Al-Va’y uyushmasi musulmon qo‘shinlarni Falastinga nusrat berish va Aqsoni ozod etishga da’vat qilmoqda

70
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Al-Va’y uyushmasi musulmon qo‘shinlarni Falastinga nusrat berish va Aqsoni ozod etishga da’vat qilmoqda

Al-Va’y uyushmasi politexnika universiteti, Xalil universiteti, Quddus universiteti va Arab-Amerika universitetida eslatma varaqasini tarqatish tadbirini o‘tkazdi. «Musulmon qo‘shinlar yahudiy bosqinchining falastinliklarni dahshatga solishlari uchun yana nimalar qilishini kutib turibdi?!», sarlavhali ushbu eslatma varaqasida quyidagilar ta’kidlandi:

Birinchi: Biz bilan yahudiy vujudi o‘rtasida dushmanlik va fi sabilillah jihoddan o‘zga munosabat yo‘q. Chunki u tuprog‘imiz bosqinchisi, go‘dak va ayollarimiz qotilidir, bas, u bilan na tinchlik bo‘lsin, na muzokara va na normallashuv, bil’aks, jang va jihod bo‘ladi.

Ikkinchi: Musulmon yurtlaridagi hukmdorlar Falastinga nisbatan qilingan xiyonat va til til biriktiruvlarning boshi bo‘lib, ular yahudiy vujudi xavfsizligining qo‘riqchilari hamda Islom Ummati bilan uning biriligi va Aqso masjidi ozodligi o‘rtasidagi to‘g‘onoq hisoblanishadi.

Uchinchi: Muborak zamin ozodligi faqatgina Islom Ummati va qo‘shinlarini til biriktiruvchi hukmdorlardan ozod qilish, natijada Ummat va armiya saflari Islomga nusrat berish yo‘lida birlashishi bilan amalga oshadi.

Shuning uchun musulmon yurtlaridagi armiyalar va kuch-qudrat ahli Islomiy Xalifalik davlatini barpo etish orqali musulmon yurtlaridagi o‘z ahllariga va Rosululloh ﷺning Isro maskanlariga nusrat bermoqlari darkor. Ushbu davlat musulmonlarni birlashtiradi va yahudiy vujudining payini qirqib, kulini ko‘kka sovurish uchun Falastin tomon qo‘shin safarbar qiladi.

Roya gazetasining 2023 yil 19 aprel chorshanba kungi 439-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.