«Tripoli va Shimoldagi insoniy birodarlik» marosimi bayonoti haqni yashirish hamda Allohning diniga qilingan tuhmatdir

102
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

«Tripoli va Shimoldagi insoniy birodarlik» marosimi bayonoti haqni yashirish hamda Allohning diniga qilingan tuhmatdir

Livan shimolidagi Tripoli shahri «Safadiy» madaniyat markazida o‘tkazilgan «Tripoli va Shimoldagi insoniy birodarlik bayonotining taqdim etilishi» nomli marosimda haq botilga qorishtirilib, musulmonlarning azonlari opera, madhiya va cherkov duosiga qo‘shib tashlandi!

Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘limi avvalda 2020 yil 14 mayda matbuot bayonoti nashr qilib, «insoniy birodarlik», degan bunday shubhali hujjatdan ogohlantirgan va hujjatda kelgan Islomga zid narsalarni ochib bergan edi. So‘ng ulamolar, shayxlar va imom-xatiblarga murojaat qilib, ularga bunday degan: Alloh Azza va Jallaning Kitobi bilan Rosuli ﷺning hidoyati insonlarni yetaklash uchun yetarlidir. Chunki Alloh Taolo

وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ آيَاتِ اللَّهِ يُكْفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلاَ تَقْعُدُوا مَعَهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ إِنَّكُمْ إِذًا مِثْلُهُمْ

«Axir Alloh sizlarga Kitobda: «Qachonki Allohning oyatlari inkor qilinayotganini va masxara qilinayotganini eshitsangizlar, to boshqa gapga o‘tmagunlaricha unday kimsalar bilan birga o‘tirmanglar», degan so‘zlarni nozil qilgan edi-ku?! (Modomiki, ular bilan o‘tirgan ekansiz), demak, sizlar ham shak-shubhasiz ularning o‘zisiz. Albatta, Alloh barcha munofiq va kofirlarni jahannamga jamlaguvchidir»[Niso 140]

degan. Ushbu oyati karima shunga ochiq dalolat qiladiki, har qanday turdagi botil bilan birga, hatto botil dinlari haqida gapirilayotganda bitta majlisda birga o‘tirishdan qaytarilgan ekan, u holda, agar bu botillar bema’ni bahonalar bilan yomon niyatdagi illatli bir dinni to‘qib chiqarmoqchi bo‘layotganida ular bilan birga o‘tirish qanday bo‘ladi?! Mo‘tadillikni bahona qilib, musulmonlarning ibodatini ularga aloqasi yo‘q bo‘lgan boshqa kimsalarning ibodat-marosimlari bilan aralashtirish to‘g‘risidagi fikr Alloh hargiz rozi bo‘lmaydigan yangi dinni o‘rnatishga qaratilgan. Zotan, g‘ayrimusulmonlarning diniy marosimlarida qatnashish Alloh oldida gunohi azimdir. Bu kabi hujjatlarga imzo chekish undan ham og‘irroq gunohidir».

Aslida, Islom bilan boshqa din o‘rtasidagi aloqa shundan iboratki, ularning har biriga Islomdagi aqida va fikrlar ro‘para qilinadi, dalil va hujjatlar keltirilib, haq va haqiqat isbotlab beriladi. Ya’ni musulmonlar bilan musulmon bo‘lmagan odamlar o‘rtasidagi munosabat, aslida, hech qanday majburlanmagan holda hammalarini Islomga Allohning so‘nggi risolasi sifatida da’vat qilishdan iboratdir.

Matbuot bayonoti so‘nggida musulmonlarga bunday deyildi:

«Bu hujjatdagi barcha fikr sizning aqidangizga zid va diningiz ahkomlariga yotdir. Bas, ularni danak kabi tuflab tashlang. Shuni bilingki, sizning diningizda dindorlar ham yo‘q, ruhoniylar ham. Balki unda ulamolar, faqihlar va muhaddislar bo‘lib, barchalari ba’zan xato qiladigan, ba’zan xato qilmaydigan insonlardan iborat. Allohning xitobi har bir Ummatga qaratilgan xitob bo‘lib, siz bay’at qilgan inson xalifa sifatida sizning nomingizdan va sizning ustingizdan Islom bilan hukm yuritadi va bu yaqinda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida bo‘ladi, insha Alloh».

Roya gazetasining 2023 yil 22 fevral chorshanba kungi 431-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.