بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Aqso masjidi xoinlar taxtlarini ag‘darib, Ummatni ularning yovuzligidan qutqarish bilangina ozod etiladi
Ey musulmonlar!
Ruvaybiza hukmdorlar yahudiy vujudi hujumlariga nisbatan qoralovchi va norozilik bayonotlarini berish, sammit va uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro tashkilotlardan yalinish kabi ishlar bilan ovora. Sizlar ularni taxtlaridan ag‘darib, Ummatni ularning yovuzliklaridan qutqarish bilan javob qaytarmog‘ingiz darkor. Chunki barcha yovuzliklarning boshi, illatning ildizi mana shu hukmdorlardir. Yahudiy vujudini qo‘riqlayotganlar ham shulardir. Ummatni parchalab, birlashishiga to‘sqinlik qilayotgan, Uning diniga qarshi kurashayotgan hamda Ummat farzandlarini fi sabilillah jihod qilishdan to‘sayotgan ham mana shulardir. Shuning uchun bu Xoinlar taxtlaridan ag‘darilib, Ummat ularning yovuzligidan qutqarilmaguncha Aqso masjidini ozod etib bo‘lmaydi.
Ha, Aqso masjidini ozod qilish uchun avvalo musulmon qo‘shinlarni tog‘ut malaylardan ozod etish lozim. Chunki qo‘shinlarimizni Alloh Taoloning yo‘lida jihod qilib, Islomga nusrat berish va Aqsoni ozod etishdan to‘sib-kishanlab qo‘yganlar mana shu tog‘ut malaylardir.
Ey musulmonlar!
Bu mag‘zubi alayhim vujudi juda ham zaif vujud. Askarlari birorta ham jangga dosh berolmaydi. Zotan Alloh Taolo yahudiylarni odamlar orasidagi yashashga eng ochko‘z bo‘lganlari, deya sifatlagan. Shu bois, Aqso masjidini ozod etish siz o‘ylagandan ham yaqin. Qolaversa, Alloh Taolo bizga nusrat va’dasini bergan. Shunday bo‘lgach, barchalaringiz birlashgan holda, armiya safidagi farzandlaringiz va aka-ukalaringizdan Islom va Aqso masjidiga nusrat berishlarini talab qiling. Chunki ular Islomga nusrat berish va Masjidul Aqsoni ozod qilishga qodirdirlar. Faqat mana shu talabgina to‘g‘ri va haq talabdir. Undan boshqasi esa haqdan boshqa tomonga murojaat qilish hamda Alloh va Rosulidan uzoqlashish, hatto yahudiy vujudining haqiqiy qo‘riqchilari bo‘lgan xoin rejimlar izidan yurish hisoblanadi.
Biz sizlarni shunga chaqiramizki, qurolli kuchlar safidagi farzandlaringiz va aka-ukalaringizga hayqirib, ulardan Alloh Taoloning ushbu chaqirig‘ini qabul qilishni talab qiling:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ انْفِرُوا فِي سَبِيلِ اللهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الْأَرْضِ أَرَضِيتُمْ بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا مِنَ الْآخِرَةِ فَمَا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فِي الْآخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ * إِلَّا تَنْفِرُوا يُعَذِّبْكُمْ عَذَاباً أَلِيماً وَيَسْتَبْدِلْ قَوْماً غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيْئاً وَاللهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
«Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?! Agar (jihodga) chiqmasangiz, (Alloh) sizni alamli azob bilan azoblar va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltirur. Siz esa U zotga biron ziyon yetkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir» [Tavba 38-39]
Roya gazetasining 2023 yil 10 may chorshanba kungi 442-sonidan