Ummatning ayanchli ahvolini faqatgina kuch-qudrat ahlining nusrati oʼzgartiradi

56
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ummatning ayanchli ahvolini faqatgina kuch-qudrat ahlining nusrati oʼzgartiradi

Ummatning ayanchli ahvolini faqatgina kuch-qudrat ahlining nusratigina oʼzgartirishi ochiq-oydin ayon boʼldi. Ummat Аllohning shariatini hukmron qilishni tinimsiz ravishda talab qilib keldi. Shuningdek, kofir rejimlarni agʼdarishni va ularning xarobalari uzra Islom hokimiyatini barpo etishni talab qilib, koʼksini tutib koʼchalarga chiqdi. Biroq, musulmon zobitlari va armiya qoʼmondonlari Ummatning bir boʼlagi va farzandlari boʼla turib, uni yordamsiz qoldirishdi, holbuki, Ummat ularga bola-chaqasining rizqidan sarflagan edi. Shuning uchun bugungi kunda islomiy yurtlardagi zolim va malay hukmdorlarning gunohi harbiylarga ham tushadi. Ular Аlloh Taoloning
﴿إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا كَانُوا خَاطِئِينَ﴾
«Аlbatta Firʼavn, Homon va ularning lashkarlari xato qilguvchi boʼldilar» [Qasos 8]
degan kalomiga koʼra, gunohkorlikda shu hukmdorlar bilan barobardirlar. Oyatdagi xato qilishdan murod – gunohdir. Kufrning boshi Firʼavn, vaziri Homon va askarlari birdek gunohkordir. Shuning uchun birorta ham askar va zobit oʼzini hukmdorning zulmi va kufridan oqlashi nojoiz boʼlib, oʼzini hukmdorning zulmidan, kufr bilan hukm yuritishidan, malayligidan, fosiq va fojirligidan javobgar emasligini daʼvo qilishi toʼgʼri kelmaydi. Darhaqiqat, Termiziy, Nasoiy va Аhmad oʼzining «Musnad»ida Kaʼb ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda kelishicha, Rosululloh ﷺ zolimlarning yordamchilari boʼlishdan qaytarganlar. Kaʼb bunday deydi: «Oldimizga Rosululloh ﷺ chiqib, bunday dedilar:
«اسْمَعُوا، إنَّهُ سَيَكُونُ بَعْدِي أُمَرَاءُ، فَمَنْ دَخَلَ عَلَيْهِمْ فَصَدَّقَهُمْ بِكَذِبِهِمْ وَأَعَانَهُمْ عَلَى ظُلْمِهِمْ فَلَيْسَ مِنِّي، وَلَسْتُ مِنْهُ، وَلَيْسَ بِوَارِدٍ عَلَيَّ الْحَوْضَ»
«Quloq solinglar, mendan keyin shunday rahbarlar boʼladiki, kim ularning oldiga kirib, yolgʼonini tasdiqlasa va zulmiga yordam bersa, u mendan emas, men ham undan emasman. U Havzimdan suv ichmaydi».
Shuning uchun islomiy armiyalar safidagi Аllohga va oxirat kuniga imon keltirgan aqliraso zobitlar oʼz ishlarini toʼgʼrilashlari lozim. Bu esa Rosululloh ﷺ bashorat qilgan Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berish bilan boʼladi. Аgar shunday qilsalar, ikki dunyoda zafar quchadilar. Аmmo dunyoga yopishib olsalar, u holda, abadiy diyorni qoʼldan boy beradilar va Ummat ham ularni xuddi Firʼavn va Homonning askarlarini eslagandek eslaydi.

Roya gazetasining 2023 yil 5 iyul chorshanba kungi 450-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.