بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iroqda yigirma yillik xorlik va xo‘rlik ortidan chiqish yo‘li bormi?!
Bundan yigirma yil muqaddam Amerika yolg‘on hujjatlar bilan, «xalqaro qonun»ni, Xavfsizlik Kengashini, hatto butun dunyoni sariq chaqaga olmay Irog‘ga urush qildi… Armiyalarni safarbar qilib, Iroqni «BMTga a’zo bo‘lgan Quvayt davlatini bosib oldi», degan bahona bilan jazolash uchun 32 davlatdan iborat xalqaro koalitsiyaga yetakchilik qildi… Urush qilishdan asl maqsadini kazzoblik va dajjollik bilan yashirdi, zotan bundan o‘z manfaatlarini amalga oshirishdan o‘zga maqsadi bo‘lmagandi. Iroqni bosib olgach, u yerda federal boshqaruv o‘rnatdi, keyinchalik bu boshqaruv mazhabparastlarning parlamentdan o‘rin talashishlaridan boshqa narsa emasligi ayon bo‘ldi. Masalan, xuddi Livanda bo‘lgani kabi, Iroq prezidenti kurd, bosh vaziri shia, parlament raisi sunniy bo‘lib, bu ssenariy yurt jipsligini tilka-pora qildi, Iroqni qirg‘inbarot mazhabparastlik kurashiga tiqib, minglab begunoh musulmonlar hayotiga zomin bo‘ldi.
Ushbu qonli xotira munosabati bilan Hizb ut-Tahrir – Iroq viloyati matbuot bo‘limi tomonidan chiqarilgan bayonotda quyidagilar ta’kidlanadi:
«Shunday qilib, butun yurtga yigirma yildan beri qonli nizolar, korrupsiya va boshboshdoqlik hukmronlik qilmoqda. Birin-ketin kelayotgan hukumatlar korrupsiyachi rasmiy sinf sifatida o‘z xoinliklari bilan xalq boshiga bitgan balo bo‘ldi. Keyin bularning ortidan Iroqning uchdan bir qismi ISHIDga topshirildi va bu eronparast hukumatning til biriktiruvi bilan, prezident Obama tomonidan uch yil, deya belgilangan muddatgacha Amerikaning yashil chirog‘i ostida amalga oshirildi».
Matbuot bayonotida yana bunday deyildi:
«Mana, yigirma yillik jirkanch va xarob bosqinchilik, badbo‘y demokratiyadan so‘ng, bugun qarshimizga BMT bosh kotibining vakilasi Janin Xennis-Plassxart chiqib, «Iroqda 2003 yildan keyin qayta tiklangan rejim mutlaqo davom eta olmaydi va yana shunday qo‘yib berilsa, teskari natija beradi», deb turibdi».
Matbuot bayonotida Iroq ahliga qarata quyidagilar qo‘shimcha qilindi:
«Yigirma yillik bosqinchilikdan so‘ng ahvolingiz mana shu, bas, chiqar yo‘l bormi? Bu yurtda o‘zgarish bo‘lishiga biror umid bormi? Shuni bilingki, bunday ayanchli voqelikdan qutulib chiqmog‘ingiz uchun ham, ahvolingiz o‘zgarishi uchun ham Robbingiz minhojiga qaytib, Uning shariatini hakam qilishdan o‘zga yo‘l yo‘q. Allohning shariatini hokim qilish esa, zolim jobir rejimlarni yiqitib, uning xarobalari uzra Payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik davlatini barpo etish bilan bo‘ladi. Biz shu bois siz musulmonlarni Allohning nusrat-yordamiga noil bo‘lish uchun Allohga yordam berishga da’vat qilamiz».
Roya gazetasining 2023 yil 19 aprel chorshanba kungi 439-sonidan