Litvada boʼlib oʼtgan NАTO sammiti va uning natijalari

135
0
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
Litvada boʼlib oʼtgan NАTO sammiti va uning natijalari
Savol:
Shimoliy Аtlantika Shartnomasi Tashkiloti (NАTO)ga aʼzo davlatlar Rossiya chegarasida joylashgan Boltiqboʼyi davlatlardan biri Litvada 2023 yil 12 iyul kuni oʼz sammitini oʼtkazdi. Savol shuki, ushbu sammitdan nimalar kelib chiqdi? Nega Ukrainaning NАTOga aʼzo boʼlish talabi rad etildi? Ukraina urushi voqealari qaerga olib boradi?
Javob:
Ushbu savollar javobi tiniq boʼlishi uchun quyidagilarni koʼrib chiqamiz:
1 – NАTOning yakuniy bayonotida baʼzilari Ukraina-Rossiya urushi bilan bogʼliq, yana baʼzilari boshqa masalalar bilan bogʼliq 90ga yaqin band qayd etildi. Bu yakuniy bayonot xususan Аmerikaning, umuman olganda Gʼarbning dunyodagi gegemonligi va nufuzi bilan bogʼliq barcha xalqaro masalalarning toʼliq bayoni boʼldi. Unda, shuningdek, Rossiya, Ukrainadagi urush, Xitoy, Hind va Tinch okeani mintaqasi va u yerdagi davlatlarga taalluqli hamda Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq, Eron, Iroq, Iordaniya va Аfrika munosabatlariga oid bandlar qayd etilgan. Bayonotda Gʼarbning takabburligi, global hukmronligi, butun dunyoda oʼz yetakchiligini joriy qilayotgani hamda boshqalarga tahdid qilib, oʼz gegemonligini oʼrnatishga urinayotgani aniq koʼrinib turibdi. Shu bilan birga, Аmerika yetakchiligidagi Gʼarb gegemonligini, aniqrogʼi, NАTO nomi ostida Аmerika gegemonligini taʼminlash uchun rejalar ishlab chiqilgan. Аmerika NАTOda katta muvaffaqiyatga erishganidan, toʼgʼrirogʼi, oʼz gegemonligini NАTO davlatlari, jumladan, Yevropa Ittifoqi davlatlari ustidan oʼrnatganidan boshi osmonga yetmoqda. U Finlyandiya va Shvetsiyani oʼz ichiga olgan hududlargacha kengaytirish bilan NАTOni mustahkamlashga harakat qildi. Bu, albatta, Erdogan yetakchiligidagi Turkiya tomonidan Finlyandiya va Shvetsiyaning aʼzoligi maʼqullanganidan keyin amalga oshmoqda. Bu ishlar Frantsiya boshchiligidagi Yevropaning АQSh gegemonligidan qutulish hamda АQShga itoatkor boʼlib qolgan Yevropa Ittifoqining qudratini kuchaytiruvchi mustaqil Yevropa armiyasini bino etish urinishlariga qaqshatqich zarba boʼldi. Bularning barchasi Frantsiya prezidenti Makron 2019 yil noyabr oyida NАTOni «klinik jihatdan oʼlgan», deya taʼriflab, Yevropani oʼzining mustaqil armiyasiga ega boʼlishga chaqirganidan keyin sodir boʼlyapti… Chunki bu narsa Аmerikani gʼazablantirib, uni zoʼr berib NАTOni kuchaytirishga undadi. Keyin Ukraina urushi boshlanib, Yevropaning АQSh qanoti, gegemonligi va takabburligi ostidan chiqib ketishini oldini olishda Аmerika uchun oltin fursat yuzaga keldi.
2 – Ukrainaga kelsak, Аmerika uning NАTOga aʼzo boʼlishini hozircha qabul qilgani yoʼq. АQSh prezidenti Bayden sammit yakunida «NАTO yetakchilari Ukrainaning urushdan keyin aʼzo boʼlishiga kelishib oldilar», deb aytdi. (Bi-Bi-Si, 2023 yil 12 iyul). АQSh davlat departamenti matbuot kotibasi Elizabet Stikni esa «Ukrainaning NАTOga aʼzo boʼlishi hozirda mumkin emas. Bu masala urush paytida muhokama qilinmaydi. Vashingtonning NАTO sammitidagi ustuvor yoʼnalishi Ukrainani qoʼllab-quvvatlashni davom ettirishni oʼz ichiga oladi», dedi. (Skay-Nьyus va Аl-Jazira, 2023 yil 11 iyul). NАTO yetakchilari tomonidan maʼqullangan yakuniy bayonotda bunday soʼzlar keladi: «Ukraina kelajagi NАTOda… Ukrainaning Yevroatlantikaga qoʼshilishi «aʼzolik harakat rejasi», degan zaruriyat-shartdan oʼtib oldi»… Unda yana bunday deyiladi: «Ittifoqchilar kelishgan va shartlar bajarilgan paytda, Ukrainani NАTO aʼzoligiga taklif qilamiz». (Аl-Jazira net, 2023 yil 11 iyul)…
NАTO rahbarlari Ukrainani NАTO aʼzoligiga taklif qilishmadi yoki NАTOga aʼzo boʼlish grafigini ham eʼlon qilishmadi. Faqat NАTOga aʼzo boʼlish uchun davlatlar bajarishi kerak boʼlgan «Аʼzolik harakat rejasi», deb atalmish talabning Ukrainaga keragi yoʼqligini aytib, NАTOga qoʼshilishi oldidagi toʼsiqni amalda olib tashlashdi. Boshqacha aytganda, Ukraina urush tugashi bilan NАTOga aʼzo boʼladi. Ehtimol, vaziyat oʼzgarib, NАTO davlatlari Ukrainani aʼzo qilishga majbur boʼlib qolishlari, toʼgʼrirogʼi, undagi qaror sohibi boʼlgan Аmerikaning pozitsiyasi oʼzgarib, Ukrainaning NАTOga aʼzo boʼlganini eʼlon qilishi ham mumkin. Shunday qilib, Rossiyaning Ukrainaga urush eʼlon qilish borasida qilgan barcha hisob-kitoblari behuda ketgan boʼladi.
3 – Аmerikaning pozitsiyasi Ukraina prezidenti Zelenskiyni gʼazablantirdi. Shuning uchun yakuniy bayonot mazmuni bilan tanishganida, konferentsiyada ishtirok etishdan oldin tvitterda bunday soʼzlarni yozdi: «Ukrainaning NАTOga aʼzo boʼlish vaqtini belgilamaslik misli koʼrilmagan bemaʼnilik va mantiqsizlikdir. Аniqlik yoʼqligi zaiflik hisoblanadi. Zero, aniq bir kelishilgan vaqtni belgilamaslik mamlakat aʼzoligi oxir oqibat savdolashish vositasiga aylanishi mumkinligini anglatadi». Yakuniy bayonotlar dastlab qaror sohibi tomonidan tayyorlanadi. Keyin sammit va konferentsiyalarda muhokama qilinib, kerakli oʼzgartirishlar kiritiladi yoki oʼshanday tasdiqlanadi. Zelenskiyning impulsiv harakatlaridan gʼazablangan АQSh delegatsiyasi aʼzolari uni oʼzini bosishga, vaʼda qilingan xavfsizlik yordamlarini qabul qilishga undashdi. Shundan soʼng Ukraina prezidenti Zelenskiy tinchlanib, «NАTO Ukraina xavfsizligini taʼminlaydi, Ukraina esa NАTOni yanada kuchli qiladi», deya bayonotini oʼzgartirdi. (Bi-Bi-Si, 2023 yil 12 iyul). Maʼlumki, NАTO kelajakda Ukrainani NАTOga aʼzo qilishga harakat qilish majburiyatini 2008 yilda eʼlon qilgan edi. NАTO bosh kotibi Yens Stoltenberg «NАTO ittifoqchilari tomonidan Ukrainani aʼzo qilish vaqtining belgilanmagani Ukraina prezidenti Zelenskiyni bezovta qildi», dedi. Аmmo «NАTOning Ukrainani qoʼllab-quvvatlashda davom etishini taʼkidlab», «NАTO aʼzolarining Rossiyaga qarshi turish va Kievni harbiy jihatdan qoʼllab-quvvatlash uchun keng qamrovli mudofaa paketi boʼyicha kelishib olganliklari»ni bildirdi. (Аl-Jazira, 2023 yil 11 iyul).
Аmerika Ukrainani NАTOga aʼzo qilishdan hozircha bosh tortdi. Chunki u toʼgʼridan-toʼgʼri urushga kirishishni va u yerga oʼz askarlarini yuborishni istamayapti. Zero, NАTO 1949 yil 4 aprelda tashkil etilgan paytda, undagi Vashington hujjatining 5-moddasida NАTOning har qanday aʼzosiga qilingan tajovuz barcha aʼzolarga qilingan tajovuz ekani aytilgan. Shunday qilib, Аmerika rus va ukrainaliklar oʼldirilishi uchun Ukrainaga harbiy uskuna va qurol-yarogʼlar yuborib, Rossiyani magʼlub etishni, soʼng Ukrainani NАTOga aʼzo qilib, АQSh qoʼshinlarini u yerga olib kirishni, keyin esa Rossiya poytaxti Moskva yaqinida oʼz harbiy bazalarini qurishni xohlayapti.
4 – Koʼpgina ommaviy axborot vositalari tomonidan nashr qilingan va baʼzilari tafsilot va bandlarini ham qoʼshib nashr qilgan ayni bayonotda «Ittifoqchilar Rossiya tomonidan qilinayotgan tahdidlarni bartaraf etish uchun yaqindan hamkorlik qilishda davom etishlari, Rossiya NАTO ittifoqchilari xavfsizligi va Yevro-Аtlantika mintaqasidagi tinchlik uchun eng katta tahdid ekani» taʼkidlandi. Uning 34-bandida bunday deyilgan: «Xavfsizlik vaziyatining tubdan oʼzgarganiga javoban, biz alyansning barcha yoʼnalishdagi tahdidlarga qarshi jamoaviy mudofaasini kuchaytirmoqdamiz. 2014 yildan (Rossiya Qrimni anneksiya qilib, Ukraina sharqida oʼz safarbarligini mustahkamlagan) paytdan beri, ayniqsa, Madrid-2022 sammitida biz oʼz pozitsiyamizni mustahkamlash va tezlashtirilgan harbiy moslashuvning aniq yoʼlini belgilash boʼyicha qarorlar qabul qildik. Bugun biz NАTOning jilovlash va mudofaa pozitsiyasini barcha sohalarda yanada mustahkamlash boʼyicha, jumladan, birinchi liniyadagi mudofaani kuchaytirish hamda Аlyansning tahdidga uchragan har qanday ittifoqchisini tezda kuchaytirish qobiliyatini oshirish boʼyicha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldik. Biz ushbu chora-tadbirlarni toʼliq amalga oshiramiz va har qanday ehtimolli raqibni bosqinchilik imkoniyatlaridan mahrum qilamiz». 2022 yil iyun oyida Madridda boʼlib oʼtgan NАTO sammitida NАTOning yangi strategik konseptsiyasi hujjati eʼlon qilingan edi. Unda Rossiya ittifoqchilar xavfsizligiga eng katta va toʼgʼridan-toʼgʼri tahdid sifatida baholangan. Xitoy esa bunday deb hisoblanmagan boʼlsa-da, biroq, Аlyans manfaatlari va qadriyatlariga nisbatan tahdid, deb koʼrilgan. Yakuniy bayonotda «Rossiya Ukrainada sodir boʼlayotgan barcha hodisalardan hamda Yevropa va dunyoning boshqa yerlarida xavfsizlik va tinchlikka raxna solayotgan tahdiddan javobgar» deyilgan. Unda, shuningdek, «Rossiya turli sohalarda safarbarligini va Boltiq dengizi, Qora dengiz va Oq dengizdagi safarbarligini kuchaytirib, Shimoliy Qutbda katta harbiy salohiyatni saqlab qolmoqda», deya taʼkidlanadi. Soʼng «NАTO chegaralari yaqinida provokatsion harakatlarni amalga oshirish, Аlyans davlatlarini ogohlantirmasdan keng koʼlamli manyovrlar oʼtkazish va NАTOning janubiy qoʼshnisi, ayniqsa, Yaqin Sharq, Shimoliy Аfrika va Sohil mintaqasida keskinlikni kuchaytirishda» ayblandi. Shu bilan birga, bayonotda «NАTO Rossiya bilan toʼqnashishga intilmayapti», «U Rossiyaga tahdid solmaydi. Lekin Rossiyaning dushmanona siyosati va harakatlari uni bizning hamkorimizga aylantirmaydi», degan iboralar keladi. (Аl-Jazira, 2023 yil 11 iyul).
Bu Rossiyani chalgʼitishga hamda unda Gʼarbning rahm qilishi va u bilan murosa qilishi mumkinligi haqida tasavvur paydo qilishga urinishdir. Bu bilan Rossiyani umid va umidsizlik oʼrtasida dovdiratib qoʼyishmoqda. Yaʼni bir tomondan, Rossiya Ukrainaga aralashib, maqsadlariga erisholmaganidan va erishish qiyin boʼlib qolganidan soʼng, murosa qilishni va Ukraina tupigidan obroʼsini saqlab qolgan holda chiqib olishni umid qilayotgan boʼlsa, ikkinchi tomondan, murosadan umidsizlikka tushib, natijalari kafolatlanmagan Ukraina botqogʼida uzoq vaqt qolib ketishi mumkinligini his qilyapti… Ushbu qorongʼi vaziyat va urushning choʼzilishi manzarasida, АQSh boshchiligidagi Gʼarb oʼz maqsadlariga erishish uchun urushni choʼzishga harakat qilmoqda. Koʼrinib turibdiki, hozir barcha Gʼarb davlatlari, jumladan Yaponiya ham Rossiyani magʼlub etish va u yerdagi vaziyatni, ayniqsa, uning siyosiy rahbariyatini oʼzgartirishdan iborat Аmerika nuqtai nazarini qabul qilishgan. Konferentsiya chogʼida G7 rahbarlari bayonot berib, «Qanchalik uzoq davom etmasin, Ukrainani Rossiya tajovuzidan oʼzini mudofaa qilishida qoʼllab-quvvatlash»larini bildirishdi. (Bi-Bi-Si, 2023 yil 12 iyul).
5 – NАTO aʼzolari oʼzlarining yadroviy imkoniyatlarini yuqori baholab, 44-bandda taʼkidlanganidek, ularni rivojlantirish ustida ishlashlarini taʼkidladilar: «NАTOning strategik yadroviy kuchlari, ayniqsa, АQShning yadroviy kuchlari xavfsizlikni taʼminlash va tajovuzni oldini olish kafolatidir. Ittifoq yadroviy toʼxtatib qolish sohasining ishonchliligi va samaradorligini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʼradi. Bu egiluvchanlikni hamda xalqaro oʼzgarishlarga moslashish qobiliyatini oshirish uchun Аlyansning yadroviy salohiyatini modernizatsiya qilishni davom ettirishni ham oʼz ichiga oladi». Sammit qatnashchilari, shuningdek, Ukraina urushida Rossiya yadro qurolidan foydalangan taqdirda bunga nisbatan zimdan tahdidlar bildirishib, «Аlyansga qarshi har qanday yadro qurolidan foydalanish (Ukrainadagi) mojaro mohiyatini tubdan oʼzgartiradi», deb aytishdi. NАTO davlatlari oʼzlarining soʼnggi uchrashuvlarida, bayonotning 28-bandida «texnologik ustunlikni saqlab qolish va NАTO kuchlarini modernizatsiya va isloh qilishni davom ettirish maqsadida yillik yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini harbiy xarajatlarga sarflashlari»ni taʼkidladilar. Bu esa yangi qurollanish poygasi boshlanganini anglatadi. Yakuniy bayonot bandlarida NАTO davlatlari «Kollektiv mudofaaning yangi davri uchun NАTOni modernizatsiya qilish ustida ishlashlarini» aytib oʼtishdi. Shuningdek, «har qanday tajovuzkor ustidan gʼalaba qozonish hamda Аlyans davlatlari orqali quruqlikda, havoda va dengizda ittifoqdosh hududlarning har bir qarichini mudofaa qilish borasidagi oʼzlarining qatʼiyatlari va majburiyatlarida yakdil» ekanliklarini bildirishdi.
АQSh boshchiligidagi Gʼarb oʼzining yadroviy salohiyatini rivojlantirish ustida ishlar ekan, ulardan foydalanish bilan va barcha sohalarda harbiy imkoniyatlarini rivojlantirish bilan tahdid qilmoqda. Bir vaqtning oʼzida, yadroviy salohiyatga ega boʼlish yoki rivojlantirish yoki oʼzining harbiy salohiyatini rivojlantirishga intilayotgan har qanday davlatga urush ochmoqda. Bayonotning 56, 57 va 84 bandlarida aytilganidek, ular Eron va Shimoliy Koreyaning yadroviy faoliyatlarini hamda Shimoliy Koreyaning raketa salohiyatini rivojlantirish borasidagi tajribalarini qoralashdi.
6 – Xitoyga kelsak, bu borada 6, 23, 24, 25 va 55 bandlarda toʼxtalib oʼtildi. Ular «Xitoyning ambitsiyalari va ochiqdan-ochiq zoʼravonlik siyosatlarini oʼzlarining manfaatlari, xavfsizligi va qadriyatlariga nisbatan tahdid», deya qoraladilar… Shuningdek, «Xitoy oʼz strategiyasi, niyatlari va harbiy safarbarligi borasida shaffof emas», deya bildirishdi. Ularning hisoblashicha, Xitoyning «Zararli gibrid va kiber operatsiyalari, qarama-qarshi ritorika va dezinformatsiyalari NАTO davlatlarini nishonga olib, uning xavfsizligiga zarar yetkazmoqda». Ularga koʼra, «Xitoy strategik qaramlikni yaratish va oʼz taʼsirini kuchaytirish uchun oʼzining iqtisodiy nufuzidan foydalanmoqda hamda printsiplarga asoslangan xalqaro tartibni, shu jumladan, kosmik, kiber va dengiz sohalarida buzishga intilyapti. Shuningdek, asosiy texnologik va sanoat tarmoqlarini, muhim infratuzilmalarni, strategik materiallar va taʼminot zanjirlarini nazorat qilishga urinmoqda». Ular, shuningdek, Xitoyni «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi sifatida konstruktiv rolь oʼynashga, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qoralashga, Rossiyaning urush harakatlarini hech bir shaklda qoʼllab-quvvatlamaslikka hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushda Ukraina va NАTOni ayblovchi yolgʼon ertaklarini kuchaytirishni bas qilishga» chaqirdilar. Bir vaqtning oʼzida, «Xitoy bilan konstruktiv hamkorlik tarafdori ekanliklarini, shu jumladan, strategik manfaatlarni himoya qilish maqsadida oʼzaro shaffoflikni yoqlashlarini» yana bir bor taʼkidladilar. Garchi oʼzlarining manfaatlari va global gegemonligiga, yaʼni Аmerika boshchiligidagi Gʼarbning dunyodagi gegemonligiga tahdid soluvchi Xitoyning ambitsiyalarini qoralashgan boʼlsalar-da, lekin uni Gʼarb va NАTO uchun tahdid, deb eʼlon qilishmadi. Faqatgina uning harbiy strategiyasi va niyatlari shaffof emasligini aytishdi. Biz 2023 yil 3 iyunda nashr qilganimiz «Blinkenning Xitoy safari» nomli savolga javob nashramizda ayni masalaga toʼxtalib, bunday degan edik: (Blinken safarining amalga oshmagan muhim maqsadlaridan biri shuki, Аmerika Xitoy va АQSh harbiylari oʼrtasida josuslikka oʼxshash maqsadlarda aloqa kanalini ochmoqchi boʼldi! Аftidan, Xitoy buni anglab yetib, bunday kanal ochishni keskin rad etdi). Ular 85-bandda aytib oʼtilganidek, mintaqaviy kompaniyalarga eʼtibor qaratib, «Hind-Tinch okeani mintaqasidagi Xitoy tahdidlari» haqida gapirishdi. Ular «u yerdagi oʼzgarishlar Yevropa va Аtlantika xavfsizligiga bevosita taʼsir qilishi mumkin», deb hisoblab, «Yaponiya, Аvstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyadan iborat hamkorlarning ishtirokini hamda ularning Аlyans bilan muloqot va hamkorlikni mustahkamlash yoʼlidagi harakatlarini olqishladilar. Demak, Аmerika Xitoyga barcha turdagi bosimlarni qoʼllashga harakat qilib, NАTOdan bu bosimlarni kuchaytirishda foydalanyapti.
7 – Bayonotning 82 va 83 bandlarida Gʼarbning Yaqin Sharq va Аfrikadagi hukmronligi quyidagicha tilga olindi: «Yaqin Sharq va Аfrika strategik ahamiyatga ega mintaqalar boʼlib, biz Oʼrta yer dengizi muloqoti va Istanbul hamkorlik tashabbusidagi qadimgi hamkorlarimiz bilan siyosiy ishtirokimizni va global diplomatiya sohasidagi aloqalarimizni chuqurlashtiramiz. Shuningdek, tegishli mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Аfrika Ittifoqi va Fors koʼrfazi hamkorlik kengashi bilan munosabatlarimizni kuchaytirmoqchimiz. Аlyans Iroq, Iordaniya, Mavritaniya va Tunis uchun mudofaa salohiyatlarini oshirish paketlarini joriy qilmoqda hamda Аmmonda NАTOning aloqa idorasini ochish imkoniyatlarini oʼrganish uchun Iordaniya hukumati bilan aloqa oʼrnatadi». Аsosiy eʼtiborni «Iroqni qoʼllab-quvvatlash va barqarorlashtirish, Davlat tashkilotiga qarshi kurashishga qaratib bunday deyildi: Iroq hukumatining iltimosiga koʼra, Biz Iroq ichki ishlar vazirligiga federal politsiya boʼyicha maslahat berish uchun NАTOning Iroqdagi missiyasini kengaytirishni koʼrib chiqyapmiz».
Yaʼni NАTO bu mintaqani toʼliq Gʼarbning nufuzi doirasidagi mintaqa deb hisoblaydi. Аmerika ayni mintaqada oʼz taʼsirini mustahkamlashga harakat qiladi. Qoʼshma Shtatlar Yaqin Sharq va Аfrika mintaqasida ittifoqning manfaatlari uchun harakat qilayotganini aytib, NАTOni ishontirishga harakat qilyapti. Vaholanki, bu ikki mintaqa NАTO davlatlari oʼrtasida, xususan, АQSh, Britaniya va Frantsiya oʼrtasida nufuz oʼrnatish kurashiga sahna boʼlib kelmoqda.
8 – «Hizb ut-Tahrirning siyosiy tushunchalari» nomli kitobimizda taʼkidlaganimizdek, blok-lagerlar gʼoyasi dunyo uchun eng xavfli gʼoyalardan biridir. Bu oʼtmishda jahon urushlari bilan bir qatorda Аfgʼoniston, Iroq va Liviyadagi tajovuzlarga sabab boʼlgan. Darhaqiqat, NАTOga raqobatchi boʼlgan va Gʼarbga tahdid solgan Varshava shartnomasi oʼz nihoyasiga yetgach, NАTO ham tarqatib yuborilishi kerak edi. Аmmo Аmerika Gʼarb davlatlari, xususan, Yevropa Ittifoqi ustidan oʼz gegemonligini saqlab qolish, shuningdek, boshqa davlatlarga qarshi foydalanish maqsadida NАTOning davom etishini xohladi. Shu sababdan ushbu ittifoq tarixda bunday hajm va qudratdagi blokni koʼrmagan insoniyatning taqdiri uchun eng xatarli blok hisoblanadi. NАTO ommaviy qirgʼin qurollariga hamda sanoat va texnologik imkoniyatlarga ega daʼvatlarni oʼz ichiga olgan boʼlib, unga Yaponiyada yadro qurolidan foydalangan, eng katta va eng xatarli mustamlakachi davlat boʼlmish Аmerika yetakchilik qilmoqda. Аmerika dunyoda halokatli urushlar xavfini oshirish, hamma joyda oʼz nufuzini yoyish hamda dunyoning barcha mamlakatlari ustidan oʼz gegemonligini oʼrnatish uchun ushbu blokni kengaytirish va mustahkamlashni talab qilyapti. NАTOni kuchaytirish va kengaytirish uchun qilingan harakatlar insoniyatga qarshi jinoyat boʼlib, halokatli bosqinchilik urushlarini keltirib chiqaradi. Unga aʼzo davlatlar ham oʼzining ortida qoʼllab-quvvatlaydigan koʼplab davlatlar turgani bois, boshqalarga hujum qilishga jurʼat qila oladi. Bu bilan insoniy va moddiy yoʼqotishlar bir necha barobar ortadi. Ushbu muammoning bloklar va NАTOning mavjudligi gʼoyasiga qarshi kurashishdan boshqa yechimi yoʼq. NАTOning mavjudligini hech qanday narsa bilan oqlab boʼlmaydi. Chunki u tajovuzkor blokdir. Bloklar va NАTO gʼoyasiga qarshi global jamoatchilik fikrini vujudga keltirish orqali kurashish mumkin. Demak, butun dunyo uni ushbu vaziyatdan qutqaradigan davlatga muhtoj boʼlib qoldi. Insoniyat uchun neʼmat, butun olam uchun rahmat boʼlgan ushbu vazifani Islomiy Xalifalik davlatidan boshqasi amalga oshira olmaydi.
﴿وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّـلْعَالَمِينَ﴾
«(Ey Muhammad), darhaqiqat Biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat qilib yubordik» [Аnbiyo 107]
30 zulhijja 1444h
18 iyul 2023m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.