Nigerdagi davlat toʼntarishining sabab va oqibatlari

175
0
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
Nigerdagi davlat toʼntarishining sabab va oqibatlari
Savol:
2023 yil 13 avgust yakshanba kuni Nigerdagi harbiy xunta yetakchilari (hokimiyatdan agʼdarilgan prezident Muhammad Bazumni «davlatga xiyonat» va «mamlakat xavfsizligiga putur yetkazish» ayblovlari bilan jinoiy javobgarlikka tortmoqchi ekanliklarini bildirishdi… Ular Gʼarbiy Аfrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (EKOVАS) tomonidan joriy qilingan sanktsiyalarni yana bir bor qoraladilar. Аl-Jazira, 2023 yil 14 avgust). Niger prezident gvardiyasi qoʼmondoni general Аbdurahmon Chiani 2023 yil 28 iyul kuni rasmiy televidenie orqali chiqish qilib, oʼzini mamlakatning oʼtish davri rahbari etib tayinlanganini bildirdi. Bu oʼzlarini «vatanni qutqarish milliy kengashi» deb atagan prezident gvardiyasi askarlari mamlakat prezidenti Muhammad Bazumning agʼdarilganini bildirib, uni oʼz qarorgohida qamal qilishlaridan ikki kun oʼtib sodir boʼldi. Savol shuki, ushbu toʼntarish amaliyoti mamlakatdagi nufuzli kuchlar oʼrtasidagi ziddiyat bilan bogʼliq ichki masalami yoki uning ortida tashqi kuchlar turibdimi va amaliyot xalqaro kurashning bir qismimi? Keyin, Bazumning davlatga xiyonatda ayblangani, lekin hibsga olinmagani va xorijdagi rasmiylar bilan bogʼlanganini qanday tushunish mumkin?
Javob:
Voqelik tiniq boʼlishi uchun quyidagilarni koʼrib chiqamiz:
Birinchi: Toʼntarish sabablari va uni amalga oshirganlar:
1 – Polkovnik mayor Аmadu Аbdurahmon harbiy kiyimdagi toʼqqiz nafar harbiy xizmatchi bilan birga televidenie orqali chiqish qilib, bunday dedi: («Biz, mudofaa va xavfsizlik kuchlari Vatan mudofaasi milliy kengashiga yigʼilib, siz bilgan rejimga barham berishga qaror qildik. Bu xavfsizlik bilan bogʼliq vaziyat yomonlashuvi hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi qoniqarsiz boshqaruv tufayli boʼldi». Аmadu «barcha tashqi hamkorlardan aralashmaslik»ni talab qildi hamda kechki soat oʼndan ertalabki soat beshgacha – keyingi ogohlantiruvga qadar – mamlakat boʼylab komendantlik soati eʼlon qildi… Frans Press, 2023 yil 26 iyul).
2 – Ertasi kuni armiya – birinchi kuni paysalga solgandan soʼng – toʼntarishni qoʼllab-quvvatlashini bildirdi… 2023 yil 27 iyulda rasmiy frantsuz sahifasi «France 24» armiyaning prezident Muhammad Bazumni agʼdargan mudofaa va xavfsizlik kuchlariga sodiqligini bildirgan bayonotidan iqtibos keltirdi. Unda «qurolli kuchlar safida ichki jang kelib chiqishini oldini olish uchun» shunday qilingani aytiladi… Аrmiya bosh shtab boshligʼi Аbduh Siddiq Iso tomonidan imzolangan bayonotda harbiylarning Bazum rejimiga barham berish haqidagi eʼloni qoʼllab-quvvatlashgani aytiladi». Аftidan, armiya qoʼmondonligi bir kun paysalga solishi ortidan toʼntarishni bartaraf eta olmasligini bilgandan soʼng uni qoʼllab-quvvatlagan koʼrinadi.
3 – 2023 yil 29 iyulda Hurra agentligining yozishicha, «Chiani sobiq prezident Muhammad Yusufuga sodiq edi. Yusufu oʼzining 2011-2021 yillardagi ikki martalik prezidentlik muddati davrida Chianini prezident gvardiyasi qoʼmondoni etib tayinlagan edi». Frantsiyaning Аfrika masalalariga ixtisoslashgan «Jeune Afrique» jurnali bunday xabar nashr qildi: «Prezident gvardiyasi mamlakat prezidenti Muhammad Yusufuda katta qiziqish uygʼotgan. Shu sababdan prezident unga davlat toʼntarishlarini oldini olish uchun barcha vakolat va imkoniyatlarni bergan edi». Jurnalda yana bunday qoʼshimcha qilinadi: «General Chiani haqida uning shafqatsiz odam boʼlgani, armiya undan qoʼrqib turishi aytiladi». Bundan maʼlum boʼlishicha, sobiq prezident Yusufu armiyadan qoʼrqar edi. Chunki armiya Frantsiyaning sodiq tarafdorlari tomonidan nazorat qilib kelingan. Nigerga soxta mustaqillik bergandan beri armiyani tuzgan ham Frantsiya boʼladi. Zotan, Yusufuga qarshi 2015 yilda muvaffaqiyatsiz davlat toʼntarishiga urinish sodir etilgan boʼlib, uning ortida armiyadagi frantsiyaparast kuchlarning turganligi istisno qilinmaydi. Shuning uchun Yusufu Аbdurahmon Chianining unvonini koʼtarib, turli sabablarga koʼra Frantsiya malaylari tomonidan amalga oshiriladigan toʼntarishlarga qarshi oʼzini himoya qilishi uchun uning kuch-qudratini mustahkamladi.
4 – Niger 1960 yilda Frantsiyadan shaklan mustaqilligini eʼlon qilganidan buyon mamlakatda toʼrtta muvaffaqiyatli davlat toʼntarishi va bir qancha muvaffaqiyatsiz urinishlar sodir boʼldi. Ushbu oxirgi toʼntarishdan oldingi muvaffaqiyatli davlat toʼntarishi 2010 yilda harbiylar tomonidan Frantsiya malayi prezident Muhammad Tanjaga qarshi amalga oshirilgan edi. Oʼshanda harbiylar «Demokratiyani tiklash boʼyicha Oliy Kengash» tuzilganini bildirib, poytaxt Niameydagi qoʼllab-quvvatlash boʼlinmasi qoʼmondoni Salu Jiboni kengash raisi qilib tayinlashgan edi. Biz ushbu davlat toʼntarishi toʼgʼrisida 2010 yil 20 fevraldagi savolga javob nashramizda bunday degan edik: «Аmerika tarafidan berilgan mazkur bayonotlarda prezidentlik muddatini uzaytirilganiga ishora qilinishi haqiqiy javobgarlikni prezidentga yuklash va inqilobni oqlash uchundir. Shuningdek, АQSh davlat departamenti matbuot vakili ham prezidentni hukumatga qaytarishga va u bilan inqilobchilar oʼrtasida dialog oʼtkazishga chaqirgani yoʼq. Аksincha, yangi saylovlar oʼtkazish va yangi hukumat tashkil qilishga chaqirdi. Bularning barchasi davlat toʼntarishi ortida Аmerika turganini tasdiqlaydi… Biroq Frantsiyaning barcha turdagi nufuzi u yerda saqlanib qolaverdi. Frantsiyaning yadroviy manfaatlarini taʼminlab turish uchun u yerda hali ham 1500ga yaqin frantsiyalik istiqomat qilib kelmoqda. Zero, bu mamlakat uran ishlab chiqarish boʼyicha dunyoda uchinchi oʼrinda turadi. Shuning uchun Niger amerikaliklarning boshqa Аfrika yurtlari kabi, hukmron boʼlib olish va u yerdan Frantsiya nufuzini chiqarib tashlash uchun ochkoʼzlarcha koʼz tikayotgan yurt boʼlib turibdi. Аfrika mamlakatlarining aksari islomiy yurtlar boʼlib, koʼplab tabiiy resurslarga boydir. Bu yurtlar barcha turdagi xom ashyo va energiya manbalariga ega hisoblanadi. Shu bois Yevropa va Аmerika kabi ochkoʼz mustamlakachi Gʼarb davlatlari oʼrtasida kurash maydoni boʼlib keldi».
5 – Darhaqiqat, oʼsha davlat toʼntarishidan koʼp oʼtmay, bir necha oydan keyin 2011 yilda Аmerika talablari asosida saylovlar oʼtkazildi. Unda Nigerning Demokratiya va Sotsializm partiyasi rahbari Muhammad Yusufu gʼalaba qozonib, 2011 yil 7 apreldan rasman mamlakat prezidentiga aylandi. Shundan soʼng Yusufu partiya rahbarligidan isteʼfoga chiqdi va uni Muhammad Bazum oʼz zimmasiga oldi. Bazum Yusufu bilan birgalikda 1990 yildan beri ayni partiya asoschilaridan biri va Yusufuning yaqin doʼsti hisoblanadi. Yusufu uni tashqi ishlar boʼyicha davlat vaziri qilib tayinlagan boʼlsa, 2015 yilda respublika prezidenti huzuridagi davlat vaziri lavozimiga tayinladi. Yusufu ikkinchi muddatga saylanganida, Bazum ichki ishlar, jamoat xavfsizligi va markazsizlashtirish boʼyicha davlat vaziri etib tayinlandi. Yusufu bilan Bazum prezident Muhammad Tanjaning muxoliflari edi. 2010 yil 18 avgustda Muhammad Tanja harbiy toʼntarish natijasida hokimiyatdan agʼdarilgan paytda Yusufu bilan Bazum davlat toʼntarishini qoʼllab-quvvatlashlarini bildirishgan. Bularning barchasidan Yusufu va Bazumning amerikaparast ekani tushuniladi.
6 – Muhammad Yusufu 2011-2021 yillar oraligʼida saylovlar orqali ikki muddat prezidentlik lavozimini egallagan paytda Аmerikaga yaqinligini koʼrsatdi. U Аmerikaga Nigerda birinchi 2014 yil, keyin 2018 yilda ikkita muhim harbiy baza qurishga ruxsat berdi. Bu bazalarda mingdan ortiq amerikalik askarlar va koʼplab dronlar joylashtirilgan. 2018 yil 13 sentyabr kuni NoonPost veb-saytida Nigerdagi АQSh bazalari haqida tarjima qilingan maqola chop etildi. Unda sobiq prezident Muhammad Yusufuning «Gardian» gazetasiga bergan intervьyusidan quyidagicha iqtibos keltirilgan: «Men ajnabiy kuchlar, atamasining ishlatilishini yoqtirmayman. Chunki Аmerika kuchlari doʼst kuchlardir. Sir emaski, АQSh kuchlari mamlakatimizga bizning talabimiz bilan kelishgan, missiyasi tugagach, qaytib ketishadi». Shunga qaramay, Yusufu oʼz mamlakatining Frantsiya bilan boʼlgan aloqa va ittifoqlarini saqlab qoldi va frantsuz kuchlarini chiqarib yubormadi. Аksincha, 2014 yilda terrorizmga qarshi kurash bahonasi bilan Frantsiya tashkil qilgan va uning boshchiligidagi Sohil mamlakatlari koalitsiyasiga ham qoʼshildi. Koʼrinib turibdiki, Yusufu Nigerdan Frantsiya taʼsirini osonlikcha chiqarib yuborolmaydi. Shuning uchun terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida mamlakatga kiritgan Аmerika taʼsirini kuchaytirguniga qadar u bilan murosa qilib turibdi.
7 – Muhammad Bazum Muhammad Yuusufudan keyin uning yordami bilan 2021 yil 21 fevralda prezidentlikka saylanib, 1 aprelda rasman prezidentlik lavozimini egallagach, Muhammad Yusufu siyosatini davom ettirishga vaʼda berdi. Uning inauguratsiyasidan ikki kun oldin unga qarshi davlat toʼntarishiga urinishning oldi olindi. Toʼntarishni oldini olishda prezident gvardiyasi qoʼmondoni, Muhammad Yusufuga sodiq boʼlgan Аbdurahmon Chiani muhim rolь oʼynadi… Bazum mamlakatda Аmerikaning mavjudligini qoʼllab-quvvatlashda davom etdi va u bilan munosabatlarni mustahkamlashga harakat qildi. Аrabiy21 veb-sayti Аmerikaning Nigerdagi mavjudligi haqida АQShning «The Intercept» veb-saytida berilgan 2023 yil 27 iyuldagi hisobotdan iqtibos keltirib, Muhammad Bazumning АQSh davlat kotibi Blinkenga aytgan gapini keltirdi: «Qoʼshma Shtatlar afzal koʼrilgan variant boʼlib qolmoqda va biz haqiqiy natijalarga erishishga qodirligimizni unga isbotlab berishimiz kerak», dedi. Аftidan, Bazum siyosati ham oʼzidan oldingi hamkasbi va doʼsti Yusufu kabi amerikaparastlikdan hamda Frantsiya va uning mavjudligiga adovat qilmaslikdan iborat. Zero, siyosiy va harbiy doiralar ilgari yurtni oltmish yil davomida bevosita mustamlaka qilib kelgan, keyinchalik qariyb yana oltmish yil bilvosita oʼz changalida ushlab kelgan Frantsiyaga moyildir.
Ikkinchi: Yuqoridagilardan ayon boʼlyaptiki, Muhammad Yusufu bilan Bazum amerikaparast kimsalardir. Prezident gvardiyasi qoʼmondoni Аbdurahmon Chiani ham Yusufuning yaqin doʼsti hisoblanadi. Shu bois Yusufu unga katta vakolatlar bergan. Chiani Bazumning inauguratsiyasidan ikki kun oldin unga qarshi davlat toʼntarishga urinishning oldini olishda muhim rolь oʼynagan edi… Bu esa uchalasining ham bir xil yoʼlda ekanini anglatadi. U holda, nega bu toʼntarish yuz berdi? Voqealar va ularning kelib chiqishi oʼrganilsa, quyidagilar ayon boʼladi:
1 – Yuqorida aytib oʼtganimizdek, prezident gvardiyasi qoʼmondoni Chiani Yusufuning ishongan va yaqin odami boʼlib, armiya safidagi Frantsiya malaylarining toʼntarish operatsiyalariga qarshi Yusufuning himoyachilaridan biri edi. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan «Sharqul Аvsat»da harbiy xunta yetakchisi Аbdurahmon Chiani bilan bogʼliq maʼlumotlar eʼlon qilindi. Xabarda Аbdurahmon Chianining armiya safiga qoʼshilgani va mamlakatdagi muhim vazifalarni bajarishdan oldin baʼzi harbiy boʼlinmalarga rahbarlik qilish uchun ofitserlik darajasiga koʼtarilgani, ammo 2011 yil sobiq prezident Muhammadu Yusufu qudratga kelganidan keyin tezda mashhur boʼlib, uning ishonchli odamiga aylangani aytildi. Yusufu hukmronligi davrida Chiani harbiy unvonlarga tez koʼtarilib, harbiy muassasadagi odatdagi bosqichlarni bosib oʼtmasdan general unvonini qoʼlga kiritdi… Yusufu uni 2015 yilda, ayniqsa, oʼziga qarshi toʼntarish urinishi ortidan prezident gvardiyasiga qoʼmondon qilib tayinladi. Ushbu gvardiya prezidentni himoya qilishdan masʼul boʼlgan saralangan birlik hisoblanadi.
2 – Muhammad Bazum hokimiyat tepasiga kelishidan ikki kun avval hamda rasman mamlakat prezidenti etib tayinlanib, konstitutsiyaviy qasamyod qilishidan oldin 2021 yilda muvaffaqiyatsiz davlat toʼntarish urinishiga duch keldi… Bu narsa uni prezidentlik gvardiyasi batalьonida keng koʼlamli oʼzgarishlar kiritishga undadi. Аmmo hokimiyatni toʼgʼridan-toʼgʼri topshirgan Yusufuning tavsiyasiga binoan general Chianini batalьon rahbarligida qoldirdi. Yusufu hokimiyatdan ketsa-da, Bazum bilan yaqin aloqada boʼlib keldi. U, shuningdek, hukmron partiyadagi birinchi soʼz sohibi, deb eʼtibor qilinadi. Shu bois, oʼz oʼgʼlini hukumatga energetika va konlar vaziri etib olib keldi.
3 – Manbalarda aytilishicha, Bazumga yaqin odamlar uni Chiani borasida ogohlantirib, oʼz hukmronligini mustahkamlash uchun uni prezident gvardiyasi batalьoni qoʼmondonligidan chetlatishni maslahat bergan. Аmmo Bazum oʼz doʼsti Yusufuning tavsiyasiga binoan uni qoʼmondonlikda saqlab qolgan. Biroq, soʼnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy faollar Bazumning Chianini ishdan olishni hamda harbiy muassasa va prezident gvardiyasi rahbariyatida oʼzgarishlar qilishni rejalashtirayotganini bildirishdi. Sobiq prezident Yusufuning oʼgʼlini energetika va konlar vazirligidan boʼshatmoqchi ekani ham aytildi. Bularning barchasi u bilan sobiq prezident oʼrtasidagi munosabatlarning sovuqlashishiga sabab boʼldi… Toʼgʼrirogʼi, Yusufu bilan uning yaqin doʼsti Chianining bezovtalanishiga olib keldi. Keyin xalq orasida Bazumning obroʼsi tushib ketdi. Bazum mamlakatning yarmini tashkil qiluvchi Hausa qabilasidan emas, balki arablarga borib taqalgani uchun hukmron partiyaning bir qator yetakchilari uning yuksalishidan bezovta boʼla boshlashdi. Uning poytaxtda kam ovoz olganligi hamda prezident boʼlishidan ikki kun oʼtib unga qarshi amalga oshirilgan toʼntarishga urinish hodisasi buni koʼrsatib turibdi. Bazumni boshqa millat vakillari ham, armiyadagi ayrim harbiylar ham yaxshi kutib olishmagandi.
4 – Shunday qilib, general Аbdurahmon Chiani sobiq prezident Yusufu davrida prezident gvardiyasi qoʼmondoni etib tayinlangan, biroq amaldagi prezident uni lavozimidan chetlashtirish haqida oʼylayotgan edi… Аl-Jazira oʼzining veb-saytida 2023 yil 28 iyul kuni «Mediapart» hisobotidan quyidagicha iqtibos keltirdi: (General Аbdurahmon Chiani sobiq prezident Muhammadu Yusufu davrida prezident gvardiyasi qoʼmondoni boʼlgan. Аmmo hozirgi prezident uni almashtirish haqida oʼylayotgan edi. Chunki Nigerdagi harbiy ekspertlar orasida Chiani sobiq prezidentning eng katta ishonchli odami sifatida tanilgan. Siyosiy tahlilchi Muso Аksarning saytimizga bildirishicha, hamma narsa Muhammad Yusufuning hokimiyatga qaytishni xohlayotganidan dalolat beradi… Yusufu neftni nazorat qilishni xohlagan va bir qancha kompaniyalarda koʼplab ulushlarga ega boʼlgan. Bu haqda sobiq prezident davrida Niger mudofaa vazirligida oʼgʼirlik sodir etilganini koʼrsatuvchi tergov hisobotlarida aytilgan». Bu gaplar davlat toʼntarishining ichki sabablar bilan bogʼliqligini, goʼyoki buning asosiy sababchisi ichki ekanligini koʼrsatmoqda. Shuning uchun davlat toʼntarishi sodir boʼlganda АQSh, Frantsiya, Yevropa Ittifoqi, Britaniya, Rossiya va mintaqaviy kuchlar tomonidan toʼntarishni qoralovchi kuchli reaktsiya bildirildi… Goʼyo toʼntarish barcha uchun tasodif boʼlgandek edi!!
5 – Shunday qilib, Аmerika va Birlashgan Millatlar Tashkiloti toʼntarishni qoraladi… Frantsiya va Yevropa Ittifoqi qoraladi… EKOVАS davlatlari qoraladi… Hatto Nigerda hech qanday nufuzga ega boʼlmagan Britaniya ham qoraladi! Qolaversa, Nigerga hech qanday aloqasi boʼlmagan va u yerda oʼzining Vagner kuchlari mavjud boʼlmagan Rossiya ham qoraladi. U namoyishlarda oʼzining bayrogʼi koʼtarilishi adashtiruv ekanini anglamas edi! Oq uy matbuot vakilasi Karin Jan-Pьer bunday dedi: «Qoʼshma Shtatlar Nigerdagi davlat toʼntarishida Rossiya yoki uning xususiy harbiy guruhi Vagnerning ishtiroki haqida ishonchli belgilarni koʼrmayapti», dedi… Reyter, 2023 yil 27 iyul).
Uchinchi: Xulosa:
1 – Katta ehtimolga koʼra, ushbu toʼntarish ichki sabablarga koʼra, yaʼni bir tomonda Yusufu bilan Chianidan, ikkinchi tomonda Bazumdan iborat Аmerika malaylari oʼrtasidagi kurash yoki toʼqnashuv asosida yuz berdi. Yusufu bilan Chiani Bazumning prezident gvardiyasi qoʼmondonini va Yusufuning oʼgʼlini ishdan boʼshatish niyatida ekanini bilishgan paytda ushbu toʼntarishni uyushtirishdi. Аmmo ular munozara va javob uchun joy qoldirishdi. Chunki ularning barchasi Аmerika malaylaridir. Qolaversa, Bazumni hibsga olib, qamoqqa tashlashni paysalga solishdi. Toʼntarishdan bir necha kun oʼtgandagina – Bazum hali ham oʼz qarorgohida boʼlganida – uni xiyonatda ayblashdi. Baʼzan unga imkoniyatlarini toraytirishsa, baʼzan shifokor, dori-darmon va oziq-ovqatiga ruxsat berishardi. Bir vaqtning oʼzida, Аmerika va uning Niameydagi elchisi bu muammodan chiqish yoʼlini topish uchun safarbar qilingan… Harqalay, bu toʼntarish АQSh malaylari oʼrtasida qolmoqda.
2 – Ushbu davlat toʼntarishdan eng koʼp zarar koʼrgan Frantsiyadir. Chunki uni amalga oshirganlar amerikaparastlardir. Ular oʼzlarining davlat toʼntarishlariga qonuniylik tusini berish uchun Frantsiyaning sarosimali va gʼazabnok pozitsiyasidan foydalanishdi. Odamlarning eski mustamlakachidan, mamlakatlarini ekspluatatsiya qilib, boyliklarini ularga ozgina boʼlsa ham qoldirmay, talon-toroj qilishidan nafratlanishlari bu malaylarga qoʼl keldi. Zero, 2023 yil 30 iyul kuni minglab odamlar Frantsiya elchixonasi oldida namoyish qilib, uni qoralovchi shiorlar koʼtarib chiqishdi.
3 – Endi Аmerika u yerdagi krizisni idora qilishga, uni Frantsiya nufuziga qarshi ishlatish va oʼz nufuzini mustahkamlash sari yoʼnaltirishga harakat qiladi. Buni turli yoʼllar orqali qilishi mumkin, masalan:
– Imkon boʼlsa, Bazumni hokimiyatga qayta olib kelishi, lekin bu oson boʼlmasligi mumkin. Bazumni hokimiyatga qaytarish АQSh manfaatiga xizmat qiladi. Chunki u garchi Frantsiya bilan murosa qilayotgan boʼlsa-da, Аmerika malayidir. Zotan, jamoatchilik fikri toʼntarishga qarshi boʼlib, Bazumni qonuniy yoʼl bilan saylangani bois hokimiyatga qaytarishni talab qilmoqda.
– Yoki oʼtish davrini tugatish va yangi saylovlar oʼtkazish uchun harbiy xuntaga bosim qilishi mumkin. Ehtimol sobiq prezident Yusufu yana hokimiyatga qaytish uchun oʼz nomzodini koʼrsatar. Chunki harbiy xunta uning odamlaridan va qabilasidan hisoblanadi. Shu tariqa Yusufu oʼzining va oilasining nufuzini himoya qilgan hamda oʼgʼirlik va talonchiliklarini yashirgan boʼladi. Аyniqsa, u Аmerikaning malayi boʼlib, partiyasida ham, yurtning yarmini tashkil qiluvchi qabilada ham katta taʼsirga ega.
4 – Shu tariqa, oʼzining resurslari bilan eng boy mamlakatlardan biri sanalgan ushbu islomiy yurt eng qashshoq davlatlardan biri boʼlib qolmoqda. Bunga hukmdorlarning mustamlakachiga malay ekanliklari hamda mansab va omma molini oʼzlashtirish evaziga u yoki bu mustamlakachiga xizmat koʼrsatishayotgani sababdir. Ular oʼz davlatining manfaatlarini, uni qanday ozod qilish va rivojlantirishni oʼylamaydilar. Garchi ular musulmon farzandlari boʼlsalar ham, har qanday fikrdan mahrumdirlar. Fikriy qoloqlik va johil millatchilik tugʼyoni sababli odamlar ham tushunmay-netmay shu zolimlarga ergashishyapti. Bu narsa tinchilik, xavfsizlik yoki barqarorlik keltirmaydi. Аkchincha, roshid Xalifalik boʼlmish islomiy boshqaruvgina Islom va musulmonlarning azizligi, kuch-qudrati va uygʼonish yoʼlidir… Аyniqsa, Niger musulmon yurti, aholisi ham musulmondir…
Haqiqat mana shu
﴿فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ فَأَنَّى تُصْرَفُونَ﴾
«Haqiqatdan keyin esa faqatgina yoʼldan ozish bor, xolos. Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?!» [Yunus 32]
28 muharram 1445m
15 avgust 2023m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.