Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati: Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki Livanni bo‘g‘ayotgan kobralardir

323
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati: Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki Livanni bo‘g‘ayotgan kobralardir

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘limi «Xalqaro Valyuta Fondi bilan Jahon Banki Livanni bo‘g‘ayotgan kobralardir» sarlavhali bayonot nashr qildi. Unda quyidagilar bayon qilindi:

«Xalqaro Valyuta Fondi Livanga va boshqa qarzdor davlatlarga qo‘llagan shafqatsiz qaqshatqich tadbir-choralardan maqsad, qarzlarni bekor qilish yoki ozaytirish emas. Yo‘q, bundan yana qayta qarzlar jadvalini davom ettirish ko‘zlangan, xolos. Ya’ni, qarzning to‘lash muddatini uzaytirib, shu orqali qarzdorlikni yanada ko‘paytirish hamda yangi qarzlar berib, qarzdorlik darajasini kuchaytirishdir». Bayonotda rejim va odamlar Xalqaro Valyuta Fondi bilan Jahon Bankining zahridan saqlanishga chaqirilib, bunday deyildi:

«Qarzdorlik inqirozini hal qilish yo‘li foizlar, degan narsani to‘lamaslikdir. Chunki bu ribodir. Qarzlarni esa, o‘sha qarz olinayotgan paytda hokimiyat boshqaruviga sherik bo‘lgan rahbarlar o‘zlarining ortiqcha mollaridan to‘laydilar hamda hech qachon qarz olinmaydi. Bundan tashqari, ayni inqirozni qishloq xo‘jaligi, sanoat, savdo va yurtning tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish siyosatini ishlab chiqish bilan ham hal etiladi».

Roya gazetasining 2020 yil 4 mart chorshanba kungi 276-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.