Hamid Karzay va Osif Ali Zardoriy so’z bermoqda

279
0

Afg’oniston va Pokiston hukumatlari kelasi olti oy ichida Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga so’z bermoqda. Ikki davlat rahbarlari Hamid Karzay va Osif Ali Zardoriy Britaniyada o’tgan uchrashuvlarda shunga kelishib olishgan. Toliblar bilan til topishish uchun ilk marotaba aniq muddat belgilanyapti. Prezident Karzay jangarilar bilan gaplashish kerakligini ko’pdan beri tilga olib keladi. Ammo tomonlarning o’z shart-talablari bor, deya xabar qiladi Amerikaovozi.

Tolibon olg’a surayotgan bosh talab – barcha xorijiy qo’shinlar Afg’onistonni tark etishi lozim. 10 yillik urushdan charchagan NATO a’zolari bunga allaqachon ko’ndi desak ham bo’ladi. Harbiy alyans bergan ma’lumotga ko’ra, bugungi kunda mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha vazifalarning 87 foizi mahalliy armiyaga topshirilgan. Ammo koalitsiya zobitlari butunlay ketishiga hali ikki yilcha vaqt bor.

Karzay ma’muriyati tomonidan tuzilgan Tinchlik oliy kengashi vakili Ismoil Qosim Yor fikricha, xorijiy askarlar Afg’onistonda haliyam jang qilayotgani muzokaralarga to’siq deb ko’rilmasligi kerak.

“Hozirdan tayyorgarlikni boshlash zarur. Axir Tolibon bilan tarixiy rishtalarga ega qo’shni davlat Pokiston ham bu harakatlarga sherik”, – deydi u.

O’z navbatida, Qo’shma Shtatlar ham Qatarda o’tishi rejalangan muzokara tashabbusini olqishlayapti. Davlat departmanenti rasmiysi Viktoriya Nuland Afg’onistonda barcha guruhlarni o’z ichiga olgan bir tizim shakllanishidan umidvormiz, deydi.

Vashington bu muzokaralarda aynan qanday rol o’ynaydi, degan savolga AQShning Afg’onistondagi sobiq elchisi Ronald Nyuman shunday javob beradi:

“Bizning maqsad doimo tomonlarni bir stol atrofiga to’plash bo’lgan. Afg’on xalqi Tolibon bilan yonma-yon yashay oladimi-yo’qmi, buni hal qilish hamda barchaga maqbul bir kelishuvga erishish ularning o’zlariga havola. Bu masalani hal qilish AQSh zimmasida emas”.

Ekspertlar fikricha, masalaning murakkab tomoni shundaki, Tolibon yaxlit guruh emas. Tinchlik-osoyishtalik turli qo’mondonlaru al-Qoidaga aloqador jangari etakchilari bilan til topishishni taqozo etadi.

Bu orada, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg’onistonda AQSh harbiylari tomonidan yuzlab bolalar o’ldirilgani yuzasidan chuqur xavotir bildirmoqda. BMTning Bolalar huquqlari bo’yicha qo’mitasi xulosasiga ko’ra, o’tgan besh yilda ro’y bergan bu fojyalarning asosiy sababi – havo hujumlarida ehtiyotsizlik va ortiqcha kuch ishlatishdir.
Turkiston:
E’tiborli mavzu bularni Tolibon bilan olib boradigan muzokaralarida emas. Kufr olamining yutug’i, ular tomonidan paydo qilingan shu muammoni, musulmonlarning o’z aro muammosiga aylantira olayotganlaridadir.

Ular bu ishni, bizlarning ichimizdagi zaif va xoinlarimiz qo’llari bilan amalga oshirishmoqchi.

Bu amaldor xoinlar, ba’zida G’arb fikr va amallariga qarshi chiqayotgan ko’rinishadi. Lekin ularning bu xarakatlari, kufr sistemasi qonun qoidalari asosida amalga oshirilganidan, oxir oqibat bari bir kufr manfaatlari ro’yobga chiqaveradi.

Bunga misol: Arab ligasi kabi o’nlagan musulmonlar aro tashkilotlarning, kufr manfaatlariga xizmat qilishayotgani, ularning amaliy xarakatlardan xoli faqat nazariy tuzilish sistemalarini keltirish mumkin.

Karzay va Zardoriylarning Toliblar bilan olib borishga intilayotgan muzokaralariga kelsak, ular bu ishni muvaffaqqiyatsizlikka uchrashini yaxshi bilishadi. Ularga yuklatilgan ish, musulmonlarni vaqtincha bo’lsa xam chalg’itib turishdan iborat. Bu vaqt kufr koalitsiyasiga o’zlarini bir muncha tiklab olishlariga va Afgonistonni tark etib, O’rta Osiyoga joylashib olishlariga sharoit yaratadi.

Abu Ali:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.