Yevropa Ittifoqining Sudandagi missiyasi G‘arb fikrlari va tushunchalari bilan sug‘orilgan malaylarni kasb qilish bilan shug‘ullanadi

36
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yevropa Ittifoqining Sudandagi missiyasi G‘arb fikrlari va tushunchalari bilan sug‘orilgan malaylarni kasb qilish bilan shug‘ullanadi

Yevropa Ittifoqining Xartumdagi missiyasi 15 million yevrolik paket taqdim etilganini, shundan 5 millioni demokratlashtirish va tinchlik yo‘lida faoliyat qilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilganini bildirdi. Missiya Sudandan xotin-qizlar huquqlariga nisbatan sodiqligini CEDAW konvensiyasini imzolash orqali ko‘rsatishini talab qilgan.

Bu xususda Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notig‘i Ibrohim Usmon (Abu Xalil) matbuot bayonoti nashr qilib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Yevropa Ittifoqining barcha missiyalari mustamlakachilik muassasalari bo‘lib, ular Sudan va boshqa islomiy yurtlarda G‘arbning fikr va tushunchalari bilan sug‘orilgan malaylarni kasb qilish bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun mustamlakachilar yoshlarga, ayniqsa, ayollarga diqqat qaratishmoqda. Chunki o‘zgarish yasashga undovchi kuch yoshlardir. Ular yurtimizga yanada qattiq chang solish va yoshlarni haqiqiy o‘zgartirishdan uzoqlashtirish yo‘lida astoydil harakat qilib, ularning to‘g‘ri yo‘ldan ozishlari va G‘arbning zalolat yo‘lidan yurishlari uchun yirik pullar sarflashmoqda… Bu ishda mustamlakachilarga ruvaybiza hukmdorlar yordam beryapti. Dollar va yevro uchun dinlarini sotgan bu hukmdorlar bu kabi missiyalarga Ummatning yoshlari va ayollarini manipulyatsiya qilishlari uchun yurt darvozalarini lang ochib berishyapti…

Yomon niyatli bu missiya Sudan hukumatidan fahsh va buzuqlikka chaqiruvchi CEDAW konvensiyasini imzolash va unga amal qilishni talab qilyapti. Bu konveyetsiya xuddi G‘arbdagi oilalar buzilib-parchalangani kabi musulmon oilalarni ham buzish va parchalashga qaratilgan. U, shuningdek, yoshlarga pul bermoqda va shu orqali ularni G‘arb tizimiga asir qilib, G‘arbning dinni hayotdan ajratuvchi aqidasini qabul qilishlarini, Islomdan voz kechishlarini, kelajakda yurtning mana shunday rahbarlariga aylanishlarini istayapti. Biroq Alloh Taolo quyidagi kalomida aytgani kabi, ular hargiz bu niyatiga yetolmaydilar:

﴿إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ لِيَصُدُّوا عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ فَسَيُنْفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ وَالَّذِينَ كَفَرُوا إِلَى جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ﴾

«Albatta, kofirlar mol-dunyolarini Allohning yo‘lidan to‘sish uchun sarflaydilar. Bas, uni sarflaydilar-u, so‘ngra o‘sha (mollari) o‘zlariga hasrat bo‘lur, so‘ngra mag‘lub bo‘lurlar. Kofir bo‘lgan kimsalar jahannamga to‘planurlar»   [Anfol 36]

Roya gazetasining 2022 yil 28 dekabr chorshanba kungi 423-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.