Moskvadagi uch tomonlama uchrashuv Shom tog‘uti umrini uzaytirishga qaratilgan

120
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Moskvadagi uch tomonlama uchrashuv Shom tog‘uti umrini uzaytirishga qaratilgan

Ustoz Abu Hamza Xutvoniy

2022 yil 28 dekabrda Moskvada Rossiya-Turkiya-Suriya mudofaa vazirlari Sergey Shoygu, Xulusi Akar va Ali Mahmudabbos o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ular bilan uchrashuvda razvedka xizmatlari direktorlari ham qatnashdi. Barchalari faqat bitta masala, ya’ni Suriya masalasini muhokama qilishdi va asosiy diqqatni ikki nuqtaga, u ham bo‘lsa «terroristik tashkilotlarga qarshi kurash» va «qochqinlarni Suriyaga qaytarish»ga qaratishdi. Uchrashuvning ijobiy va konstruktiv o‘tganini ta’kidlab, mintaqa barqarorligi yo‘lida, degan da’vo bilan kelgusi uchrashuvlarni davom ettirish zarurligini ta’kidlashdi hamda Moskvadagi navbatdagi uchrashuv Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan Suriya tashqi ishlar vaziri Faysal Miqdod o‘rtasida o‘tkazilishiga kelishib oldilar.

Ushbu uch tomonlama uchrashuvdan keyin Turkiya prezidenti Erdogan Bashar Asad bilan uchrashishni istisno qilmasligini aytdi. Lekin Asad Turk rahbari bilan iyun oyiga belgilangan Turkiya saylovlari bo‘lib o‘tgandan so‘ng uchrashishni afzal ko‘rmoqda.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li o‘z mamlakatining Suriya rejimiga nisbatan pozitsiyasini izohlab, «mamlakatim Suriya hududiy yaxlitligi va severenitetini hurmat qiladi hamda qachon barqarorlikka erishganda o‘z nazorati ostidagi hududlarni Suriya rejimiga o‘tkazishga qaror qildi», dedi. Chavusho‘g‘li, shuningdek, uch tomonlama uchrashuvdan so‘ng muxolafat kuchlarining Suriya Milliy koalitsiyasi raisi Solim Musallit va boshqa yetakchilar bilan ham uchrashdi va ularga Turkiyaning 2254-sonli rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Ma’lumki, bu rezolyutsiyada o‘t ochishni to‘xtatish, konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish va BMT nazoratida saylovlar o‘tkazish aytilgan.

Biroq, ushbu xalqaro rezolyutsiyadan faqatgina o‘t ochishni to‘xtatish qismi tatbiq qilinmoqda, xolos.

Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish va saylovlar o‘tkazish haqida miq etilmagan bir paytda, Turkiya jangchi guruhlarni tog‘ut kuchlariga o‘t ochishini taqiqlamoqda va bunga mazkur rezolyutsiyani hujjat qilmoqda. Biroq, Rossiya kuchlari va rejim ozod etilgan hududlardagi suriyalik qochqinlarni qirg‘in qilmoqda. Ayni rezolyutsiyani buzganlari uchun ularni hech kim javobgarlikka tortayotgani yo‘q.

Turk rejimi bilan qonxo‘r Bashar rejimi o‘rtasida bosqinchi Rossiya homiyligida jadal suratda ketayotgan ushbu yaqinlik Suriya davlati halok bo‘la boshlagan bir paytda bo‘lmoqda. Harbiy va siyosiy kuchlarga muhtoj bo‘lib, o‘z fuqarolarining eng oddiy turmush ehtiyojlarini ham ta’minlay olmayotgan bir ahvolida bo‘lmoqda.

Bu kelishuv, shuningdek, Rossiya Ukraina botqog‘iga botib, Bashar rejimi hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni bera olmay qolgan bir paytda bo‘lmoqda.

Bas, shunday ekan, hozir shunday qulay fursat tug‘ilganki, undan foydalanib, tog‘ut Bashar rejimini ag‘darish uchun unga yengilgina zarba yo‘llashning o‘zi kifoya, hech qanday ziyon ham ko‘rilmaydi.

Biroq, turk rejimi mana shunday tarixiy bebaho fursatdan foydalanib, halok bo‘lish arafasida turgan bir rejimni butunlay yo‘q qilish o‘rniga, uni qayta jonlantirish va umrini uzaytirish uchun kerak bo‘lgan barcha ishlarni qilmoqda.

Bugun turk siyosatchilarining siyosiy maqsadlari mantiqsiz bo‘lib qoldi, ayniqsa, o‘zlarining taqdiriy-muhim bo‘lgan qo‘shnilariga nisbatan. Aynan hozirda Turkiyaning Suriya rejimini qo‘llab-quvvatlayotganining hech bir siyosiy ma’nosi yo‘q. Chunki Turkiyaning klinik komada yotgan va o‘zining so‘nggi nafasini olish arafasida turgan bir rejimni qayta jonlantirayotgani na aqlga to‘g‘ri keladi, na mantiqqa.

Turkiya Bashar rejimi va uni qo‘llab-quvvatlayotganlarning shunday zaif holatidan qulay fursat sifatida foydalanib qolmog‘i uning uchun eng manfaatlidir, agar o‘z qarori o‘zining qo‘lida bo‘lsa, albatta. Xususan, hozirda qo‘llab-quvvatlovchilardan biri bo‘lmish Rossiya Ukraina urushi bilan band, Eron o‘zining ichki urushi bilan ovora… Bas, shunday bir paytda, holdan toygan bir ahvoldagi Suriya rejimini Turkiya bitta qaqshatqich zarba yo‘llash bilan ag‘darsa-yo‘q qilsa, o‘zi uchun eng foydali ish bo‘ladi. Chunki bu bilan hech kimga bo‘shliqni to‘ldirishiga imkon bermagan va shu orqali o‘zi aytayotgan milliy xavfsizligini real saqlab qolgan bo‘ladi.

Biroq, Turkiya bunday qilmay, teskarisini qildi va rejimni ag‘darish o‘rniga qo‘llab-quvvatladi. Bu esa, Turkiya buyruq bo‘yicha yuruvchi davlat ekaniga dalolat qilmoqda, uning rahbarlari tashqi siyosatda o‘z davlatlarini birovning doirasida harakat qiluvchi davlatlik holatidan chiqarishmayotganini ko‘rsatmoqda.

Turk rejimining aynan hozirgi vaqtda Shom tog‘uti bilan yaqin munosabatda bo‘layotganining sababini diqqat bilan o‘rgangan kishi buning faqat bitta sababi borligiga guvoh bo‘ladi. U ham bo‘lsa, o‘ziga tobe barcha kuchlarga vazifa yuklovchi Amerikaga itoatgo‘ylik bilan xizmat qilib, Asad rejimini ag‘darilishdan qutqarishda unga yordam berishdir. Amerika ishning boshida Eron va uning jangarilarini ishga soldi… Keyin jangchi guruhlarni jangohdan Asad va uning gumashtalariga tashlab chiqib ketishga undashda Iordaniya, Qatar va Saudiyadan foydalandi… So‘ng Asad rejimini yiqilishdan saqlab qolishda Rossiya va uning yirik harbiy qudratidan foydalandi… Va nihoyat, jon taslim qilayotgan bu rejim bilan munosabatlarni qayta tiklab, unga yiqilishdan qutulib qolishi uchun oltin fursat berishda Turkiyadan foydalandi.

Shunday qilib, demak, Turkiyaning Damashqdagi omadsiz rejim bilan bunday hayron qoladigan ravishda yaqinlik qilayotganini uning Amerikaga itoatgo‘yligi bilan izohlash mumkin, xolos. Bu shunday itoatgo‘ylikki, mabodo Asad rejimi ag‘dariladigan bo‘lsa, bu butun mintaqani o‘z domiga tortadigan dahshatli buzilishga olib keladi, deya qo‘rqib, uni saqlab qolish va umrini uzaytirish uchun qilinmoqda.

Roya gazetasining 2022 yil 11 yanvar chorshanba kungi 425-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.