Bo‘linishlar AQSH jamiyatini kemirmoqda

94
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Bo‘linishlar AQSH jamiyatini kemirmoqda

Doktor Abdulloh Rubin

AQSH Kongressi 4 kunda tarixiy falajlikni boshdan kechirdi. Chunki Respublikachilar o‘zaro janjallashib, Vakillar palatasi uchun 14 marotaba spiker saylay olishmagan. Tarixiy deganimizning boisi, oldingi muvaffaqiyatsizlik 1860 yilda bo‘lgan. O‘shanda bo‘linishning notinch davrida spiker bilan bo‘lgan bir necha bor kelishuv urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqib, buning oqibati fuqarolar urushiga olib kelgan edi. Hatto ayrim amerikalik tarixchilar Oq uyni «Qo‘shma Shtatlarning yana o‘sha fuqarolik urushidan avvalgi tang vaziyatga o‘xshash krizis tomon ketayotganligi»dan ogohlantirishdi. Hozir deputatlar bir-birlari bilan tortishayotgan ekan, 6-yanvar qo‘zg‘olonining 2 yilligi xotirlandi. Unda deputatlardan biri qolgan deputatlarga Trampning g‘azabnok to‘dasi Trampdan saylovni o‘g‘irlaganlikda ayblashgan Vakillar palatasining sobiq demokrat raisini qidirib, qanday qilib ularning ortlaridan eshiklarni qoqqanini eslatib o‘tdi. Bayden qudratga kelgandan beri Respublikachilar zaiflashib qolishgandi. Chunki Kongressning ikkala palatasi ham uni qo‘llab-quvvatladi. Biroq, ikki oy oldin, oralik saylovlarda Respublikachilar partiyasi bir oz ko‘pchilik ovoz bilan – Respublikachilar 222, Demokratlar 213 bilan – Vakillar palatasi ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Ushbu g‘alaba bilan Respublikachilar Tramp ma’muriyatidan keyin birinchi marta Bayden ma’muriyatini javobgarlikka tortishga va keyingi ikki yil ichida uning hokimiyatini cheklashga umid qilishayotgan edi. Biroq bu umidlariga erishish uchun ular avvalo Vakillar palatasi rahbarligini bajaruvchi spikerni saylashlari kerak edi. Ammo partiyalari ichki bo‘linishga uchradi.

Aslida bu ish qiyin emas edi. Ammo bu safar oson bo‘lmadi. Ma’lum bosqichda va mashaqqatlar ortib, keskinlik g‘oyat kuchaygan bir paytda, Vakillar palatasining bir a’zosi Mett Gets bilan bellashishdan mahrum etildi. Kevin Makkartnining saylanishiga to‘sqinlik qilgan fraksiyaga Mett Gets boshchilik qilardi. Oxir-oqibat, o‘n beshinchi urinishda, 7 yanvar shanba kuni erta tongda muxolafatdagi Respublikachilarning ko‘pchiligi o‘z hamkasblari bilan Makkartni uchun ovoz berishda qatnashishgach, Makkartni tegishli tartibda Vakillar palatasiga spiker etib saylandi. Lekin Respublikachilardan 6 nafari ovoz berishdan hamon bosh tortmoqdalar. Xo‘sh, unga ovoz berilgan ekan, bu bo‘linib chiqqanlar nima istashyapti, Kevin Makkartni Vakillar palatasiga spiker etib saylanishi bilan nima o‘zgaradi?!

Yigirma nafar Respublikachi o‘z partiyalaridan bo‘lsa ham Makkartnini korrupsiyalashgan rejimdan biri deya da’vo qilib, avvalda unga qarshi ovoz berishgan edi. Konservativ sharhlovchilardan biri Taker Karlson bunday deydi: «Makkartni unchalik konservativ emas, u mafkuraviy jihatdan neytral bo‘lib, uning haqiqiy auditoriyasi Vashington lobbisidir. Agar siz halol siyosiy e’tiqodli bo‘lsangiz, Makkartnining bu holati sizni jahlingizni chiqarishi kerak». Shunga qaramay, Makkartni saylandi. Hatto kelasi yildagi prezidentlikka nomzodini qo‘ygan Tramp ham partiyani Makkartni atrofiga birlashishga chaqirib, «ey Respublikachilar, ushbu ulkan g‘alabani katta sharmandali mag‘lubiyatga aylantirmang, bayram qilish vaqti keldi va bunga siz haqlisiz, Kevin Makkartni hali yaxshi ishlar qiladi!», dedi.

Makkartni bir necha yon berishlar taqdim etgandan keyingina spiker etib tayinlandi, jumladan, spikerni ishdan olishni osonlashtirish ana shu yon berishlardan biridir. Unga ko‘ra, spikerni ishdan olish uchun ovoz berishni boshlashga faqat bir kishining ovozi yetarli bo‘lishiga ruxsat berildi. Bunga qo‘shimcha, hozirda Makkartni Ozodlik jamiyati a’zolariga kelajakda qonun chiqarish, unga o‘zgartish kiritish va uni Vakillar palatasida muhokama qilishda salmoqli fikrga ega bo‘ladigan muhim qo‘mitalardan mansablar beryapti. U, shuningdek, deputatlarning hukumat xarajatlariga qarshi pozitsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga ham rozi bo‘ldi. Bunga javoban Demokratlardan kongressmen Erik Suolvell «isyonchilar ikki yil oldin Kapitolini egallashga muvaffaq bo‘lisholmagandi, ammo bugun Kevin Makkartni Respublikachilar partiyasini egallashni isyonchilarga qo‘yib beryapti», deya shikoyat qildi. Kelgusi oylarda juda kuchli tergov ishlari boshlanishi kutilmoqda, masalan, Federal Tergov Byurosining siyosiy roli, KOVID-19ning kelib chiqishi, 6 yanvar hodisalariga oid til biriktiruvlar va kelasi saylovlarda bo‘lishi aytilayotgan soxtalashtirish kabi masalalarda. Bundan tashqari, Demokratlar taklif qilgan yangi qonunchilik to‘siq qo‘yilmoqda. Shuningdek, joriy yil oxirida Federal qarz chegarasini 31.4 trillion dollardan oshirish va kelgusi Federal budjetni tasdiqlash paytida ham turli xil inqirozlar kelib chiqishi turgan gap. Hozirda Vakillar palatasi 2024 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida konservatorlar kurashini qayta boshlash vakolatini qo‘lga kiritgan.

Roya gazetasining 2022 yil 11 yanvar chorshanba kungi 425-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.