Netanyaxuning o‘ta o‘ng qanot bilan hukumat tuzishi

64
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Netanyaxuning o‘ta o‘ng qanot bilan hukumat tuzishi

Ustoz Solim Abu Sabiton (Abu Suhayb)

Netanyaxu saylandi va ekstremist o‘ng qanot hukumati tuzildi. Tuzilishining ilk daqiqalaridayoq uy-joy qurilishi vaziridan aholi punktlari qurilishini kengaytirish va u yerlarni kelgindi yahudiylarga anneksiya qilib, Aqso masjidiga bostirib kirishni kuchaytirish to‘g‘risida bayonot yangradi. Haqiqatda ham u o‘zining ko‘chmanchi to‘dalari bilan ayni tahdidini amalga oshirdi. Yahudiy politsiyasi himoyasida qilingan bu ishda u yer va bu yerda yangragan norozilik va tahdidlarga e’tibor berilmadi. Zero, AQSH prezidenti Baydenning – biz bu hukumat tuziladigan bo‘lsa, u bilan ham, uni tuzgan ayrim fundamentalist yahudiylar, shu jumladan Ben-Gvir bilan ham aslo muomala qilmaymiz, deganligi ma’lum.

Shunga qaramay, Bayden hukumat tuzilishiga qarshi hech qanday chora qo‘llamadi. Agar bu o‘ng qanot hukumatining tuzilishi mintaqaga va Qo‘shma Shtatlar manfaatiga tahdid va xatar tug‘dirganda edi, Amerikaning haqiqatda bunga qarshi chora ko‘rishi aniq edi. Masalan, avval bir necha bor qilganidek, AQSH yordamlarini uzib qo‘yish yoki muzlatib qo‘yish bilan qo‘rqitish kabi. Hozirda yahudiylar Falastinda o‘zlariga chizib berilgan reja bo‘yicha ish qilishyapti. Bu ishlarni (ularga Falastindan milliy vatan berish to‘g‘risidagi) Balfur deklaratsiyasi niqoblab bergan.

O‘ng qanot hukumati so‘nggi yechimga, ya’ni Falastin masalasini yo‘q qilish yechimiga erishishda bosim sifatida foydalaniladigan kuzir kartasidir. Ma’lumki, bu so‘nggi yechimdan oldin bir qancha loyiha-rejalar amalga oshirilgan. Hozirgi hukumat esa, boshqaruvdagi o‘ng qanotu so‘l qanot va ilmoniy hukumatlarning eng xatarlisidir. Falastin masalasini yo‘q qilish rejasidan oldin amalga oshirilgan loyihalarda Sayks-Piko shartnomasi xulosalari va unda ko‘rsatilgan chegaralar qabul qilingan. Zero, bu soxta chegaralar bir butun Ummatni bo‘lib, parchaladi va liniyalarga, kichik-kichik davlatlarga aylantirdi… Na qiymati bor ularning, na qadri. Balki bu davlatchalar vazifasi Falastin doxil islomiy yurtlarni bosib olgan mustamlakachilarning maqsad va rejalarini bajarishdan iborat bo‘ldi. Ular Balfur deklaratsiyasidagi anavi jirkanch yahudiy vujudini tuzishda qatnashib, soxta urushlar o‘yinida ishtirok etishdi. Bu o‘yinlar yahudiylarga butun Falastinni, Sinay va Jo‘lonni ishg‘ol etishlariga imkoniyat yaratdi. Keyin Falastin Ozodlik Tashkiloti tuzilib, u mustamlakachilar uchun Falastin masalasini yo‘q qilishdagi qurollaridan biri bo‘lib xizmat qildi va hamon xizmat qilib kelmoqda. Mana, Rabot konferensiyasida zararkunanda davlatlar Ozodlik Tashkiloti Falastin xalqining yagona qonuniy vakili bo‘lishiga ovoz berishdi. Hozirda bu tashkilot Falastinning G‘arbiy Sohilidagi qolgan yerlarni yahudiylar manafaati yo‘lida boshqarmoqda.

Yahudiy vujudi Amerika boshchiligidagi butun G‘arb tomonidan himoya qilinuvchi vazifalantirilgan-funksional vujuddir. Amerika Misr, Iordaniya, Marokash, Qatar, Amirliklar… kabi yahudiy vujudini o‘rab turgan davlatlarga yahudiy vujudini himoya qilish, uni mintaqaga olib chiqish va tinchlik (aslida taslim bo‘lish) shartnomalarini imzolash vazifasini topshirgan… Shunday ekan, Falastin uchun mana shu shartnomalar xatarliroqmi yoki haybatli qilib ko‘rsatilayotgan o‘ng qanot hukumatimi?!

Yahudiy vujudi Amerikaning siyosiy kuzir kartasidir, xuddi terrorizm, yadro masalasi va Eron xavfi kabi mintaqadagi boshqa kuzir kartalari kabi. Ularning birortasi Amerika rejalari doirasidan chetga chiqmaydi va bu rejalar mintaqani Amerikaning himoyasiga garov qilib beradi. Agar mana shunday loyihalar bo‘lmaganda edi, hayotning barcha bo‘g‘inlarini o‘z changalida ushlab turgan AQSHning mavjud bo‘lib turishi ham bo‘lmas edi, albatta.

E’tibordan chetda qoldirmaslik kerak bo‘lgan ochiq haqiqat shuki, yahudiy vujudi yoshlar qarshisida ham sobit tura olmayapti… Vaholanki, bu yoshlarda moddiy kuch yo‘q, balki juda oz. Ularning qurollari o‘z masalalariga bo‘lgan iymonlari va qo‘llaridagi tosh va miltiqlar, xolos. Shunga qaramay, ular yahudiy vujudi harakatining falajlanishiga sabab bo‘ldilar, poytaxtlari Tel-Avivni qo‘rqinch va xavotir holatida yashashga majbur qildilar. Biroq, ahlimiz yana bir loyiha xavfini anglab yetmadi. U ham bo‘lsa, Oslo shartnomasi asosida paydo bo‘lgan ma’muriyat bo‘lib, u hozira talaba qizlarning sumkalarini o‘tkir narsa bormi-yo‘qligini bilish uchun tintuv qilayotgani bilan faxrlanyapti, yahudiylar bilan xavfsizlik kelishuvi tuzgani bilan maqtanib, buni muqaddas ish, deb bilyapti. Bu ma’muriyat Falastin va uning ahli uchun yahudiylarning o‘ng qanot-ekstremistik, deyilayotgan hukumatidan ham xatarliroqdir. Ammo haqiqatga asl voqeligi bilan qaralsa yahudiylarning bu hukumati bir zumda yiqilishi aniq. Chunki u kuchni kofir va munofiqlar arqonidan oladi.

Hozirgi o‘ng qanot hukumati Amerika tomonidan belgilangan rejaning bir qismidir. Ushbu reja voqelikni asos qilib olib, faqatgina o‘z qarashlarini o‘tkazadigan amerikacha yechimga erishishdan iborat. Unda yahudiylarning turar-joy qurayotganidan ko‘z yumilib, bu narsa qonuniylashtirilgan. Falastin yigitlariga esa, tazyiqlar o‘tkazilib, hijrat qilishlari uchun darvozalar ochib berilgan.

Yahudiy vujudi shunday natijani qo‘lga kiritmoqchiki, xalqaro hamjamiyat bu vujudning yahudiyligiga rozi bo‘lsin, ya’ni AQSH ma’qullovi ostida bo‘lgan Balfur deklaratsiyasida aytilganidek, bu vujudning milliy vujudga aylanishini qabul qilsin. Biroq, bu vujud tanasida demografik ziddiyat-illatning borligi ushbu yechimlar oldida jiddiy muammo bo‘lmoqda. Xuddi shuningdek, Aqso masjidining borligi va uning musulmonlarning birinchi qiblasi va Falastin zamini uzra ikkinchi islomiy muqaddas dargoh ekani, bu tuproqning xarakteri va tabiatiga nisbatan islomiy tushunchadan kelib chiqib yondashish musulmonlar qalblarida mustahkam joylashganligi mazkur yechim oldida ulkan to‘siq bo‘lmoqda. Shuning uchun birinchi bosqichda Falastin masalasiga nisbatan musulmonlardagi javobgarlik hissini yo‘q qilib, uni faqat falastinliklarga xos masalaga aylantirishga harakat qilishyapti. Keyin esa, Falastin masalasini o‘lik masalaga aylantirib, uni ta’lim dasturlaridan chiqarib tashlash, shu bilan Falastin va uning islomiy darajasi haqida hech narsa bilmaydigan avlod yetishtirish orqali musulmon xalqlarni «tarbiyalash»dan iborat uslubni qo‘llashmoqchi… Amaliyot asnosida Falastinning qolgan yerlarini ham bittama-bitta o‘zlashtirishmoqchi. Qolaversa, musulmon xalqlarga qilinayotgan tazyiqlar ham ayni maqsadlardan biri bo‘lib, shu orqali musulmonlarni tirikchilik bilan band qilib, bu va boshqa islomiy masalalarini unuttirishmoqchi.

Shu boisdan Falastin masalasi Islom xotirasida saqlangan bo‘lib, uning hukmi kundek aniq-ravshan, uning yechimi ham noma’lum emas, qidirish va ijtihod qilishga hojat yo‘q. Ya’ni Falastin roshid xalifa Umar ibn Xattob  zamonasida fath qilingan islomiy zamindir. U yahudiylar yashamasligi aytilgan Umariy shartnomasi asosida boshqarilgan. Ushbu Isro va Me’roj zamini vaqf bo‘lib, savdolashishni ham, muzokarani ham qabul qilmaydi. Anavi najas vujud bilan qilingan barcha kelishuvlar zarracha qiymati yo‘q botil kelishuvdir.

Ammo tub yechimga kelsak, u o‘z burchlarini ado etishdan kishanlanib qo‘yilgan islomiy armiyalarni harakatga keltirishdan iboratdir. Buning uchun esa, ishlar tizgini musulmonlardan xalifa sifatida bay’at olishga loyiq insonga topshirish bilan bo‘ladi. Zero, xalifa yahudiylarni ildizi bilan qo‘porib tashlab, Alloh Taoloning ushbu kalomi tasdiqi sifatida jirkanch vujudlarini yo‘q qiladi:

 إِنْ أَحْسَنتُمْ أَحْسَنتُمْ لِأَنفُسِكُمْ وَإِنْ أَسَأْتُمْ فَلَهَا فَإِذَا جَاءَ وَعْدُ الْآخِرَةِ لِيَسُوءُوا وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُوا الْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُوا مَا عَلَوْا تَتْبِيراً 

«Bas, qachon keyingi (buzg‘unchilikning) vaqti-soati kelganida, (ular yana) yuzlaringizni qaro qilishlari, avvalgi safar kirganlari kabi Masjidul (Aqso)ga kirishlari uchun hamda o‘zlari egallab olgan (barcha) yerlarni vayron etishlari uchun (yana dushmanlaringizni sizlarning ustingizga yuborurmiz)» [Isro 7]

Roya gazetasining 2022 yil 11 yanvar chorshanba kungi 425-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.