Yahudiy vujudi krizisga botib, o‘rgimchak to‘ridan ham zaif ahvolga yetdi!

82
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiy vujudi krizisga botib, o‘rgimchak to‘ridan ham zaif ahvolga yetdi!

Doktor Ibrohim Tamimiy

«Biz ichkaridan yo‘q qilish bilan tahdid qilayotgan tarixiy krizisdamiz. Biz Isroil davlati boshdan kechirgan eng og‘ir damlarning birida turibmiz. Bu ulkan milliy xavf ekanini ich-ichimizdan bilamiz… Isroil armiyasi bizning armiyamiz, u bizni mudofaa qilyapti, u biz uchun hayotiy muhimdir… Umid qilamizki, bu armiya muhokamadan chetda qoladi». Bu yahudiylar prezidenti Itsxak Gersogning yahudiy vujudi boshdan kechirayotgan ichki krizisga bergan bahosi. Bu so‘zlarni u Milliy hokimiyat organlarining 100 nafar rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tgan favqulodda yig‘ilishida aytdi.

Bu so‘zlar yahudiylar rahbarlarining «yurt»lari ichkarisida bo‘layotgan ishlardan naqadar xavfsirashayotganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, garchi Gersog xavfli siyosiy va iqtisodiy oqibatlardan darak berayotgan hozirgi krizisdan chiqish uchun Netanyaxu yetakchiligidagi hukmron koalitsiya bilan Lapid yetakchiligidagi muxolafat va uning sheriklari doxil ikki lagerni bir stolga o‘tirgizib, muzokaraga majbur qilishiga ishonayotgan esa-da, biroq aytgan bu so‘zlarining o‘z real voqeligi bor. Zero, bu voqelik yahudiylarning soxta vujudining birligiga tahdid soluvchi dahshatli tushga aylandi. Aslida, ayni vujudning g‘ayritabiiy va anomal borlig‘i, hech qanday ichki krizisga bardosh berolmaydi. Ammo hozirdagi krizisni qanday ko‘tara oladi, tasavvur qilavering?! Chunki bu krizis zo‘rayib, uning harbiy muassasasi faoliyatini tanazzulga yaqinlashtirib qo‘ydi va xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisod kabi barcha sohalar to‘liq falaj ahvolga keldi. Bir tomonda hukumatga qarshi namoyishchilar, ikkinchi tomonda uni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar esa xalq darajasidagi to‘qnashuvlar yoki fuqarolik urushi bilan tahdid solmoqda! Shunday bir vaziyatda Gersogning bu bayonoti voqelikda o‘z isbotini topib, uni ham, boshqa yahudiy rahbarini ham halovatini buzayotgani tabiiy.

Misli ko‘rilmagan, deya ta’riflangan norozilik namoyishlari va muassasalardagi isyon yahudiy vujudi tashqarisida, ayniqsa, yirik davlatlardan iborat ittifoqchilari va atrofdagi rejimlar o‘rtasida aks-sado bera boshlagan siyosiy krizisni tashkil qildi. Ularning ba’zilari ayni vujud taqdiridan xavotir bildirayotgan bo‘lsa, boshqalari yangi hukumat davrida uning hoziri va kelajagiga xavf solayotgan oqibatlaridan ogohlantirdi.

Biz bo‘layotgan ishlarga to‘xtalayotgan ekanmiz, bu bosqinchi vujudning ichki ishlari diqqat qaratadigan narsa emasligini, chunki u tom ma’noda bosqinchi vujud ekanligini ham unutmaymiz. Biroq, bu vujud ichida bo‘layotgan ishlarga biz uning naqadar zaifligini ko‘rsatib berish maqsadida to‘xtalyapmiz. Chunki ba’zilar uni kuchli davlat deb tasavvur qiladi. Ammo aslida u har tomonlama juda zaif vujuddir.

Nima bo‘layotganini tezroq tushunish uchun yahudiy vujudi ichkarisida ikki qismdan iborat bo‘linish borligini ta’kidlamoqchimiz:

Birinchi qism xalq darajasida. Hozirda odamlar ikki lagerga bo‘lingan. Biri o‘ng qanot partiyalarni va diniy o‘ng qanotni o‘z ichiga olgan o‘ng qanot lageri. Bu lagerdagilar diniy va siyosiy yo‘nalishni, hatto gomoseksualizmni, jinsini o‘zgartirishni va to‘liq axloqiy tanazzulni qoralovchi yahudiy jamoasi qadriyatlarini ifodalashadi. Ikkinchi lagerdagilar o‘ng qanotdagilar, markaziy qanotdagilar va so‘l qanotdagilar, xususan liberallardan aralash bo‘lib, ular siyosiy va liberal yo‘nalishlarini, demokratik jamiyat qadriyatlarini, gomoseksuallarning huquqlarini va boshqalarni ifodalashadi. Ularning fikricha, birinchi lager mavjud demokratik liberal davlatni diniy diktator davlatga o‘zgartirmoqchi va bu totalitar davlat ikkinchi lager bilan kelisholmay, uni yo‘q qiladi. Birinchi lagerning fikricha esa, ikkinchi lagerdagilar yahudiylarning Falastinni barcha yerini egallash loyihalariga va ma’bad qurilishiga qarshilik qilmoqdalar.

Demak,ko‘z o‘ngimizda yahudiy xalqi darajasida bo‘linish bor va bu yanada kengayishda davom etadi. Buni faqat adliya tizimidagi o‘zgarishlargagina qarshi bo‘lmay, balki o‘ng qanot lageri yo‘nalishiga ham qarshilik qilayotgan keng miqyosdagi norozilik namoyishlari ko‘rsatib turibdi.

Ikkinchi qism siyosiy doira darajasida. Ulardan bir toifasining fikricha, yahudiylarning Falastindagi orzularini o‘z ichiga olgan loyiha va rejalarni amalga oshirish vaqti keldi, bu ishda ayni siyosiy doiradagilarning o‘zlari qaror bera olishadi, Amerika ma’muriyatidan yashil chiroq yoqilishiga muhtoj emaslar, uning mintaqani tinchlantirishga oid istaklari ham, mojaroni hal etish uchun siyosiy qarashlari ham qiziqtirmaydi. Bu Ben-Gvirning «biz Amerika bayrog‘idagi qo‘shimcha yulduz emasmiz», degan so‘zlarida o‘z ifodasini topdi. Yana bir toifasi borki, ular Amerika bilan kelishib harakat qilish, uning siyosati bilan uyg‘un siyosat olib borib, uning do‘stligini qozonish va mojaroga barham berishga oid istagidan foydalanish yahudiy vujudining manfaatlariga xizmat qiladi, degan fikrdalar.

Shunday qilib, bu xalq ichkaridan bo‘lindi, rasmiy doiralar ham o‘z «davlat»lari manfaati va ularni amalga oshirishda qo‘llanadigan uslub va vositalar va munosib vaqt borasida ikkiga bo‘linishdi. Ba’zilari tavrotdagi «va’da»dan mast bo‘lib harakat qilayotgan bo‘lsa, ba’zilari Amerika ko‘rsatmalari bo‘yicha harakat qilyapti. Bu esa, yahudiy vujudining naqadar zaif va nimjonligini, ichki birdamlikdan ham, tashqi siyosat birligidan ham mahrumligini ko‘rsatmoqda. Hammasidan ham muhimi, bu vujud Amerikaga jismonan qattiq bog‘lanib qolgan bo‘lib, o‘zicha mustaqil vujud emas. Agar undan bu himoya uzib qo‘yilsa, yiqiladi va tugaydi, shuning uchun ham u o‘rgimchak to‘ridan ham zaif vujuddir.

Lekin, yahudiy vujudidagi bu zaiflikka qaramay, bo‘layotgan ishlar uning tugashidan va o‘z-o‘zidan vayron bo‘lishidan darak bermoqda, demaslik kerak. Chunki uning ichida bo‘layotgan mojaro va uning oqibatidagi bo‘linishlar bitta doira ichida qoladi, tashqariga chiqmaydi. Chunki barcha yahudiy partiyalari, Amerika, yirik davlatlar va ularning malaylari bu bosqinchining Ummat tanasida saraton bo‘lib turishi borasida bir xil fikrda. Misol uchun, Amerika Netanyaxuning tizginini tortib qo‘yishni va uning rejasini bekor qilishni istayapti. Chunki Amerikaning fikricha bu reja mintaqani alangalatadi va yahudiylarning o‘ziga xavf tug‘diradi. Shuning uchun ham u norozilik namoyishlarini va muxolafat partiyalarni qo‘llab-quvvatladi va bu ayni harakatlarga kuch berdi. Aytgancha, Amerika demokratiya tarafdori emas, bu uning iddaosi, xolos. Balki u adliya tizimiga o‘zgartish kiritish ishining amalga oshmasligini istaydi. Chunki bu Netanyaxuning ayblovdan qutulib qolishiga olib kelibgina qolmay, hatto u yerda anneksiya va Aqso masjidi bilan bog‘liq siyosiy oqibatlarga ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham, Netanyaxu o‘z fikridan sal ortga tisarilishi bilanoq, Amerika uni olqishladi va muzokaraga chaqirdi. Chunki u xalqning saylangan hukumatni kuch bilan ag‘darish talabi fuqarolar urushiga yoki jiddiy krizisga olib kelishi mumkinligini tushunadi.

Shu sababdan hozirgi o‘yin har qancha xavfli bo‘lsa-da, ammo jilovlanganicha qoladi va yahudiy bosqinchining mavjud bo‘lib turishiga xavf tug‘dirmaydi. Uning mavjud bo‘lib turishiga birdan-bir real xavf esa, Islom Ummati va uning armiyalaridir, ichkarida bo‘layotgan ishlar emas.

Xulosa: Dushmanning ichkaridan yiqilishini kutish xato, zaiflik va taslim bo‘lishdir, hatto u qalqib-tebranayotgan bo‘lsa ham. Bil’aks, uning zaifligi qayerda yashiringanini ongli ravishda tushunib yetish va buni Falastin masalasi sohiblariga turtki bo‘lsin uchun ochib berish kerak. Ushbu sohiblardan murod Islom Ummatidir. Toki, u ayni masalani har tomonlama hal etib yopib tashlasin va bu vujudning kulini ko‘kka sovursin. Guvoh bo‘layotganimiz bu ishlar bizga Alloh Taoloning

لَا يُقَاتِلُونَكُمْ جَمِيعاً إِلَّا فِي قُرًى مُّحَصَّنَةٍ أَوْ مِن وَرَاءِ جُدُرٍ بَأْسُهُم بَيْنَهُمْ شَدِيدٌ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعاً وَقُلُوبُهُمْ شَتَّى ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْقِلُونَ

«Ular (yahudiylar) sizlarga qarshi birlashgan hollarida jang qila olmaslar, balki faqat qal’a-qo‘rg‘onli qishloqlar ichida yoki devorlar ortidagina (berkinib jang qila olurlar), (ya’ni hech qachon sizlarga qarshi ochiq jangga chiqa olmaslar). Ular o‘z o‘rtalarida kuchli-quvvatlidirlar, (ya’ni, jang-jadal bo‘lmasdan turib o‘zaro kuch-qudratli ekanliklari haqida lof uraveradilar, ammo jang paytida ojiz-qo‘rqoqdirlar). (Og‘izlaridagi so‘zlaridan) ularni bir deb hisoblaysiz-u, (ammo) dillari xilma-xildir. Bunga sabab, ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir» [Hashr 14]

degan kalomini xotirlatmoqda. Biz intiqlik bilan kutayotgan va Ummat va qo‘shinlarini uni bajarishga chaqirayotgan narsa Alloh Taoloning ushbu kalomida mujassamdir.

فَإِذَا جَاءَ وَعْدُ الْآخِرَةِ لِيَسُوءُوا وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُوا الْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُوا مَا عَلَوْا تَتْبِيراً

«Bas, qachon keyingi (buzg‘unchilikning) vaqti-soati kelganida, (ular yana) yuzlaringizni qaro qilishlari, avvalgi safar kirganlari kabi Masjidul (Aqso)ga kirishlari uchun hamda o‘zlari egallab olgan (barcha) yerlarni vayron etishlari uchun (yana dushmanlaringizni sizlarning ustingizga yuborurmiz)» [Isro 7]

Alloh Taolodan buni yaqin qilishini so‘rab qolamiz.

Roya gazetasining 2023 yil 5 aprel chorshanba kungi 437-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.