Xalifalik ag‘darilishining 102 yilligi xotirasi sababli boshlangan kampaniyaning yakuniy konferensiyasi

107
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi

Xalifalik ag‘darilishining 102 yilligi xotirasi sababli boshlangan kampaniyaning yakuniy konferensiyasi

Anbiyolar sayyidi Rosululloh ﷺ barpo etgan va 13 asr dunyoga islomiy boshqaruv (Xalifalik) tuzumi sifatida ziyo sochgan Islom davlati hijriy 1342 yil 28 rajab, milodiy 1924 yil 3 mart kuni jinoyatkorlar tomonidan bekor qilindi. Ushbu alamli xotira sababli Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi hijriy 1444 yilning muborak rajab oyida Hizb amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning ko‘rsatmasi asosida Hizb faoliyat qiladigan mintaqalarda qator tadbirlar kampaniyasini boshladi. Markaziy matbuot bo‘limi tomonidan yoritilib borilgan ushbu kampaniya «Xalifalik qanday barpo bo‘ladi», deb ataldi.

Ushbu kampaniya so‘nggida hijriy 1444 yil 27 rajab, milodiy 2023 yil 18 fevral shanba kuni oqshomda maxsus yakuniy konferensiya o‘tkazilib, u Hizb ut-Tahrir amirining nutqi bilan ochildi. So‘ng konferensiyada ustoz Ahmad Qasos, doktor Muhammad Malkoviy, shayx Yusuf Maxoriza, ustoz Muhammad Jome va Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi muhandis Salohiddin Azoza doxil ustozlarimiz nutq so‘zlab, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik sifatida Islom davlatini qayta barpo etishning shar’iy tariqatining eng muhim jihatlarini aytib o‘tdilar.

Roya gazetasining 2023 yil 22 fevral chorshanba kungi 431-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.