Tuban sistemalar zamonidagi xalqaro kurash va urushlar

61
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tuban sistemalar zamonidagi xalqaro kurash va urushlar

Ustoz Hamd Tobib – Baytul Maqdis

Kurashlar va urushlar mavzusidagi yangi-yangi tuban manzaralar juda ko‘p va xilma-xil. Ularning barchasi olamda hukm surayotgan insonlar tomonidan o‘ylab topilgan sistemalar mafkurasidan kelib chiqqan. Insonlar tomonidan ishlab chiqilgan barcha sistema va dinlar hamda inson hayotini tartiblashtirish uchun o‘sha sistema va dinlar ustiga bino bo‘lgan qonun va qonunchiliklar, shubhasiz, yaroqsiz va nuqsonlidir. Zero, ular na aqlni qanoatlantiradi va na sog‘lom tabiatga mos keladi. Ularda birinchi navbatda to‘g‘rilik, qolaversa, keng qamrovlilik yo‘q. Bu tugab bitgan kommunistik sistemada va tugab borayotgan kapitalistik sistemada yaqqol ko‘rinadi. Ba’zi odamlar ayni sistemalarga mansub kishilarning ilmiy sohada qo‘lga kiritgan ixtiro va innovatsiyalari mavzusini insoniy jihat bilan aralashtirib yuboradilar. Masalan, amerikalik bir kapitalist tomonidan bir ajoyib narsa ixtiro qilinib, kashf etilganini va rivojlantirilganini ko‘rib, bunga qonunchilik va qonunlarni qiyolaydi. Aslida, bu xato qiyoslashdir. Bu ikki narsa o‘rtasida katta farq bor va ular o‘rtasida aslo yaqinlik yo‘q. Zero, ilm-fan va uning qonunlarini Alloh Azza va Jalla yaratgan bo‘lib, ularni moddada yashirin qilib qo‘ygan. Inson esa ularni joylashtirolmaydi, balki ularni kashf qiladi va topadi. Misol uchun, suv qonuni ikki kislorod atomidan va bitta vodorod atomidan iborat. Bu qonun Alloh yeru osonlarni yaratgan kundan beri o‘zgarmagan va almashmagan. Boshqa moddalardagi qonunlar ham shunday. Butun insu jin to‘plangan taqdirda ham suvning tuzilish qonunini aslo o‘zgartirolmaydi.

Ammo insoniy jihatga, ya’ni insoniyat hayotini tartibga soluvchi qonunlarga kelsak, Alloh Azza va Jalla bu qonunlarni moddaga joylamadi, balki bu qonunlarni faqat O‘ziga xos bo‘lishini afzal bilib, insonga ularni vahiy vositasida yetkazdi. Inson har qancha aqlan dono-daho bo‘lmasin, ushbu to‘g‘ri tuzumga o‘zi yetisholmaydi. Bunga insoniyatning o‘tmish tarixi bilan hozirgi voqeligi dalil. Insoniyat Odam alayhissalom zamonidan beri birorta to‘g‘ri tuzumga yo‘l topolmadi, faqat payg‘ambarlik vositasidagina yo‘l topdi. Payg‘ambarlik vositasisiz esa, insoniyat Quyosh va Yulduzga, toshu daraxtlarga sig‘inib keldi hamda kishi o‘z qizi yoki singlisiga uylanishi kabi qarindoshchilikning uzilishiga olib keladigan, o‘zining insoniyligiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan qonunlarni ishlab chiqdi. Bunga, shuningdek, insonlar bir-birlarining go‘shtini yeb, o‘ldirish va qon to‘kishdan chekinmaydigan, insonni xatti-harakatda tamoman hayvonga aylantirib qo‘yadigan qonunlarni ham misol qila olamiz. Biroq, ushbu mavzuimizga kelsak, u tuban sistemalar zamonidagi xalqaro kurash va urushlar haqida bo‘lib, biz unda bir necha jihatdan so‘z yuritamiz:

Birinchi jihat, bugungi kunda davlatlar o‘rtasida bo‘layotgan xalqaro kurash va mojarolarning, jumladan qirg‘inbarot urushlarning sabablari.

Zero, bu urushlar xonavayron qilish bilan hamda atom bombalari yoki ommaviy qirg‘in qurollarini ishga solish ehtimoli bilan o‘tmishdagi qo‘rquvni qayta olib kelib, butun olam tinchligini buzmoqda. Yaqin yoki uzoq o‘tmishda sodir bo‘layotgan bu kurashlar sabablari sotsializm va kapitalizm sistemalariga amal qilishdan kelib chiqdi. Chunki ikkala sistema ham moddani muqaddaslaydi va xalqlar bilan moddiy manfaat nuqtai nazaridan munosabatda bo‘ladi, hatto bitta yurt ichidagi xalq bilan ham. Qonunlar ishlab chiqish va ularga o‘zgartish kiritish yoki ularni almashtirish uchun aql erkin qo‘yilgan bo‘lib, bu to‘rt erkinlik nuqtai nazaridan hamda aql manfaati va tuban moddiy manfaatdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Ikkinchi jihat, yirik davlatlarning urush va dushmanlik harakatlari kabi xalqaro kurashlarni keltirib chiqarishdan maqsadlari moddiy manfaatlar va mustamlakachilik bilan bog‘liq boyliklardir.

Bu davlatlarning urushlari yangi-yangi va xilma-xil. Masalan, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari kabi o‘zlari bevosita ishtirok etgan urushlari, yoki Iroq va Afg‘oniston kabi o‘zlari zaif davlatlarga bevosita qilgan urushlari, yoxud Iroq-Eron, Yamanning ikki qismidagi, Sudan-Efiopiya, Armaniston-Ozarbayjon kabi o‘zlari parda ortida turib boshqargan urushlar, yoki hozirda bo‘layotgan Ukraina urushi va boshqa ko‘plab yangi-yangi urushlar. Bu urushlarning barchasidan maqsad mustamlakachilik bo‘lib, undan gegemonlikka va hukmronlikka erishish hamda boylik va bozorlarni qo‘lga kiritish maqsadida ta’sir doiralari ustida o‘zaro raqobatlashish ko‘zlangan.

Uchinchi jihat, ushbu tuban sistemalar paydo bo‘lganidan beri xalqaro kurashlar, ayniqsa, insoniyatga qarshi urushlar qanday oqibatlarni keltirib chiqarganligi hamda dunyoning ko‘plab mintaqalaridagi azob-uqubatlarda uning qanday gavdalanishi.

Ha, bu kurashlar xalqlarga harbiy mustamlaka, qirg‘in, vayronagarchilik va halokatdan boshqa narsa olib kelmadi. Bunga Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oqibatida yuzaga kelgan halok bo‘lganlar, mayib-majruhga aylanganlar va hokazolarni misol qilish mumkin. Shuningdek, bu Shom, Somali, Sudan va Yamanda bo‘lganidek qochqinlar, qashshoqlar va muhojirlar misolida ham namoyon bo‘ldi.

To‘rtinchi jihat, Ukraina urushi va uning ayni tuban sistemalar bilan bog‘liqligi.

Ukraina urushidagi maqsad kapitalistik davlatlarning, xususan, Amerikaning maqsadlari bilan chambarchas bog‘liq. Amerikaning maqsadiga kelsak, u o‘zining xalqaro ustunligini va dunyodagi gegemonligini saqlab qolmoqchi. Rossiya bilan Xitoy o‘rtasidagi mavjud ittifoqni o‘zining ayni gegemonligiga tahdid, deb bildi. Xitoyning iqtisodiy va harbiy qudratiga ham o‘z nufuzi va hukmronligiga xavf o‘laroq qaradi. O‘z qanoti ostidan qutulishga bo‘lgan Yevropaning intilishlarini ham o‘z hukmronligi va xalqaro yakkahokimligiga tahdid, deb hisobladi. Mana shu sabablardan kelib chiqib, Amerika ushbu yovuz urush piligini yoqib alanga oldirdi hamda urush olovi bir oz so‘ngani sari, qayta alangalatib turdi. Bu urush butun dunyoga iqtisodiy halokat olib keldi, Yevropa davlatlarida inflyatsiya va narxlarning oshishiga sabab bo‘ldi, millionlab ukrainaliklarni muhojirga aylantirdi va qirg‘inbarot qurollarning ishga solinishidan qo‘rquv va vahima paydo qildi.

Beshinchi jihat, bu urushning kelajagi qanday? Uning doirasi Amerikaning maqsadlarini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun kengayadimi, masalan, o‘tgan asr o‘rtalarida Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari kengaygani kabi yoki Koreya urushi va Vetnam urushi kabi?

Bu urushlarga nazar tashlagan inson shunga guvoh bo‘ladiki, ular Ukraina-Rossiya chegaralarida to‘xtab qolmaydi, aksincha, kengayishni boshladi. Amerika Tinch Okeani mintaqasi va Xitoy dengizida QUAD va AUKUS kabi Ittifoqlar sonini yanada ko‘paytirishga kirishdi. U hozir Ukraina urushiga qo‘shimcha bo‘lishi uchun Tayvandda Xitoyni provokatsiya qilyapti. Amerika bularning olamga qancha-qancha krizislar, halokatlar, qochqinlar va boshqa fojialarni olib kelayotganidan mutlaqo tashvish qilayotgani yo‘q.

Oltinchi jihat, bundan hayvoniy kurashlar sababli sodir bo‘layotgan halokat va vayronagarchilikdan qutulishning yo‘li qanday? Haqiqat shundaki, ushbu urushlarning natijalari tuban sistemalar bilan bog‘liq. Shu bois, to ushbu sistemalar hamda boshqa xalqlar bilan muomala qilishda ayni shu sistemalarni asos sifatida qabul qilgan davlatlar yo‘q qilinmaguncha bu urushlarning yovuzliklaridan qutulib bo‘lmaydi. Bashariyatning bu urushlardan qutulishining yo‘li to‘g‘ri ilohiy tuzumning hukmronligidan iborat. Chunki bu tuzum shunday bir rahm-shafqatli rabboniy minhojki, u insoniyatga dunyoviy manfaatlar ko‘zi bilan emas, balki qutqarish va hidoyat ko‘zi bilan qaraydi. Darhaqiqat, ushbu rabboniy minhoj yer yuzida taxminan 1300 yil hukmronlik qildi hamda uning izdoshlari unga dushman bo‘lgan kuchlariga qarshi ko‘plab urushlarga kirishdi.

Xo‘sh, bu minhoj mafkurasini yoyish tariqati qanday bo‘lgan? Fath etilgan yurtlardagi odamlarga qanday muomala qilgan? Uning maqsadlari nima edi? Insonlarga qanday ta’sir qilgan?

Gap shundaki, ushbu minhoj tariqati yurtlarni fath qilishda o‘z mabda-sistemasiga bog‘landi va rabboniy rahmat yoyishni maqsad qildi, xalqlar boyligini bir kun ham o‘ylamadi, ularga zulm qilmadi, vayronagarchilik va xarobalarga sabab bo‘lmadi, balki buni ko‘rgan insonlar Islomga to‘p-to‘p bo‘lib kirib keldilar. Bundan farqli o‘laroq, xalqlar mustamlakachilik yo‘lini norozilik va qarshilik bilan kutib olishdi va o‘z yurtlaridan uni chiqarib yuborish uchun urush qilishdi.

Bugun bo‘layotgan bu urushlar, xoh Ukrainada bo‘lsin, xoh boshqa yerlarda, ulardan qanday sabab va maqsadlar ko‘zlanganidan qat’iy nazar, yaqinda bu tuban tuzum va sistemalarning kuni bitishidan, ularning o‘rnini hidoyat, rahmat va marhamat tuzumi egallashidan darak bermoqda. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasidagi ushbu Islom tuzumi butun insoniyatga xayr-barakot va hidoyat sifatida ko‘tarib chiqiladi va u bilan bashariyat kapitalizm sistemasining halokatlari, baxtsizliklari va ochko‘zliklaridan qutuladi.

Roya gazetasining 2023 yil 1 mart chorshanba kungi 432-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.