Xalifalik davlatida salomatlik nazorati va “Hisba” apparati

186
0

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Xalifalik davlatida salomatlik nazorati va “Hisba” apparati

Islom davlati “Hisba” apparati orqali umumiy shaklda jamiyat salomatligiga ta’sir ko‘rsatadigan masalalarni nazorat qilib boradi. Muxtasib jamiyatga yaqinlashib kelayotgan har qanday sog‘lomlashtirishga oid zararni oldini oladi va bu zararga sababchi bo‘lganlarni yana qaytib bu jinoyatga yaqinlashmaydigan qilib jazolaydi. Muhtasib – jamoat huquqi bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqadigan qozi bo‘lib, bu masalalarda da’vogar bo‘lmaydi hamda bu masalalar had va jinoyatlarga doxil bo‘lmasligi lozim. Muhtasib huquqbuzarlik haqida bilib qolgach, sud yig‘inisiz istalgan joyda darhol hukm chiqarishga haqli. Uning buyrug‘ini bajarishlari uchun bir qancha militsiya xodimlarini qo‘l ostiga bo‘ladi va uning hukmi darhol ijro etiladi. Qonunbuzarlik aniqlanishi bilanoq u hukm chiqaradi. Uning har qaysi makonda va har qaysi vaqtda; bozorda, uyda, miniladigan hayvon ustida, mashinadi, tunda, kundizi… hukm chiqarish huquqi bor. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bozorda ketayotgan edilar hisobsiz, o‘lchovsiz uyib qo‘yilgan taom(oziq-ovqat maxsulot)larni ko‘zdan kechirdi. Bir taomni tekshirib ko‘rdi. U taom sotuvga chiqarilib qo‘yilgan edi. Namiqib qolgan taomni taomlarning ostiga yashirib qo‘yilganini ko‘rishlari bilanoq bu masalani o‘rnida, darhol yechdilar. Bu hisba masalasida sud yig‘ini shart emasligini ko‘rsatadi. Muhtasib muhtasiblik shartlari mukammal bo‘lgan noiblarni tanlash huquqiga ega. Ularni turli sohalarga taqsimlab qo‘yishi mumkin. Ushbu noiblar o‘zlariga topshirilgan masalalarda, o‘zlari tayinlangan mintaqa yoki hududlarda muhtasib vazifasini bajarish vakolatiga egadirlar. Quyida, Islom davlatida muhtasib nazorat qilishi vojib bo‘lgan ayrim ishlarga to‘xtalib o‘tamiz:

A- kafe-restoranlarda, bozorlarda va korxonalardagi oziq-ovqat sifati: agar taom aynigan bo‘lsa yoki uni tayyorlash jarayonida tozalik qoidalariga rioya qilinmagan bo‘lsa, undan turli kasalliklar kelib chiqadi, yuqumli kasalliklar tarqaladi. Shuning uchun taom xozirlayotgan va uni ommaviy joylarda taqdim etayotgan kishilar tozalik qoidalriga mukammal rioya etishlari va taqdim etilayotgan taomlarning sifatiga qattiq e’tibor berishlari lozim. Muhtasib aynigan yoki soxta taom sotgan kafe va oshxonalarni yopib tashlashi hamda beparvoligi yoki bilib turib aynigan taomni sotgani uchun oshxona egalarini javobgarlikka tortishi lozim. Bunday ovqatlanish maskanlariga diqqat bilan tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyingina qayta ochilishga ruxsat beriladi. Muslim o‘z “Sahih”ida rivoyat qiladi.

أنَّ رَسولَ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عليه وسلَّمَ مَرَّ علَى صُبْرَةِ طَعامٍ فأدْخَلَ يَدَهُ فيها، فَنالَتْ أصابِعُهُ بَلَلًا فقالَ: ما هذا يا صاحِبَ الطَّعامِ؟ قالَ أصابَتْهُ السَّماءُ يا رَسولَ اللهِ، قالَ: أفَلا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعامِ كَيْ يَراهُ النَّاسُ، مَن غَشَّ فليسَ مِنِّي

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam subratut toam – o‘lchovsiz, hisobsiz uyib qo‘yilgan taomlar – oldidan o‘tadilar. Qo‘llarini taomga kirgizadilar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning barmoqlari xo‘l bo‘lib chiqadi. Shunda aytadilar:

“Bu nimasi, ey taom sohibi?”.

Taom sohibi; Yomg‘irda qolibdi, yo Rasulalloh, – deydi. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:

“Odamlar ko‘rsin uchun uni taomlarning eng ustiga chiqarib qo‘ymaysanmi?!. Kim aldasa, bas, u mendan emas”, – dedilar.

Muslim Abu Hurayra raziyallohu anhudan ham rivoyat qiladi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhmat qiladilar:

ومن غشنا، فليس منا‏

“Kim bizlarni aldasa, bas u bizlardan emasdir”.

B- maxsulotlar va tovarlar uchun spetsifikatsiya va standartlar: oziq-ovqat maxsulotlari, qurilish materiallari, pestitsidlar kabi kimyoviy moddalar, tozalovchi materiallar va qimmatbaho zargarlik buyumlari kabi ayrim tovar va maxsulotlar, agar ular kafolat beruvchi spetsifikatsiyalar va standartlarga muvofiq ishlab chiqarilmasa, foydalanuvchiga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun davlatda ushbu standartlar va texnik shartlarni belgilash uchun turli hil sohalardagi olimlarni o‘z ichiga olgan maxsus apparat tashkil etilishi lozim. Muhtasib mana shu standart va me’yorlarni kuzatib borish, bu me’yorlarni buzganlarni jazolash va noqonuniy tovar oborotini oldini olish ishlari bilan shug‘illanadi.

V- import qilingan mollarni ekpertizadan o‘tkazish: Islom davlati qishloq xo‘jaligi yoki sanoat materiallari kabi boshqa mamlakatlardan olib kelingan materiallarni tekshirishi lozim. Toki, masalan, yuqumli kasalliklar bilan kasallangan hayvonlar, muddati o‘tgan, buzilgan tovarlar kabi aholiga zarar yetkazadigan yoki har hil kasalliklarni tashib yuradigan, ofatlar keltiradigan narsalar boshqa davlatlardan Islom davlati hududiga kirmasin. Davlat mana shu maqsadda o‘z chegaralarida nazorat punktlarini o‘rnatadi. Buxoriy o‘zining “Sahih”ida rivoyat qiladi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:

لا يُورِدَنَّ مُمْرِضٌ علَى مُصِحٍّ

“Kasal tuyasi sog‘ tuyaga aslo qo‘shilmasin!”

Muslimnig rivoyatida Rasululloh sallollohu alayhi va sallam mana bunday marhamat qiladilar:

لا يُورِدُ مُمْرِضٌ علَى مُصِحٍّ

“ Kasal tuya sog‘lom tuyaga qushilmaydi”.

Muslimnig bu rivoyati xabar siyg‘asida va nafiy lafzi bilan kelgan. Lekin, bu rivoyat Buxoriy rivoyati dalili bilan nahi siyg‘asdadir. Mumriz – kasal tuyalari bor odam. Musih esa – sog‘lom tuyalari bor odam. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam kasal tuya sohibini tuyalarini sog‘lom tuyalarga qo‘shib yuborishidan qaytardilar.

V- mamlakatga keluvchilarning sog‘ligini tekshirish: Islom davlati vabo, SARS yoki sil kabi yuqumli kasalliklar tarqalgan mamlakatlardan kelgan omonlik so‘rovchi(kochqin)lar, muohid-shartnoma bo‘yicha ittifoqchi va elchilarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi. Agar ularning birortasida boshqalarga ham yuqishi ehimoli bo‘lgan kasallik aniqlansa, u odam Islom davlat hududiga kiritilmaydi. Usoma raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qildilar:

الطَّاعُونُ رِجْسٌ أُرْسِلَ عَلَى طَائِفَةٍ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ ، أَوْ عَلَى مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ ، فَإِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ ، فَلاَ تَقْدَمُوا عَلَيْهِ ، وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ ، وَأَنْتُمْ بِهَا فَلاَ تَخْرُجُوا ، فِرَارًا مِنْهُ

“Toun (o‘lat) Banu Isroil yoki ulardan oldingi qavmlarga yuborilgan bir iflos kasallikdir. Agar uni qayerdadir borligini eshitsanglar, bas u yerga bormanglar. Agar u sizlar turgan yerda paydo bo‘lsa, undan qochib chiqmanglar.” Buxoriy rivoyati. Muslim o‘z “Sahih”ida rivoyat qiladi.

انَ فِي وَفْدِ ثَقِيفٍ رَجُلٌ مَجْذُومٌ ، فَأَرْسَلَ إِلَيْهِ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ” إِنَّا قَدْ بَايَعْنَاكَ فَارْجِعْ “

Saqif qabilasi elchilari orasida bir mohov kishi bor edi. Bundan xabar topgan Rasululloh sallollohu alayhi va salam unga elchi yuborib, dedilar:

“Albatta bizlar bay’atlashdik (hisob). Bas, sen ortga qaytaver”.

G-mehnatni muhofaza qilish qonunlari; ish beruvchi ishchilar uchun sog‘lom va xavfsiz muhitni taminlashi, ularni xavf-xatarga duchor qilmasligi lozim. Muhtasib esa, zavod va ustaxonalarni nazorat qilishi va ularda ishchilar uchun hech qanday xavf yo‘qligini tekshirishi lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.