Halab va Idlibning shaharchalarida Joʼloniy razvedka xizmatining jinoyatlariga hamda Shvetsiyada Qurʼoni Karimning yoqilishiga qarshi bir qancha namoyishlar uyushtirildi

107
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Halab va Idlibning shaharchalarida Joʼloniy razvedka xizmatining jinoyatlariga hamda Shvetsiyada Qurʼoni Karimning yoqilishiga qarshi bir qancha namoyishlar uyushtirildi

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati radiosining 2023 yil 30 iyun juma kuni tarqatgan xabariga koʼra, Halabning Bob, Suroni Eʼzoz, Sahora shaharchalarida hamda Idlibning Аtma qochqinlar lagerida juma namozidan soʼng namoyishlar boʼlib oʼtdi. «Hurmatlarni oyoq-osti qilgan kimsalar aslo frontlarni ochmaydi», deb nomlangan namoyishlar Tahriri Shom hayʼati razvedkasining zoʼravonliklariga qarshi oʼtkazildi. Namoyishlar, shuningdek, Shvetsiyada Qurʼoni Karimning yoqilishiga qarshi norozilik sifatida boʼlib oʼtdi. Namoyishchilar jangchi guruh rahbarlarining Bashar rejimi qirgʼinlariga sukut qilishayotganini qoralab, qamoqqa olinganlarni ozod etishlarini talab qildilar. Shu bilan birga, agar islomiy yurtlardagi malay hukmdorlar orasida bitta er kishi boʼlganda edi, Qurʼoni Karim yoqilmagan boʼlardi, deya taʼkidladilar. Mana shu tadbirlar zimnida kecha, muborak Qurbon bayramining ikkinchi kuni, Tahriri Shom razvedkasi amaliyotlariga qarshi ommaviy tabdirlar davom etdi. Ommaviy tadbirlar qatorida Halab janubidagi Salqin, Аtama, Kufri Tahrim, Tirmonin, Killi kabi shahar va rayonlarda hamda Dayri Hasson qochqinlar lagerida, Halab janubidagi qochqinlar lagerida, Idlibdagi Karoma qochqinlar lagerida, Idlib, Аtorib, Sahora, Bob, Eʼzoz va Suronda, Halabdagi Kafara shahrida ham kechki namoyishlar boʼlib oʼtdi.

Roya gazetasining 2023 yil 5 iyul chorshanba kungi 450-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.