Afrika hamda shiddatli xalqaro kurash

77
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Afrika hamda shiddatli xalqaro kurash

Doktor Abdulloh Nosir – Iordaniya viloyati

Koronavirus krizisi paytida fransuz shifokorlaridan biri axborot kanallaridan birida chiqish qilib, afrikalik xalqlarni pastga urib, ulardan nafratlangan holda, «bu virusni maskalar ham, davolash ham, intensiv terapiya ham bo‘lmagan Afrikada o‘rganmaymizmi, axir, SPIDga oid tadqiqotni ham o‘sha yerda olib borganmiz-ku?», degandi.

Bu Fransiya Afrika qit’asini mustamlaka qilishda foydalangan va odamlarni qul yoki laboratoriya sichqonlariga aylantirgan jirkanch mustamlakachilik qarashidir. O‘n oltinchi asr o‘rtalarida Afrikada Fransiya imperiyasi paydo bo‘lib, o‘ttiz yil davomida ushbu qora qit’aning yarmini qamrab olgach, bu vaqt davomida ko‘plab Afrika davlatlarini o‘ziga bog‘lab olishga, shu orqali boyliklarini talab, xalqlarini qul qilishga, fransuz tili va madaniyatini zulm va zo‘ravonlik bilan keng yoyishga muvaffaq bo‘ldi. Bu xalqlarga «o‘z hayotlarini o‘zlari idora qilolmaydigan va ishlarini tartib bilan boshqarishda oq tanlilarga muhtoj bo‘lgan qullar», degan e’tiborda qaradi, bundan boshqa e’tiborda emas.

Bu vahshiy qonli mustamlakachilik Fransiya uchun Afrika xalqlari xotirasida qora kunlarni abadiy muhrlab qo‘ydi. Bu qora kunlar odamlarni qul qilib sotish, qatli om qilish, boyliklarini talon-toroj etish va uy-joylarini vayron qilib, yoqib tashlashdan iborat bo‘ldi. Qit’ada Fransiyaning harbiy bazalar, diplomatik vakolatxonalar va faol kompaniyalari doxil richaglari bor. Bu richaglar shu paytga qadar Afrikaning prezident va bosh vazirlaridan 22 nafariga suiqasd qildi, shu bilan Fransiyaning manfaati ta’minlanishiga hissa qo‘shdi. Biroq, nufuz hududlari ustida Fransiya bilan Britaniya o‘rtasida kurash ketayotgan bir paytda, Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng dunyoga Amerika qudratli mustamlakachi sifatida chiqdi. Uning intilishlari, ayniqsa, Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, moddiy kuch va kuchli iqtisodiyotga egaligi tobe va malay davlatlarni yangi mustamlakachi tomon yuzlanishlariga sabab bo‘ldi. Bu esa mamlakatlar, jumladan Afrikadagi davlatlar ustidan o‘z nufuzini o‘rnatish uchun harbiy to‘ntarishlar yoki Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli isyonchi harakatlar orqali amalga oshdi.

O‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan boshlab Fransiya Amerikaning bosimlarini yengillashtirish uchun o‘z mustamlakasi ostidagi davlatlarga soxta mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. Chunki Amerika unga bosim qilib, eski mustamlakalari o‘rnini egallash uchun u yerdagi xalqlarni mustaqillikni talab qilishga gijgijladi. Biroq Fransiya bu mustaqil davlatlarni xavfsizlik, iqtisodiy va saqofiy sohalarda shartnomalar tuzish bilan o‘ziga bog‘lab olishga, o‘zining ixtiyor doirasida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. «Frankfoniya» (Fransuz tilida so‘zlashuvchi davlatlar tashkiloti) shartnomasi va «Frank KFA» (Fransiyaning Afrikadagi pul birligi) ittifoqi kabi. Fransiya, shuningdek, bu davlatlarni o‘z daromadlarining 85 foizini Fransiya Markaziy banki nazoratiga joylashtirishga majburlashga ham muvaffaq bo‘ldi.

Ammo shuni e’tibordan qochirmaslik kerakki, o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan boshlab va fransuz mustamlakasining muvaffaqiyatsizligi natijasida Fransiya Afrikaning ko‘plab mamlakatlaridagi qurolli qo‘zg‘olon harakatlariga qarshi tura olmadi, u yerdagi iqtisodiy, xavfsizlik va gumanitar vaziyatni nazoratdan chiqarib yubordi. Amerika esa o‘z nazoratini kuchaytirish hamda u yerlardagi qimmatbaho va kamyob metall boyliklarini yakka o‘zi talon-toroj qilish va Amerika bilan Jahon yetakchiligida raqobat qiluvchi muhim kuch bo‘lishga intilishlarini to‘xtatish uchun Fransiyani mustamlakalaridan chiqarib yuborishda jiddiy qadamlarni tashladi. Ayniqsa, bunga qadar Fransiya AQSHdan mustaqil Yevropa harbiy kuchini yaratish, NATO bilan hamkorlikni tugatish hamda yagona valyuta orqali Yevropaning iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash zarurligini ochiq aytib kelayotgan edi. Fransiyaning bu va boshqa xatti-harakatlari u bilan AQSH o‘rtasidagi kurashni alanga olishiga va bir necha Afrika davlatlari va xalqlarining ayni olovning yoqilg‘isiga aylanishiga sabab bo‘ldi.

Amerika Mali, Burkina-Faso kabi bir necha Afrika davlatlaridan Fransiya nufuzini siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ishda xalq noroziligi va ulardagi ozodlik istaklaridan foydalanib, hurriyatga erishish, inson huquqlarini himoya qilish kabi uning quruq-puch gaplariga ishongan va yurtu fuqaro ustidan AQSHning hukmron bo‘lishiga rozi bo‘lgan ongsiz va farosatsiz ruvaybizalarni ishga soldi.

Bir tarafda AQSH, ikkinchi tarafda eski mustamlakachilar bo‘lmish Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi bu kurash butun Afrika bo‘ylab avj olmoqda. Bu davlatlar garchi u yerdagi biror davlatni bevosita bosib olgan bo‘lmasalar-da, biroq davlatdagi siyosiy, harbiy, iqtisodiy, saqofiy, axborot va boshqa turli nozik va muhim sohalarda o‘z nufuzini yoyishni malaylar qo‘li bilan amalga oshirishga harakat qilishmoqda. Bu malaylar mamlakat uchun eng xavfli kimsalar bo‘lib, bosqinchi armiyadan ham xatarlidirlar. Chunki bosqinchi barcha diqqatini mana shu malaylarga qaratib, o‘shalarning ortiga yashirinadi ham o‘z manfaatlarini ularning vositasida amalga oshiradi, o‘ziga qarshi hujumlarda ham shu malaylardan qalqon sifatida foydalanadi. Alloh Taolo aytadi:

هُمُ الْعَدُوُّ فَاحْذَرْهُمْ قَاتَلَهُمُ اللَّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ

«Ulardan ehtiyot bo‘ling! Ularga Allohning la’nati bo‘lsin! Qanday adashmoqdalar-a!» [Munofiqun 4]

O‘tmish va hozirdagi mustamlakachilikning mohiyati mana shu. O‘tgan asrning elliginchi yillarida prezident Sharl de Goll aytganidek, ilgari Fransiya Afrika o‘pkasi bilan nafas olib kelgan. Bugungi kunda esa, yangi mustamlakachilik uchun imkoniyat tug‘ilyapti. Ya’ni siyosiy ahmoqligi tufayli Rossiya kabi boshqa o‘yinchilarning xalqaro sahnada o‘z o‘rniga ega bo‘lish umidida ko‘plab Afrika davlatlarida Amerikaga xizmat qilishlari uchun sahna tayyorlanmoqda. Iqtisodiy ta’sirini kuchaytirishga intilayotgan Xitoy esa, agar unda ham xalqaro pozitsiyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatishga bo‘lgan intilish bo‘lsa, keyinchalik u ham AQSH manfaatiga xizmat qiladi. Shunga qaramay, Xitoyning bu nufuzi eski mustamlakachining roziligi bilan, undan «zora ayni mintaqadagi kurashni yengillatar», degan ilinjda bo‘ladi. Ustiga-ustak, Yevropa davlatlari o‘rtasida ham ayni yurtlarning boyliklarini talon-toroj qilish va fuqarolarini qul qilish ustida kurash ham bor. Bu Alloh Taoloning ushbu kalomining tasdiqidir:

تَحْسَبُهُمْ جَمِيعاً وَقُلُوبُهُمْ شَتَّى ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْقِلُونَ

«Ularni bir deb hisoblaysiz-u, (ammo) dillari xilma-xildir. Bunga sabab, ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir» [Hashr 14]

Arzongarov kimsalarni sotib olish oson. Chunki ular azbaroyi o‘z yurtlari va fuqarolari hisobiga bo‘lsa ham hokimiyatga chiqish va mansab egallash uchun u yoki bu mustamlakachi bilan hamkorlik qilishga doim tayyor turishadi. Bu davlatlar mustaqil bo‘lish yo‘lini bilishmaydi va hokimiyatga chiqib, u yerda qolish uchun har doim xorijiy yordamni qidirishadi. Oralarida mustaqil aql va fikr, iroda sohiblari yo‘q. Yurtni qanday idora qilish va xorij kuchlarisiz uni qanday rivojlantirish mumkinligini biladigan ongli mabdaiy shaxslar topilmaydi.

Bugungi kunda musulmon yurtlari boshiga tushgan musibat, mansab kursisini o‘z yurtlari va xalqlaridan afzal ko‘rayotgan malay hukmdorlardir! Demak, musulmonlar zimmasiga o‘z yurtlaridagi mustamlakachilarni mana shunday qo‘g‘irchoqlari bilan qo‘shib yo‘q qilish uchun rostgo‘ylik va xolislik bilan harakat qilib, islomiy hayotni qayta boshlash vazifasi tushmoqda. Ana shunda, xuddi Hakim Aziz zot o‘zining Qur’oni Karimidagi muhkam oyatida

كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ

«(Ey ummati Muhammad), Sizlar odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero, sizlar ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz» [Oli Imron 110]

deya marhamat qilganidek, Islom Ummati qayta sobiq makonini egallaydi.

Armiya safidagi farzandlarimiz va og‘a-inilarimizdan iborat kuch-qudrat ahli zimmasiga hozirgi mustamlakachilar bir-birlari bilan ovora bo‘lib turgan rabboniy fursatni g‘animat bilish vazifasi tushmoqda. Ular bu fursatdan foydalanib, egnilaridan ruvaybiza rahbarlarni mudofaa qilish chang-g‘uborini qoqib tashlamoqlari lozim. Ummatlari atrofiga birlashib, ularning qullikdan qutulish intilishlarini qo‘llab-quvvatlamoqlari, Hizb ut-Tahrir a’zolari bilan birgalikda zafar loyihasini ko‘tarib chiqmoqlari hamda ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning yetakchiligidagi ushbu loyihaga nusrat berishlari lozim. Shoyad, Allohning izni ila, bu dunyo va oxiratda Allohning rizosiga noil bo‘lsalar.

Roya gazetasining 2023 yil 8 mart chorshanba kungi 433-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.