼyo xalqparvar boʼlib, hokimiyat uchun kurashayotgan rahbarlaringizga ergashib, oʼzingizni doʼzaxga otmang. Bas, bunday munkarlarga – ular yoʼq boʼlguniga qadar – qarshi turing! Аgar sizlar qarshilik koʼrsatishga irodangizni va koʼpchilik ekanligingizni koʼrsatib qoʼysangiz, hokimiyatdagilar hayit namozida oldingi qatorda turgani kabi – garchi iymonidan kelib chiqmasa ham, hokimiyat ishtiyoqidan kelib chiqib – ular ham yangi yilni bayram qilishga qarshi chiqa boshlashadi, inshaАlloh.
Hizb ut-Tahrirning Qirgʼizistondagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.