Hukmdorlar nega ilmoniylikni tatbiq etishga va zahriqotil retseptlarni qo‘llashga shoshilmoqdalar?!

77
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hukmdorlar nega ilmoniylikni tatbiq etishga va zahriqotil retseptlarni qo‘llashga shoshilmoqdalar?!

Ushbu sarlavha ostida Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi 2023 yil 4 mart shanba kuni Ummat masalasi forumini o‘tkazdi. Forumga ustoz Xolid Abdulloh boshlovchilik qildi.

Birinchi ma’ruza muhandis Ahmad Ja’farga berildi. U o‘z ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidladi:

«Ilmoniylik – dinni davlatdan ajratish demakdir. U Islomga asoslarida ham, tafsilotlarida zid keladi. Sudandagi kurashning sababchisi ham Ilmoniylikdir. Bundan tashqari, ilmoniylik siyosatchilarining malayligi va til biriktiruvi bilan kofirlar hamda mustamlakachi davlatlarning mamlakat ishlariga arlashishlariga va boyliklarini o‘zlari uchun halol qilib olishlariga yo‘l ochib berdi. Masalan, bugungi kunda Sudanga amalda «UNITAMS» hukmronlik qilmoqda.

Yurt muammolarini hal qiladigan, mamlakat aholisi rozi bo‘ladigan va siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan tuzum Islom tuzumi va uning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidir. Bunga qo‘shimcha, mustamlakachi kofir nufuzini yo‘q qilish bilan yurt birligini saqlab, bo‘linishdan himoya qiladigan ham Islom tuzumidir».

Keyin doktor Muhammad Abdurahmon ma’ruza qilib, Sudan rejimining halokatli retseptlar qo‘llayotgani haqida so‘z yuritib, bunday dedi:

«Ilmoniy tuzumni tatbiq qilish oqibatlari, ayniqsa iqtisodiy tomondan yaqqol ma’lumdir. Buni, Sudan aholisining 60 foizdan ziyodini kambag‘alga aylantirgan iqtisodiy tanazzul va cheksiz qimmatchilikda ham ko‘rish mumkin. Islom ahkomlaridan boshqasi iqtisodiy yemirilishni to‘xtatishga qodir emas. Bu Islomda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali mustamlakachi davlatlarning halokatli retseptlari va qotillik manbalarini vayron etish orqali amalga oshadi».

Forumning bahs-munozara bo‘limida bir qator siyosatchilar, ulamolar, jurnalistlar va jamoat ishlari bilan qiziquvchilar o‘zlarining muhokamalari, fikr va izohlari bilan qatnashdilar. Unda qatnashganlar orasida yozuvchi jurnalist ustoz Muhammad Mabruk, Irrigatsiya va suv xo‘jaligi vazirligining sobiq maslahatchisi muhandis Haydar Yusuf hamda «Sudan birligi ozod vatan farzandlari nidosi»dan ustoz Odam Tayyob va Hizbul Ummat yetakchilaridan ustoz Ibrohim Muhammad kabilar bo‘ldi.

Roya gazetasining 2023 yil 15 mart chorshanba kungi 434-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.