Hijriy 1444 yilning muborak ramazon hilolini kuzatish natijasi

124
0

Matbuot bayonoti

Hijriy 1444 yilning muborak ramazon hilolini kuzatish natijasi

E’lon

Buxoriy o‘zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytdilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, sha’bonning sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar».

Bugun 2023 yil 21 mart, seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechada muborak ramazon hiloli kuzatilgandan keyin hilolni shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilgani o‘z isbotini topmadi. Shunga ko‘ra, ertaga chorshanba kuni insha Alloh sha’bonni to‘liq oxiriga yetkazilib, o‘ttiz kun qilinadi va uning ertasi payshanba kuni muborak ramazon oyining birinchi kuni bo‘ladi.

Shu munosabat bilan men Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi va matbuot bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu muborak oy munosabati bilan yo‘llangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga yetkazar ekanman, Allohdan amirimizga yordam berishini, u kishining qo‘llari bilan barchamizga nusrat va g‘oliblikni ato etishini so‘rab qolamiz.

Bu yilgi ramazon kirib kelayotgan ekan, butun olam kundan-kunga murakkablashib borayotgan moliyaviy krizisni boshdan kechiryapti… Uning og‘irligidan hatto dunyoning aksar davlatlari aziyat chekmoqda, undan na shaxslar omon qolyapti, na xususiy muassasalar va na hukumatlar. Zero, kapitalistik tuzum sudxo‘rlik, monopoliya, iqtisodiy urush, boyliklarni talon-toroj qilish orqali xalqlarni holdan toydirdi. Bularning barchasi monopolist kapitalistik kompaniyalar va ularga ergashuvchi AQSH boshchiligidagi davlatlar manfaatiga xizmat qilish uchun bo‘lmoqda.

O‘tgan o‘nlab yillar mobaynida globallashuv xalqlarga qarshi yuqorida aytilgan jinoyatchilik siyosatini amalga oshirish uchun Amerika tomonidan ishlab chiqilgan mashina sifatida xizmat qilib keldi. Biroq, Xitoy obro‘sining oshishi, Rossiya ovozining ko‘tarilishi va Yevropa davlatlari isyonining kuchayishi ortidan, Amerika globallashuvni qayta chizishga, ya’ni ayni davlatlar iqtisodini o‘nlab yil orqaga qaytarib, o‘zining iqtisodi ostiga kiritishga xizmat qiladigan tarzda chizishga kirishdi. Ayni shu narsa Amerikani Rossiyani zaiflashtirish hamda Yevropa va Xitoyni urushga tortish uchun Ukraina urushidan foydalanishga undadi. Urushning Ukraina xalqiga fojialar keltirishiga ham, dunyoning ko‘plab davlatlaridagi oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soluvchi iqtisodiy silkinishlarni keltirib chiqarishiga ham parvo qilmadi. Chunki Amerika bu urushni boshqalarga qanchalik zarari tegmasin, o‘zining manfaatlarini ro‘yobga chiqaradi deb o‘ylayapti!

Musulmonlarning ahvoliga kelsak, u ham ayni manzaradan yiroqda emas. Chunki G‘arbning iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik jodularidan birinchi bo‘lib musulmonlar ta’sirlandi. Holbuki, musulmonlarning yurtlari eng boy yurtlardan bo‘lib, muhim joylashuvga ega. Lekin hukmdorlarining hech biri durust emas. Balki hammalari yirik kapitalistik G‘arb davlatlarining malaylari hamda ularning geosiyosiy hisob-kitoblarining nishoni hisoblanadi. Darhaqiqat, G‘arb musulmon yurtlari ustidan hukmronligini mustahkamlash uchun uchta omilga e’tibor qaratdi: Hokimiyatni malaylarga topshirish, dinni hayotdan ajratish siyosatini joriy qilish hamda sud tizimini va unga bo‘ysunuvchi rahbarlarni buzish. Bu bilan Ummat G‘arb manfaatlari asiriga aylanadi.

Biroq, bu shart-sharoitlar hamda G‘arbning Islomga va musulmon yurtlariga qilgan hujumlari musulmonlardagi islomiy hayotning eng yaxshi turmush tarzi ekanligi, Xalifalik ag‘darilib, yurtlari parchalanganidan beri hamon mustamlakachilik va xorlikdan boshlari chiqmayotgani to‘g‘risidagi ishonchni yanada oshirdi. Binobarin, bugungi kunda Xalifalik musulmonlar orasida jamoatchilik fikriga aylangan. To‘g‘rirog‘i, ular o‘z yurtlarini bitta davlatda birlashtirishni o‘zlarining eng muhim manfaatlaridan biri, deb tushunadigan bo‘lib qolganlar.

Biroq, Ummat shariat tatbiqiga tobora yaqinlashib borayotgan bo‘lsa-da, biroq ushbu g‘oyaga olib boruvchi yo‘lni qidirishda hamon adashyapti. Chunki Ummat xalqlari hamon Xalifalikni qayta barpo etish uchun faqat Payg‘ambarlik minhojiga qattiq amal qilish shartligi tomon yo‘nalgani yo‘q. Binobarin, oddiy odamlar jamoiy saqofatda tarbiyalanmaguncha, bu masalani o‘zlaricha tushuna olmaydilar.

Ey minbar va forum egalari… Ey jamoatchilikni xabardor qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olganlar!

Ey jamoatchilik fikrini shakllantiruvchilar, ayniqsa, Islom Ummati manfaatlariga qayg‘uruvchi kishilar, mana shu yerda sizning rolingizga ehtiyoj bor. Chunki jurnalistlar, olimlar, nufuzli kishilar, sayt va platforma egalari doxil barchangiz «Ummatni ustuvor masalalardan xabardor qilish» mas’uliyatini o‘z zimmangizga olgansiz. Darhaqiqat, Islom Ummatining ayrim qatlami zudlik bilan ogohlantirishni talab qiladigan masalalarda fikringizni bilish uchun kechayu kunduz sizlarni kuzatadi. Bugun Islom Ummati uchun Xalifalikni qayta barpo etish masalasidan ham muhimroq masala yo‘q. Chunki Xalifalik nafaqat masalalarning onasi, balki hayot-mamot masalasi sifatida qabul qilinishi kerak bo‘lgan taqdiriy masaladir.

Ey o‘zgartirishga qodir musulmonlar, ey kuch-qudrat ahli!

Sizga nima bo‘ldiki, Allohning diniga nusrat-yordam berishdan chekinyapsiz yoki hukmdorlaringizdan qo‘rqyapsizmi?! Axir, mustamlakachi kofir G‘arb davlatlaridagi hukmdorlardan birini ziyorat qilgan paytlarida, bu hukmdorlarning xuddi qo‘lga o‘rgatilgan hayvondek ularning atrofida aylanayotganini ko‘rmayapsizmi?! Nahotki, siz insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo‘la turib, ruvaybizalar tomonidan boshqarilishni o‘zingizga ravo ko‘rsangiz?! Yoki siz mustamlakachi kofir G‘arbdan qo‘rqyapsizmi?! Axir, bu davlatlarning koronavirus pandemiyasidan tortib, AQSH Kongressiga bostirib kirilishi, Ukraina urushi va AQSH banklarining bankrotga uchrashi kabi krizislar paytida qanchalar silkinayotganini ko‘rmayapsizmi?! Zero, G‘arb biror bir krizisga yuz tutsa, uning zaifligi fosh bo‘lmoqda, qalblarga singib ketgan haddan tashqari xudbinlik tufayli jamiyatlari anarxiya tashvishidan larzaga kelmoqda. Alloh Taolo aytadi:

 بَأْسُهُمْ بَيْنَهُمْ شَدِيدٌ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعاً وَقُلُوبُهُمْ شَتَّى ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لّا يَعْقِلُونَ 

«Ular o‘z o‘rtalarida kuchli-quvvatlidirlar. (Ya’ni jang-jadal bo‘lmasdan turib o‘zaro kuch-qudratli ekanliklari haqida lof uraveradilar, ammo jang paytida ojiz-qo‘rqoqdirlar). (Og‘izlaridagi so‘zlaridan) ularni bir deb hisoblaysiz-u, (ammo) dillari xilma-xildir. Bunga sabab, ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir» [Hashr 14]

Ey o‘zgartirishga qodir musulmonlar, ey kuch-qudrat ahli!

Bizning sizga murojaatimiz: bu yilgi ramazon oyini Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish loyihasiga nusrat-yordam bermasdan o‘tkazib yubormang. Ana shunda musulmonlarning ramazon hayitidagi shodligi va’da qilingan nusrat shodligi bilan birlashadi. Sizlarning musulmonlar orasidagi maqomingiz esa Madinai munavvara ahli orasidagi buyuk ansorlarning maqomidek bo‘ladi. Alloh ulardan rozi bo‘lsin. Bugun Ummat Islom uchun jonini fido qilishga tayyor turibdi. Hizb ut-Tahrir Xalifalikni barpo etish loyihasini tayyorlagan ekan, buni Xalifalik davlatini qoim qilishning mufassal yo‘l xaritasi bo‘lishi uchun tayyorladi. Bor-yo‘q qilinadigan ish sizning ushbu da’vatimizni qabul qilishingiz qoldi, xolos. Ey kuch-qudrat ahli, Alloh xayringizni bersin. Alloh Islom va musulmonlarni asrasin!

Alloh Taolo aytadi:

فَالَّذِينَ آمَنُواْ بِهِ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَاتَّبَعُواْ النُّورَ الَّذِيَ أُنزِلَ مَعَهُ أُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

«Bas, unga iymon keltirgan, uni ulug‘lab, unga nusrat-yordam bergan hamda uning (kelishi) bilan nozil qilingan nurga (ya’ni Qur’onga) ergashgan zotlar — ana o‘shalargina najot topguvchilardir» [A’rof 157]

Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin. Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Chorshanbaga o‘tar kecha, hijriy 1444 yilgi ramazon oyining birinchi kuni

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.