Maʼmuriyat bilan yahudiy vujudi Falastin ahliga dushmanlikda barobardir!

95
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Maʼmuriyat bilan yahudiy vujudi Falastin ahliga dushmanlikda barobardir!

Аl-Jazira telekanali oʼng qanotdan hisoblangan «Channel 14» ibroniy telekanalidan iqtibos keltirgan holda «Falastin maʼmuriyati bilan «Isroil» oʼrtasida Janindagi harbiy operatsiyalarni toʼxtatishga oid kelishuv» sarlavhali xabar tarqatdi. «Channel 14»da bunday deyiladi: «Binьyamin Netanьyaxu armiya va «Shabak» razvedka xizmatiga bosib olingan Gʼarbiy Sohilning Janin hududidagi harbiy operatsiyalarni toʼxtatib turish toʼgʼrisida buyruq berdi. Bu ikkala tomon oʼrtasida boʼlib oʼtgan muloqotdan soʼng sodir boʼldi. Muloqotda «Isroil» oʼzining harbiy operatsiyalarini mumkin qadar tezroq toʼxtatishi borasida kelishuvga erishilgan. Unga koʼra, «Isroil» operatsiyalari ularning taʼbiri bilan aytganda «vaqtli bomba»ga cheklanadi. Bu Falastin xavfsizlik kuchlariga Janin hududi ustidan yoʼqotgan nazoratlarini qayta tiklash imkoniyatini berish maqsadida qilindi».
Oʼz navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi bunga nisbatan oʼzining veb-saytlarida quyidagicha izoh nashr qildi:
«Bu kabi xabar va hodisalar shuni aniq koʼrsatib turibdiki, garchi sharmandalik boʼlsa ham, Falastin maʼmuriyatning pozitsiyasi nafaqat uning ojizligida va falastinliklarni umuman himoya qilmasligida ifodalanadi, balki, bosqinchi vujudning Falastin ahliga qarshi rejalashtirayotgan va sodir etayotgan ishlarida uning ham qoʼli borligida oʼz aksini topadi. Maʼmuriyatning oʼzi bularni yashiradigan boʼlsa, yahudiy vujudi fosh qilib qoʼymoqda. Darhaqiqat, Аqaba va Sharmush Shayx sammitlari, ularda qabul qilingan xavfsizlik rejalari, amerikalik generallarning tinmay kelib-ketishi va bu kelib-ketishlar natijasida Janin, Nablus va boshqa yerlardagi mujohidlar oʼchogʼini yoʼq qilishga oid qaror va rejalar qabul qilinishi… bularning barchasida Falastin maʼmuriyati ishtirok etib, hoziru-nozir turdi. Bu haqiqatlarga ertayu kech yahudiy vujudi rahbarlari ogʼzidan chiqayotgan gaplar ham dalolat qilmoqda. Zero, ular agʼdarilmasligi uchun maʼmuriyatni qoʼllab-quvvatlashayotgani, jirkanch yahudiy vujudi va ularning manfaatlari uchun bu maʼmuriyatning boʼlishi zarurligi toʼgʼrisida kechayu kunduz bayonotlar berishmoqda. Hisobotlarida ham maʼmuriyatni mustahkamlash hamda uning soxta nufuzini qayta tiklash zarurligi haqida gapirilmoqda. Аftidan, yaqindagi Janinda sodir boʼlgan operatsiyadan ikki maqsad koʼzlangan koʼrinadi».
Matbuot izohida quyidagicha qoʼshimcha qilindi:
«Yuqorida aytilgan xabardan maʼlum boʼlganidek, maʼmuriyat bilan yahudiy vujudi oʼrtasida mujohidlarning nishonga olinishi (ularning tili bilan aytganda «vaqtli bomba») saqlanib qolgani holda operatsiyalarni toʼxtatib turishga kelishilgan. Demak, ikki tomon oʼrtasidagi munosabat Falastin ahlini yoʼq qilish va unga qarshi urushda hamkorlik qilish yoki eng kamida shu jinoyatni tan olish, unga rozi boʼlib sukut qilish munosabatidir. Xulosa shuki, maʼmuriyat loyihasi oʼnlab yil oldingi Oslo shartnomasidan beri faqat jirkanch yahudiy vujudi loyihasini takomillashtirish sari rivojlandi. Falastin ahli nomuslari toptalib, oʼldirilayotgan bir paytda, bu vujudning saratondek shishib kengayishi va yangi uy-joylar qurishi davom etmoqda. Goʼyo bu maʼmuriyatning Falastin ahli ustidan nazoratni kuchaytirishdan, oyoq-qoʼllariga kishan solib, dushmanlariga qarshi jang qilishlariga yoʼl qoʼymaslikdan boshqa vazifasi yoʼqdek. Maʼmuriyat bir tomondan Falastin ahlining dushmanga qarshi jang qilishiga yoʼl qoʼymayotgan boʼlsa, boshqa tomondan, dushmanning unga qarshi jinoyatlarini davom ettirishiga yoʼl ochib beryapti».
Izohda yana bunday deyildi:
«Falastin maʼmuriyatining «milliy loyiha»si yahudiy vujudining mashʼum loyihasiga xizmat qilayotgan ekan, Falastin ahli uchun oʼz masalasini Ummat bagʼriga qaytarishdan, shuningdek, Ummat armiyalari xoin hukmdorlarni qulatib, Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish sari harakatga kelishlari uchun ulardan nusrat soʼrashdan boshqa najot yoʼq. Zero, ushbu davlatda Ummat va uning kuchlari bosqinchi yahudiy vujudi va u bilan bogʼliq har bir narsani ildizi bilan qoʼporib tashlash bilan shugʼullanadi».
Roya gazetasining 2023 yil 19 iyul chorshanba kungi 452-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.