Peskov: YeOIIdan barchamiz foyda koʼrdik

69
0

Peskov: YeOIIdan barchamiz foyda koʼrdik

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ga aʼzo davlatlar ittifoq doirasidagi hamkorlik tufayli mustahkamlanib, xalqaro iqtisodiyotdagi xatarlardan himoyalangan. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida aytib oʼtdi. Uning soʼzlariga koʼra, YeOIIga aʼzo davlatlarning iqtisodiy oʼsishi uchun integratsiya (turli davlatlar iqtisodiyotining yagona iqtisodiy siyosat asosida oʼzaro bogʼlangan holda rivojlanish formasi) oʼta muhim va foydalidir.

“Biz Аrmaniston, Qirgʼiziston, Belarus va Rossiya iqtisodiyotidagi oʼsish surʼatlarini kuzatmoqdamiz. Bir soʼz bilan aytganda, hamkorlikdan barchamiz foyda koʼrdik”, dedi Peskov.

Eslatib oʼtamiz, 2023 yil 25-26 dekabrь kunlari Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʼilishida Rossiya prezidenti Vladimr Putin YeOII davlatlari iqtisodiyotida oʼsish kuzatilayotganini taʼkidlab, ittifoqni xalqaro nufuzli tashkilot deb atagan edi.

Izoh: Putinning YeOIIni tuzishdan koʼzlagan asosiy maqsadi tashkilotga aʼzo davlatlarni Rossiyaga muqtahkam bogʼlab olish va ulardan oʼz manfaati yoʼlida foydalanish edi. Haqiqatdan ham YeOII tashkil topganidan buyon – Belorusiya va Qozogʼiston kabi davlatlarning sadoqatini mukofotlash uchun ularga baʼzi imkoniyatlar yaratib berganligini hisobga olmaganda – faqat Rossiyaning manfaatlari yoʼlida xizmat qilib keldi. Boshqalariga salbiy taʼsirdan boshqa foyda keltirmadi. Chunki ittifoqning qonun va meʼyorlarini Rossiyaning oʼzi qoʼyadi va har doimgidek ittifoqdan oʼz manfaatlari yoʼlida foydalanadi.

Masalan, YeOII shartnomasiga koʼra, barcha aʼzolar oʼrtasida tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat sohalarida ayriboshlash erkinligi hamda savdo, energetika, sanoat, qishloq xoʼjaligi va transport sohalarida kelishilgan holda siyosat olib borish kafolatlangan. Shunga qaramay Qirgʼiziston YeOIIga aʼzo boʼlgandan keyin, 2015 yilda atigi 150 million dollarlik tovar eksport qilgan xolos. Vaholangki u YeOIIga aʼzo boʼlmay turib, 2014 yilda Qozogʼistonga umumiy qiymati 340 million dollardan ziyod tovar eksport qilgan edi.

Shuningdek, shartnomada koʼrsatilgan “ittifoq hududida ishchi kuchining erkin harakatlanishi va mehnat muhojirlariga beriladigan yengilliklar” faqat qogʼozda qolib ketdi. Rossiya Oʼrta Osiyo davlatlariga bosim oʼtkazish uchun arzimagan bahonalar bilan ishchi kuchi oqimidan qurol sifatida foydalanmoqda. Hatto mehnat muhojirlari koʼp kelgan yurtlarni Rossiyaga qoʼshib olish haqida ochiq gapira boshladi.

Mana shundan ham maʼlumki, Rossiya YeOII va uning shartnomasini faqat oʼzining manfaati uchun tuzgan. Mustamlakachi davlatlar hech qachon oʼz mustamlakalari bilan shartnoma tuzmaydi. Balki “shartnoma” nomi ostida ular ustidan hukm yuritadi. Ularning yagona maqsadi qoʼl ostidagi davlatlarning boyliklarini tekinga qoʼlga kiritish va aholisidan arzon ishchi kuchi safatida foydalanib, moddiy manfaat koʼrishdan iborat xolos. Toki Xalifalik davlati tiklanib, ularni Islomiy oʼlkalardan quvib yubormas ekan, ular turli bahonalar bilan bosqinchiliklarini davom ettiraveradi. Shunday ekan, musulmonlar bunday horliklan qutulish uchun Xalifalik davlatini tiklash maqsadida harakat olib borayotgan xolis musulmonlar bilan yelkama-elka harakat olib borishlari lozim.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.