Nima uchun mustamlakachi kofirlar Hizb ut-Tahrirdan qo‘rqishyapti?

224
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Nima uchun mustamlakachi kofirlar Hizb ut-Tahrirdan qo‘rqishyapti?

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati o‘tkazgan o‘n ikkinchi yillik Xalifalik konferensiyasi qoralash va tanqidlar bo‘ronini keltirib chiqardi. Bu qoralashlar hamon davom etmoqda. Hizbga tuhmat qilish, unga mansub bo‘lmagan narsalarni unga yopishtirish va qasddan obro‘siga putur yetkazishga urunishdan iborat ushbu qoralov kampaniyasini Xalifalik chaqirig‘ini inkor etayotgan va zamonaviy fuqarolik boshqaruviga ko‘z yosh to‘kayotgan ilmoniylar qo‘zg‘adi. Ahmoqliklari shu darajaga yetdiki, Tunis rejimini Hizb a’zolariga hamda uning muayyid va ansorlariga qarshi gijgijlab, hatto Hizb ut-Tahrirning tarqatilishini talab qiladigan bo‘lishdi. Hizbga qarshi kampaniya yetakchiligini ommaviy axborot vositalari hamda «fuqaroviy hamjamiyat»ning ayrim tashkilotlari qo‘lga olishdi… Zotan, «fuqarolik jamiyati»ning mustamlakachilar bilan fikriy va jismoniy jihatdan aloqa qilishi sir emas. Sistematik ravishda olib borilayotgan bu kampaniyada dialog minbarlari ularning xizmatiga berildi, matbuot ruknlari, sarlavhalari va bosh maqolalar ular uchun ochib qo‘yildi.

Nega Hizbga qarshi tashviqot qilinmoqda? Axir, ilmoniylarning o‘zlari fikr va so‘z erkinligini da’vo qilishmaganmi?! Ilgari – har qanday fikr sohibi agar zo‘ravonlik qo‘llamasa yoki zo‘ravonlikka chaqirmasa, uning fikri rad etilmaydi, deyishmaganmidi?! Hizbning zo‘ravonlik qo‘llamasligiga va unga chaqirmasligiga o‘zlari guvoh bo‘lishmaganmi?! Bas, nega unga va u chaqirayotgan Xalifalikka qarshi gijgijlash kampaniyasini boshlashdi?! Nega politsiyani Hizb a’zolariga dushman qilishga urinishyapti?! Nega yillik Xalifalik konferensiyasini taqiqlashga urinishdi?!

Ular – Fuqarolik va Respublika boshqaruviga va qadriyatlariga Xalifalik zid keladi, zamonaviy davlatga xavf tug‘diradi, deyishdi va Xalifalikdan qo‘rqayotganliklarini ochiq ko‘rsatishdi.

Xalifalik xavflimi? Kimlar Xalifalikdan qo‘rqyapti?

Xalifalik – Islom boshqaruvidir. Xalifalik bilan xuddi Rosululloh ﷺ birinchi g‘ishtini qo‘yib boshlaganlari kabi islomiy hayot boshlanadi. U butun insoniyatni qutqaruvchi davlatdir. Xalifalikning farz ekanligiga butun Ummat ulamolari ittifoq qilganlar va ulardan hech kim bunga qarshi fikr bildirmagan. Mudom, Xalifalik Islomni hayotda gavdalantirishning yo‘li ekan, mudom, tunisliklar musulmon ekan, Xalifalik musulmonlar uchun xavf tug‘diradimi?

Albatta yo‘q!

Tunisdagi jamoatchilik fikri Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritilishini qattiq qo‘llab-quvvatlamoqda. Tunisning qayeriga bormang va kimdan Alloh nozil qilgan ahkomlar haqida so‘ramang, hargiz salbiy javob olmaysiz. Aksincha, odil islomiy shariat hukm suradigan kunni Allohdan so‘rab duo qilishlariga guvoh bo‘lasiz. Ushbu so‘zlarimizning kuchliligini va bu shunchaki orzu emasligini isbotlovchi dalil shundan iboratki, ilmoniylar va kommunistlar (ayniqsa qo‘zg‘olon boshlangan paytda) Islomga qarshi dumanliklarini ochiqdan-ochiq ko‘rsatolmay qolishdi. Chunki kimning Islomga, hatto uning biror hukmiga qarshiligi ma’lum bo‘lib qolsa, xalq orasida uning obro‘si butunlay tushib ketmoqda.

Shunday ekan, Xalifalikdan va Islomdan qo‘rqayotganlar kimlar?

Tunisdagi rasmiy doira ilmoniy-dunyoviy bo‘lib, u mustamlakachi tomonidan tuzilgan. Siyosiy hayotda ham shu rasmiy doira hukm yuritmoqda. Biroq, u odamlar ishonchini yo‘qotdi. Chunki ular oltmish yildan beri ilmoniylik boshqaruvini o‘z tajribalarida sinab, uning har bir boshqaruv shaklini, ya’ni diktatorligu demokratik boshqaruvini, soqolliklariniyu soqol qirtishlaganlarini sinovdan o‘tkazdi hamda bu tuzumdan alam va azob-uqubatdan boshqa narsani ko‘rmadilar. Shuning uchun unga qarshi chiqib, qo‘zg‘olon qildilar va yurt boshini ag‘dardilar… Ular boshlagan qo‘zg‘olon hamon davom etmoqda va hozirda bu qo‘zg‘olon o‘zining asl qarorgohiga qaytmoqchi. Chunki zo‘ravon mustamlakachi va uning xoru rasvo malaylaridan batamom ozod bo‘lish va haqiqiy o‘zgarish yasash o‘sha yerdan ta’minlanadi, o‘sha yerdan Ummat o‘z mustaqilligi va yetakchiligini qayta egallab, insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat maqomiga ko‘tariladi. Ammo bu imkoniyat ilmoniylarda yo‘q, balki ular boshqaruvni eplasholmayapti. Chunki ular fikrda ham, siyosatda ham faqat tobelikni bilishadi, dengiz ortidan keladigan ko‘rsatmalarni xoru zorlik bilan bajarishdan boshqa narsani bilishmaydi.

Tunis va boshqa islomiy yurtlardagi bunday vaziyat butun rasmiy doiradagilarni dovdiratib qo‘ydi, hatto ularni paydo qilgan mustamlakachilarni ham. Chunki mustamlakachilarning qo‘g‘irchoqlari (ilmoniy siyosiy doira) shuncha makr va fitna ishlatib ham odamlarni adashtirishni va zalolatga yetaklashni uddalay olmadi. Natijada vaziyat mustamlakachilarga nisbatan ikki xavfni namoyon qilmoqda: Birinchisi, qo‘zg‘olon doirasi kengayib, Tunisdagi har bir joy va qatlamni o‘z ichiga olgan holda davom etayotganligi. Ikkinchisi, haqiqiy alternativaning mavjudligi. Ha, Islom va Xalifalik ko‘hna Hizb tomonidan tiniq-shaffof suratda ko‘rsatilgan alternativa bo‘lib, odamlar ushbu Hizbning yigitlarini taniydilar, ularning rostgo‘y va xolisliklarini biladilar. Ular Islomning sog‘lom tushunchasini shu yigitlarda ko‘rib, Hizbning davlatlar olib borayotgan o‘yinlar va qo‘yayotgan tuzoqlarni fosh etishga qodir ekaniga guvoh bo‘ldilar. Musulmonlar bilan Xalifalik o‘rtasida atigi bir narsa turibdi. U ham bo‘lsa, kuch-qudrat ahlining harakatga kelib, malaylar kishanidan xalos bo‘lishi hamda dinlari, Ummatlari va yetakchilari (Hizb ut-Tahrir) tomoniga o‘tishlari qoldi, xolos. Zero, Hizb, yigitlari va rahbarlari hammaga tanish.

Ha, vaziyat G‘arb uchun g‘oyat qaltis:

Gap shundaki, Hizbning dunyoga kelishi ularning Islomni hayotdan chetlatishga bo‘lgan jinoiy urinishlarini barbod qildi. Chunki kecha Xalifalikni va Islomni yo‘q qildim, deb o‘ylagan G‘arb bugun Xalifalik mafkurasining dunyoda ham, qo‘zg‘olon boshlangan va butun islomiy yurtlarga tarqalgan Tunisda ham jamoatchilik fikriga aylanayotganiga guvoh bo‘lyapti… Tunisdan to Shom, Indoneziya, Pokiston va Afg‘onistongacha Xalifalikka chaqirilayotganini ko‘rib, eshitib turibdi. Xalifalikka bo‘lgan chaqiriqni dunyoning har yeridagi musulmonlar ham, dunyoning har yerida kapitalizm otashida yonayotgan insonlar ham eshitishmoqda.

Chunki Hizb ut-Tahrir da’vat qilayotgan Xalifalik – Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikdir. U ichkarida Islomni tatbiq qiladigan, tashqarida da’vat va jihod bilan insoniyatni kapitalizm jinoyatlaridan qutqaradigan davlatdir.

Xalifalikning qaytishi bir fikrgina emas. Balki u xuddi Rosuli akram ﷺ boshlaganlaridek, olamni qayta islomiy hayotga yetaklaydigan hamda 1648 yil Vestfaliyada imzolanib, Sayks-Piko shartnomasi bilan kengaygan zulmatli zamonga yakun yasaydigan olamshumul davlatdir. G‘arbni aynan mana shu narsa qo‘rqityapti, qo‘rqitibgina qolmay iligini qaltiratyapti. Islomning olamiy qudrat sifatida qaytayotganidan u dahshatga tushyapti.

Ba’zilar – sizlar G‘arbning Xalifalik davlatidan qo‘rqayotgani va titrayotgani to‘g‘risida oshirib yuborasizlar, deyishadi.

Ularga aytar so‘zimiz shuki, mustamlakachilarning berayotgan bayonotlarining o‘zi qo‘rqib, dahshatga tushayotganliklarini ochib qo‘ymoqda. Ular dunyo tartibining o‘zgarishidan qo‘rqishyapti, shuningdek, poydevori 1648 yil Vestfaliyada qo‘yilgan yovuz binoning hamda shundan keyin qurilgan Sayks-Piko va boshqa uylarining yiqilishidan dahshatga tushishyapti. Ana, Genri Kissinjer Vestfaliya shartnomasi tugaganini his qilib, o‘zining doklad va maqolalarida uning tugab-bitishi yaqinlashayotganini bayon qildi. Ularning Zeyno Baran xonimi esa o‘zining 2004 yildagi tadqiqotida Hizbdan ogohlantirib, «Hizb ut-Tahrirning eng xavfli tomoni, u insonlarni ilhomlantiruvchi ideologiya yaratgan», dedi. Zeyno bu gapi bilan sotsializm kapitalizmga qarshi tura olmay, yiqilganidan keyin kapitalizmga alternativa hisoblangan va dunyo odamlarini o‘ziga yo‘naltirishi kutilayotgan Islomni nazarda tutmoqda. Shuni ham ta’kidlash lozimki, yirik davlatlardagi qaror sohiblarining kitob javonlari Hizb va Xalifalik haqida hamda Hizbning Xalifalikni barpo etishini qanday oldini olish to‘g‘risida yozilgan hisobotlar bilan to‘lib toshdi.

Demak, Tunis va boshqa musulmon yurtlaridagi Hizb ut-Tahrirdan qo‘rquv haqiqatdir. Bu tobe va malaylarning qo‘rquvi emas. Chunki ular bu xavfni tushunadigan aql-farosatga ega emaslar, xo‘jayinlari diktovat qilganidan ortiqchasini tushuna olmaydigan yollanma kimsalardir. Asli, Hizb va Xalifalikdan qo‘rqayotganlar Oq uydagilar va mustamlakachilik startegik tadqiqot markazlaridigilardir. Chunki buning o‘sib borayotganini o‘shalar ko‘ra bilyapti. Shuning uchun ham quturgan holda malaylarini Hizbga hujum qilishga undab, shu orqali Hizb va uning da’vatiga to‘siq qo‘ya olamiz, deb o‘ylashyapti. Chunki ular o‘z tuzumlarining davom etishini istashyapti hamda Ummatni och qo‘yib, xorlash bilan uning ma’naviyatini buzishga, irodasini sindirishga, xolis yetakchilarini adashtirib, yomonotliq qilishga urinishyapti. Bilmaydilarki, Xalifalik biror jamoaning yoki Hizb ut-Tahrirning ishi emas, balki har narsadan oliy va har ishga qodir Allohning ishi bo‘lib, U o‘z bandalariga Xalifalikni xohlayapti. Alloh nimani xohlasa, tamom albatta uni qiladi va Allohning va’dasi hargiz yolg‘on emas.

Alloh Taolo bunday degan:

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir» [Nur 55]

Roya gazetasining 2023 yil 15 mart chorshanba kungi 434-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.