Erdog‘an iftorlik dasturida Turkiyaning yangi yuz yili haqida so‘z yuritdi

253
0

Erdog‘an iftorlik dasturida Turkiyaning yangi yuz yili haqida so‘z yuritdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an prezidentlik akademiyasi ko‘rgazmalar zalida zilziladan jabr ko‘rganlarga iftorlik dasturi tashkil qildi. 27 nafar davlat deputatlari ham ishtirok etgan dasturda nutq so‘zlagan Erdog‘an ushbu iftorlik dasturi 85 millionlik Turkiya xalqining birdamligi va hamjihatligining ramzi ekanligiga ishonishini bildirdi.

Prezident Erdog‘an nutqi davomida, olti asr hukm surgan Usmonli davlati tarix sahnasidan chekinishi ortidan tashkil etilgan Turkiya davlati “jumhuriyat”ning birinchi yuz yilini ortda qoldirganini ta’kidlar ekan, so‘zlarini shunday davom ettirdi: “Jumhuriyatimizning birinchi yuz yili yuksalish va pasayishlar bilan o‘tdi. Biz bir partiyalilik davridan ko‘p partiyaviy siyosiy hayotga o‘tishni, undan keyingi to‘ntarishlarni, qator memorandumlarni, demokratiya va taraqqiyotga intilishlarni, iqtisodiy qiyinchiliklar va terror xurujlarini boshdan kechirdik. Bugun biz jumhuriyatning birinchi yuz yilini ortda qoldirmoqdamiz. Ammo bu – bundan so‘ng intilayotganimiz jumhuriyatimizning yangi ikkinchi yuz yili uchun qo‘yilayotgan birinchi qadamdir. Bugungi kungacha “2023 yil”gi maqsadlarimizga yetish uchun oldinga intildik. Bundan buyon Turkiyaning yangi yuz yili sari olg‘a qadam tashlaymiz”, “hech qanday to‘siq bu yuksalishning oldini olishiga va bizni to‘xtatib qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Kelgusi davrda mamlakatimizni dunyoning iqtisodiyoti eng kuchli 10talik davlatlar qatoriga kiritish maqsadimiz sari Allohning izni bilan dadil va olg‘a qadamlar tashlaymiz”.

Izoh: Prezident Erdog‘an bugungi kungacha mohirlik bilan amalga oshirib kelgan “Turkiyadagi musulmonlarning qo‘ynini puch yong‘oq bilan to‘ldirish” ishini endilikda tez-tez tilga olayotgan “Turkiyaning yangi 100 yilligi” shiori bilan davom ettirmoqchi bo‘lyapti. Aslini olib qaralganda, Xalifalik davlati qulatilib, Turkiya “jumhuriyat”, deb e’lon qilingandan buyon nafaqat Turkiyadagi musulmonlar, balki butun dunyodagi musulmonlarning boshiga kelmagan balo qolmadi. Mana yuz yildirki, Islom olami qashshoqlik, jaholat, zaiflik, qoloqlik, ijtimoiy tanazzul va g‘arbga qaramlik kabi illatlar girdobida qolib ketmoqda. Vaholangki, Islom sivilizatsiyasi asrlar mobaynida dunyoni nurga to‘ldirgan va o‘zi hukmronlik qilgan yurtlarni rivojlantirib, ilm-fan va madaniyatning keng tarqalishiga sababchi bo‘lgan edi. Bugungi kunda xalifalik davlati eshik qoqib turgan bir paytda, Erdog‘anning “Turkiyaning yangi 100 yilligi” deya jar solishi xo‘jayinlarining manfaatidan kelib chiqqan holda o‘z mansabini saqlab qolish uchun Ummatni qurbon qilishdan o‘zga narsa emas.

Ammo bu Islom Ummatiga qarshi qilinayotgan bunday harakatlar insha Alloh puchga chaqadi. Chunki bu Ummat kundan kunga tobora uyg‘onib, o‘zligini tanib bormoqda. Adolat ko‘zi bilan qaragan kishi Islom Ummatining ko‘zi anchagina ochilib qolganini ko‘rishi mumkin. U yana 100 yil jaholat va razolat uzra tentirab yurishga aslo rozi bo‘lmaydi. Masalan Suriyada 10 yildan ortiq qirg‘inga duchor bo‘lsa ham, bu Ummat yana Shariat bilan yashashni talab qilib chiqishda davom etmoqda. Xalifalik davlati soyasida hayot kechirish orzusi Ummatning tiliga ko‘chib o‘tdi. Bu va bunga o‘xshash holatlar hamda g‘arbning siyosiy Islomning uyg‘onishi xataridan tinimsiz ogohlantirishlari Islom Ummatining o‘zligini tanib borayotganligiga yorqin dalildir.

Faqat shuni anglab yetmog‘imiz lozimki, Islom Ummatining azizligini qayta tiklash Islomning o‘ziga xos yagona boshqaruv tizimi bo‘lgan Xalifalik davlatini tiklash bilangina amalga oshadi. Demak, musulmonlarning oldida turgan eng muhim vazifa Ummatga yana hayotiyligini qaytaradigan mana shu Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilishdir.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.