Barpo bo‘lajak Xalifalik boshqaruvi ostida olamni nimalar kutmoqda? Buni ta’riflashga til ojiz

102
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Barpo bo‘lajak Xalifalik boshqaruvi ostida olamni nimalar kutmoqda? Buni ta’riflashga til ojiz

Barpo bo‘lajak Xalifalik boshqaruvi ostida butun olamni kutib turgan narsani ta’riflashga til ojiz. Allohning nusrati bilan hamda U zotning va’dasi va Rosululloh ﷺning bashoratlari asosida barpo bo‘ladigan davlatdan siz nimalarni kutasiz? Bunday davlatning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati bo‘lishini kutasiz, to‘g‘rimi? Shuningdek, unday davlatda Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilarga egizak bo‘lgan kishilar hukm yuritishini, ularning atrofida Talha, Zubayr, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Said ibn Zubayr, Abu Ubayda ibn Jarroh kabi kishilari bo‘lishini… Xolid ibn Valid, Qa’qo ibn Amr, Abu Dajona, Salohiddin, Qutz kabi qo‘mondonlardek qo‘mondonlari bo‘lishini kutasiz, shunday emasmi?

Darhaqiqat, Xalifalik shunday davlatki, u to‘rt Abodilaning (Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Zubayr va Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhularning) va ular kabi buyuk sahobalarning siyratini qaytaradi hamda Qatoda, Mujohid, Saddiy, Naxaiy, Sha’biy, Ja’far Sodiq, Abu Hanifa, Molik, Shofeiy, Ibn Hanbal singari rabboniy ulamolari bo‘ladi…

Xalifalik shunday davlatki, unda jazo-hadlari ijro etiladi, o‘ljalar taqsimlanadi, yo‘llar xavfsizligi ta’minlanadi, or-nomuslar himoyalanadi…

Xalifalik shunday davlatki, unda dushmanga qarshi jang qilinadi, Ummat haybati muhofaza etiladi, haqiqiy rivojlanish, ilmiy taraqqiyot, fikriy va axloqiy yuksalish yuzaga kelib, davlat yuksaklikdan oliylikka ko‘tarilishga tinimsiz harakat qiladi…

Xalifalik shunday davlatki, binolarni eng yuqori shar’iy va muhandislik standardlariga muvofiq quradi hamda ofatlarga, pandemiyalarga doim tayyor turadi, hatto bu kabi ofatlarga duch kelgan boshqa davlatlarga ham yordam ko‘rsatadi. Masalan: Hudaybiya sulhiga amal qilinayotgan muddatda Qurayshda vabo tarqaladi. Shunda Muhammad ﷺ Makkadagi mushriklar kattasi Abu Sufyonga bug‘doy sotib olishi va Quraysh kambag‘allariga taqsimlasishi uchun 500 dinor jo‘natadilar…

Xalifalik shunday davlatki, dushmanga tahdid solish va Islomni olamga olib chiqish yo‘lidagi g‘ovlarni parchalash uchun bor imkoniyatini sarflab, kuch-qudrat va harbiy tayyorgarlik ko‘radi, bu bilan bir oylik masofadan dushman yuragiga qo‘rquv soladi…

Xalifalik shunday davlatki, u insonlarni jannatga boshlaydigan, bor kuchini sarflab ularni do‘zaxdan uzoqlashtiradigan, xalqdan soliq yig‘uvchi emas, ularga g‘amxo‘rlik ulashadigan davlat bo‘ladi… Unda xalqqa g‘amxo‘rlik qilishda kamchilikka yo‘l qo‘ysa Amiyri yig‘laydigan va Allohning oldida yuzi yorug‘ bo‘lishi uchun o‘zi bilan odamlar o‘rtasida aqd kelishuv tuzadigan va bu kelishuvni qabriga o‘zi bilan birga ko‘mishlarini vasiyat qiladigan amirul mo‘minlar bo‘ladi…

Xalifalik shunday davlatki, uning Alloh yo‘lida kirgan janglarda ustidagi chang-tuproqni to‘plab, zamzam suviga aralashtiradigan va undan guvala qilib, o‘lgandan keyin uni qabrda boshi ostiga qo‘yishni vasiyat qiladigan, chunki fi sabilillah jihodning g‘ubori jahannam otashi bilan hargiz qo‘shilmaydi, deya e’tiqod qiladigan jihod amirlari bo‘ladi…

Xalifalik shunday davlatki, Alloh yo‘lida qilgan janglariga hamda sarkash kofirlarning kallasini uzib kelganiga guvohlik berishi uchun qilichini o‘lganidan keyin qabriga birga qo‘yishilarini vasiyat qiladigan mujohidlari bo‘ladi.

Roya gazetasining 2023 yil 15 mart chorshanba kungi 434-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.