Qirg‘iziston va Rossiya qo‘shma havo mudofaa tizimini tashkil etmoqda  

92
0

Qirg‘iziston va Rossiya qo‘shma havo mudofaa tizimini tashkil etmoqda  

 Xabar: Qirg‘iziston va Rossiya qo‘shma mintaqaviy havo mudofaasi tizimini yaratishi mumkin. Rossiya hukumati saytida e’lon qilingan xabarda aytilishicha, yagona havo mudofaasi tizimini yaratish bo‘yicha kelishuv tasdiqlash uchun prezident Vladimir Putinga taqdim etilgan.

 Qirg‘iziston va Rossiya birgalikda havo mudofaa tizimini yaratish haqidagi kelishuvni 2022 yil 16 avgustda imzolagan edi. Shundan so‘ng Rossiya prezidenti tegishli tuzilmalarga Qirg‘iziston tomoni bilan muzokaralarni boshlash bo‘yicha topshiriq bergan.

 Kelishuv kuchga kirsa, uning muddati davomida Qirg‘iziston Rossiyaga havo mudofaasi tizimiga ajratilgan qo‘shinlarini joylashtirish uchun 5 gektar yer uchastkasini tekinga beradi.

 2021 yilda xuddi shunday kelishuv Rossiya va Tojikiston tomonidan ratifikatsiya qilingan edi.

 Izoh: Jogorku Keneshning Xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi 2020-yil 9-iyunda Rossiyaning Qant shahridagi aviabazasi bo‘yicha shartnomaning ayrim bandlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasini tasdiqlagan edi. Mazkur qonun loyihasida Qantdagi harbiy aviabazaning samolyotlar uchib-qo‘nish maydonchasini Rossiya ta’mirlashi va bu hudud Rossiya mulki sifatida e’tirof etilishi ta’kidlangan.

 2022-yil dekabr oyida esa Qirg‘iziston parlamentining budjet, iqtisodiyot va fiskal siyosat bo‘yicha qo‘mitasi Bishkekdagi ikkita binoni ikki tomonlama kelishuv asosida Rossiya federal chegara xizmatiga 49 yilga ijaraga berishga rozi bo‘ldi. Ammo, Rossiya tomoni binolarni ijaraga olish o‘rniga sotib olish taklifi bilan chiqdi. Qirg‘iz qonunchiligida ko‘chmas mulk sotib olishda qonuniy to‘siqlar yo‘qligi iddaosi bilan mazkur binolarni sotish va binoga tutash yer uchastkasini 49 yilga ijaraga beriladigan bo‘ldi. Bishkekning Jibek Jolu va Kurongkeyev ko‘chalarida joylashgan va Rossiya tomonidan sotib olinadigan binoning umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan oshadi. Bino sotilganidan so‘ng u Rossiya davlat mulkiga aylanadi. Bundan tashqari, Rossiyaning Issiqko‘lda sinov bazasi, seysmostansiya va RF HDF (harbiy-dengiz floti)ning uzoq aloqa tarmog‘i ham faoliyat olib boradi va qirg‘iz hukumati ularning faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas… Agar Qirg‘iziston va Rossiya qo‘shma havo mudofaasi tizimi tashkil etiladigan bo‘lsa, tabbiyki, yer qirg‘iz hukumatidan, jihoz va mutaxassislar esa – mutaxassis niqobi ostidagi josuslar ham – Rossiyadan olib kelinadi. Tizim joylashadigan yer ham Rossiya mulkiga o‘tkazib beriladi. Mana shunda nafaqat yer, balki Qirg‘iziston havo kengliklari ham to‘liq Rossiya nazorati ostiga o‘tib ketadi. Rahbarlarimiz biz “mustaqilmiz” deb ko‘kraklariga urib, yerlar “vaqtinchalik ijaraga” berilgani, belgilangan muddat tugaganidan keyin chiqib ketishini aytib xalqni aldashdan charchashmaydi.

 Shar’iy jihatdan, islomiy yurtlarda xorij maxsus xizmatlarining josuslik va qo‘poruvchilik qilishi, daxlsizlikni buzib, xoinlar sotib olish bilan shug‘ullanadigan inlar qurishiga yo‘l qo‘yishlik joiz emas. Mustamlakachi davlatlar bosib, egallab olgan yerlarini hech qachon o‘z ixtiyorlari bilan tashlab chiqib ketishmaydi. Ularni faqat o‘zidan qudratli bo‘lgan boshqa bir kuchgina majburlab chiqarib yubora oladi. Allohning izni bilan tez kunlarda qayta barpo bo‘ladigan Islom davlati amalda urush holatida bo‘lgan mustamlakachi davlatlar uchun elchixonalar ochishga, mamlakatda biror bir davlatning harbiy bazasi bo‘lishiga, mustamlakachi davlat harbiylari mamlakatda emin-erkin izg‘ib yurishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.