Turkiya uchun Shengen vizasi to‘xtatildimi?
Turkiyada Shengen vizasi haqida paydo bo‘lgan muammolar uzoq vaqtdan beri kun tartibida qolmoqda. Hatto vaqti-vaqti bilan Shengen vizasiga murojaat qilish Turkiya uchun ham to‘xtatilgani haqida iddaolar yuzaga chiqdi. Turk Sayyohlik Agentliklari Uyushmasi (TÜRSAB) prezidenti Firuz Bag‘likaya, Shengen vizasi murojaatlarida sistematik tarzda to‘siqlar mavjudligini va ushbu to‘siqlarga qo‘shimcha ravishda, vizaga murojaat qilgan Turkiya fuqarolariga rad javobi kelganini ham ta’kidladi. Biroq “Xabarturk”ning “Turkiya uchun Shengen vizasi to‘xtatildimi?” degan savoliga Yevropa komissiyasi tomonidan javob sifatida berilgan yozma bayonotda, turli sabablarga ko‘ra viza chiqishida kechikishlar borligi va bu Turkiyaga xos holat emasligi ta’kidlandi.
Yevropaning Turkiya jumhuriyati fuqarolari uchun tizimli ravishda vizani ta’qiqlashi inqirozga aylanar ekan, Turkiya hukumati uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan bu muammoni imkoni boricha tezroq hal qilishga va’da bergan. Prezident Rajab Tayyib Erdog‘an 30 may kuni Shengen vizasi muammosi haqida bayonot berib, “Biz har bir sohada sizning yo‘lingizni ochish va to‘siqlarni olib tashlash uchun astoydil harakat qilamiz”, “Oxirgi vaqtlarda siyosiy shantaj sifatida qo‘llanilgan viza muammosini imkon qadar tezroq hal qilamiz” dedi.
Izoh: Bundan bir asr muqaddam Xalifalik davlati qulashi ortidan yuzaga kelgan Turkiya jumhuriyatining rahbari Mustafo Kamol va uning partiyasi Yevropaning ortidan xalloslab yugurishni o‘zlari uchun asosiy yo‘l qilib tanlagan edi. Shuning uchun Turkiyani Yevropaning bir qismiga aylantirish va turk xalqini g‘arblashtirish hamda Turkiya jumhuriyatini Yevropa ittifoqiga a’zo qilish “Jumhuriyat xalq partiyasi” (JHP)ning birlamchi maqsadlaridan biri edi. Ammo 2002 yilda hozirgi prezident Rajab Toyyib Erdog‘an boshchiligidagi “Adolat va taraqqiyot partiyasi” hukumatni egallagandan so‘ng, Turkiya jumhuriyati o‘z yo‘lini AQSH tomonga burdi. Shundan keyin Turkiyada bo‘lib o‘tgan barcha saylovlarda Yevropa ittifoqi Turkiyada JHP partiyasini qo‘llab-quvvatlab, uni hokimiyatga qaytarishga harakat qilgan bo‘lsa-da, biroq aslo maqsadiga erisha olmadi. Bunga Erdoganning boshqaruvdagi muvaffaqiyati emas, balki Turk xalqining Islomga bo‘lgan muhabbati yo‘l qo‘ymadi.
O‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan saylovda ham xuddi shunday ahvol takrorlandi. Masalan Yevropa davlatlari, xususan Britaniya, Fransiya, Germaniya davlatlari Turkiyadagi saylovlarda Erdog‘anni mag‘lubiyatga uchratish va JHP partiyasini qo‘llab quvvatlash maqsadida bir qancha ochiq tashviqot ishlarini olib borishdi. Shingen vizasi bo‘yicha yuzaga kelgan masala ham, shu tashviqotlar jumlasidan. Yevropa Turk fuqarolari uchun viza muammosini chiqarish orqali, go‘yoki “agar saylovda JHPga ovoz bermasangiz Yevropaga sayohatingiz qiyinlashadi” demoqchi bo‘ldi.
Ammo saylovda Erdog‘an g‘alaba qozonishi bilan aynan o‘sha Yevropa davlatlari rahbarlarining o‘zlari birinchilardan bo‘lib uni tabrikladi. Chunki Yevropa ittifoqi bir qancha jihatlardan, masalan strotegik jihatdan, energetika jihatidan, Ukrainaning don mahsulotlari uchun Yevropaga koridor ochish masalasi jihatidan hamda (Isroil), Ozarbayjon, Turkmaniston davlatlarining gazini Turkiya orqali Yevropaga olib o‘tish kabi tabiiy gaz masalasi jihatidan, Turkiyaga muxtojdir.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Erdog‘anni tabriklar ekan, “yo‘limizda birgalikda davom etamiz. Sharqiy Oq dengiz masalasi kabi Fransiya va Turkiya birgalikda hal qilishi kerak bo‘lgan masalalar bor. Bu ishlar uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak” dedi. Shunga ko‘ra aytish mumkinki, demak viza muammosi uzoq davom etmaydi. Yevropa o‘z manfaatlari uchun ham bu mummoni hal qilishga majburdir.
Xulosa shuki, Amerika ham, Yevropa ham Turkiyaga muxtojdir, aslo undan voz kecha olmaydi. Chunki Turkiyaning dastagi bo‘lmasa, ular bu mintaqada hech narsaga erisha olmaydi. Masalan Suriya masalasida Turkiyaning roli bo‘lmaganda Amerika aslo maqsadiga erisha olmasdi. Buni Oq uy namoyondalarining o‘zlari ham bir necha marta tan olishdi. Yevropa ham Turkiyaga muhtojligini o‘z og‘zi bilan aytib turibdi. Mana shundan ko‘rinib turibdiki, agar Islomiy o‘lkalarning rahbarlari ularga yon bosmasa, G‘arb olami tang ahvolga tushib qolishi turgan gap. Ammo Ummatdan ajralib qolgan rahbarlarning dardi bu emas. Ularning dardi xo‘jayinlarini rozi qilish va o‘z kursilarini saqlab qolishdir. Shuning uchun bu xoin rahbarlarni qulatib, uning o‘rniga, butun Islom olamini bitta bayroq ostida birlashtiradigan va mustamlakachilarning nufuzini yutrlarimizdan kuvib chiqaradigan Xalifalik davlatini tiklash Islom Ummatining, xususan Ummat ichidagi kuch-nufuz egalarining zimmasida vojibdir.
Zohid Zargar