Ertaga muborak Ramazon hilolini kuzatish vojib, Navro‘zni nishonlash esa haromdir

214
0

Ertaga muborak Ramazon hilolini kuzatish vojib, Navro‘zni nishonlash esa haromdir

Bayram qilish man etilgan Navro‘z kuni bilan itoat qilish farz bo‘lgan Ramazon oyining hilolini kuzatish bir kunga, ya’ni ertaga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ham Allohning bir sinovidir. Kim Navro‘zni nishonlasa, gunohkor bo‘ladi, yangi oy chiqishini kuzatgan kishi savob oladi. Odamlar mana shunday sinovdan o‘taveradilar.

Avvalombor, bu yilgi Ramazon oyining hilolini kuzatish haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Joriy yilning 21-mart kuni hijriy Sha’bon oyining 29-kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, shu kuni kun botishida Ramazon oyining hiloli kuzatiladi. Agar yangi oyning shar’iy ko‘rinishi tasdiqlansa, u holda 22-mart muborak Ramazon oyining birinchi kuni bo‘ladi. Ammo, agar yangi oy ko‘rinmasa yoki oyning shar’iy ko‘rilgani o‘z tasdiqini topmasa, Sha’bon oyi to‘liq oxiriga yetkazilib, o‘ttiz kun qilinadi. Ertasi, 23-mart Ramazon oyining birinchi kuni bo‘ladi.

Buxoriy o‘zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy sollallohu alayhi va sallam yoki Abu Qosim sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

“Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, sha’bon oyining sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar”.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Uni (hilolni) ko‘rib ro‘za tutinglar va oyni ko‘rib og‘iz ochinglar, agar bulutlar sababli u ko‘rinmasa, sanoqni to‘liq (sha’bon oyini o‘ttiz kun) qilinglar”.

Ma’lumki, qamariy taqvimiga ko‘ra, ba’zi oylar 29 kun bo‘lsa, ba’zilar 30 kun bo‘ladi. Shu sababli yakunlanib borayotgan sha’bon oyi ham 29 kunlik yoki 30 kunlik bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ushbu kun “shak” deb ataladi. Joriy yilda sha’bon oyining 29-kuni 21-martga to‘g‘ri kelmoqda. Shuning uchun, musulmonlar 21-mart kuni  kechqurun ramazonning yangi oyi (hiloli)ni kuzatishlari zarur. Shu sababli, imkoniyati bor musulmonlar shu kuni oyni kuzataylik. Eslatib o‘tsak, yang oy ko‘ringani haqidagi xabar adolatli (fosiq bo‘lmagan) musulmondangina qabul qilinadi.

Agar bizning diyorda oyni ko‘ra olmasak, dunyoning qolgan yerlarida oy ko‘ringani to‘g‘risidagi xabarlarni kuzatamiz. Agar biron bir mamlakatdan, adolatli bir musulmonning oyni ko‘rganligi shar’iy tasdig‘ini topsa, u holda biz uchun ham ro‘za boshlanadi. Ammo, bunday xabar kelmasa, unda sha’bon oyini o‘ttiz kun qilib to‘liqlaymiz.

Buni aytishimizdan maqsad, agar oy ko‘rinmasdan ro‘za tutsak, gunohkor bo‘lamiz. Bu o‘rinda “bir kun oshiqcha tutsak yaxshi emasmi” deyilmaydi. Chunki, bu kuni oyni ko‘rmay turib ro‘za tutishdan qaytarilganmiz. Shu bilan birga, oy ko‘rinsa ham, ammo shu kuni ro‘za tutmay, ro‘zani ramazonning 2-kuniga qoldirib qo‘yish gunohidan ham saqlanishimiz lozim. Masalan, 21-martda oy ko‘rinsa, ro‘za 22 mart kunidan boshlanadi, uni 23 martga qoldirish mumkin emas. Shuningdek, Ramazon hiloli Qadr kechasi va Hayt kunini to‘g‘ri belgilashga ham taalluqlidir.

Bunday oy kuzatishda “astronomik hisob-kitoblarga ko‘ra”, “yerimizning geografik joylashuviga ko‘ra” degan yoki “Saudiya bunday belgilabdi”, “Turkiya unday belgilabdi” yohud “Muftiyot shunday fatvo chiqaribdi” degan bohonalar uzrga o‘tmaydi. Bunda faqatgina haqiqiy shar’iy kuzatish bilan oy ko‘rilgani o‘z tasdig‘ini topishi shart qilinadi.

Barcha musulmonlar mana shu shar’iy hukmni mahkam ushlasak, butun dunyo musulmonlari bir xil ro‘za tuta olamiz va bu butun dunyo musulmonlari birligining bir ko‘rinishi bo‘ladi. Buni bilgan kufr boshchilari – birligimizni buzish uchun – ro‘zani turli kunlarga belgilanishiga alohida e’tibor qaratishadi. Bunday makkor niyatlarini bizlarning malay rahbarlarimiz va ularning “saroy ulamolari” orqali amalga oshirishadi. Shu tufayli, musulmon yurtlari hisoblanmish turli mamlakatchalarda Ramazon ro‘zasi turli kunlarda boshlanib qelmoqda.

Bunday qora niyatning oldini olishning yagona yo‘li ushbu masalada shar’iy hukmga qat’iy rioya qilishdan iboratdir.

Allohim sizlarga oyni ko‘rib ro‘za tutishni va oyni ko‘rib og‘iz ochishni nasib qilsin

Allohim sizlarni ro‘zaning barcha yaxshiliklariga erishtirsin.

Ammo navro‘z bayramiga kelsak, navro‘zni nishonlash butparastlikdan qolgan shirk amali bo‘lib, u kunni bayram qilish mustamlakachilarning hiyla-nayrangidir.

Asosan, bu kun fors xalqining qadimiy shirk e’tiqodlari bilan bog‘liq bayram bo‘lib, “zardushtiylik” dinida yorug‘lik zulmatdan ustun kelgan kun sifatida nishonlanadi. Islom kelib, shirkning barcha turlarini harom qildi. Shuningdek, Musulmonlar uchun Navro‘z kabi kunlarni nishonlashni harom qildi.

Kapitalistik mustamlakachilik dunyoga hukmronlik qila boshlaganidan beri Islomga zid bo‘lgan bunday “bayramlar”ni nishonlashga qattiq e’tibor qaratilmoqda. 20-asrning oxirida kapitalistik G‘arb bundan SSSRni ag‘darish uchun bundan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldi. Zero, bunday “bayramlar” kommunistik mafkuraga zid edi va uni nishonlash mamlakatda taqiqlangan edi. Kapitalistik G‘arb bunday manzaralar bilan sotsialistik lager ichidagi aholining his-tuyg‘ularini qitiqlay oldi. Bundan tashqari, ular “bir tosh bilan ikkita quyonni ovlashdi”. Ya’ni mustamlakachi kofirlar bunday hodisalar orqali musulmonlarni yo‘ldan ozdirdilar. Masalan, SSSRdan ajralib chiqqan musulmon davlatlarining kofirga malay hukmdorlari Navro‘z bayramini o‘z mamlakatlarida rasmiy bayram sifatida belgilab qo‘yishgan. Natijada aholi uni nishonlay boshladi. Shu bois YUNESKO tomonidan 2009-yil 30-sentyabrda Navro‘z kuni “xalqaro kun” sifatida belgilandi.

Ey musulmonlar! Agar mustamlakachilar butparastlik bayramini qurol qilib, sizni yo‘ldan ozdirsa, ularning hiyla-nayranglariga ko‘r-ko‘rona ergashib – kaltakesakning orqasidan ergashganingiz kabi – ularning orqasidan jahannamga tushib qolmang!

Shunday ekan, ertaga hilolni kuzatish savobiga erishib, Navro‘zni nishonlash gunohidan saqlaning!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.