Yurtimiz sinov maydoni emas

151
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yurtimiz sinov maydoni emas

Bugungi xalqaro vaziyat ikki marta takrorlanmaydigan imkoniyatdir

Ustoz Bilol Muhojir

Armiya qo‘mondonligidagi ikki qanot-Fayz Hamid (u bilan birga Imron Xon) va general Bajva o‘rtasidagi bellashuv o‘zaro muvofiqlashgach, Pokiston Qurolli kuchlari qo‘mondonligi general Bajvaning armiya qo‘mondonligi xizmati muddatini uzaytirish yoki qo‘mondonlikdan bo‘shatib, uni o‘ng qo‘li Osim Munirga topshirish masalasini ko‘rib chiqdi. Yig‘ilganlar orasida Osim Munirga yadroviy Pokiston armiyasi qo‘mondonligiga loyiqligini isbotlashi uchun imkoniyat berish to‘g‘risida ovozlar yangradi. Vaholanki, general Munir hech qachon armiyani oldinga siljitmagan edi. U qo‘mondonlikda ishlagandan beri faqat Bajvaning o‘ng qo‘li bo‘lgan, xolos! Odamlar Pokiston qo‘mondonligidagi generallarning hech biri hech qachon malakali qo‘mondon bo‘lishmaganini, balki molu mansab qahramonlari bo‘lishganini bilmaydilarmi?! Aynan shu generallar Musharraf va Navoz Shariflar tarafiga o‘tib, AQSHning Islom va musulmonlarga qarshi salibchilik hamlalarida yordam berish bilan Amerikaga mintaqada imkoniyat yaratib, unga Afg‘onistonni ishg‘ol qilishida yordam berdi-ku… Hamon uning mintaqadagi nufuzini himoya qilishyapti-ku… Bu generallarning xiyonatlari hatto Islom va musulmonlarning ashaddiy dushmani, Amerikaning yangi ittifoqchisi va Afg‘onistonda Pokiston o‘rniga malay bo‘layotgan va u yerda nufuzda AQSH bilan sheriklik qilayotgan mushrik davlat Hindiston uchun imkoniyat yo‘llarini ochib berish darajasiga yetib bordi-ku… Odamlar bularni bilmaydimi?!

General Munirga imkoniyat berish to‘g‘risida ovozlarini ko‘targanlar Pokiston armiyasi bosh qo‘mondonligining asl basharasi qandayligidan va unga qanday shartlar asosida kirilishidan, komandaga yangi odamni a’zo qilishga va bu a’zoga harbiy unvon berib, a’zolik muddatini uzaytirishga kim qaror berishidan, undagi a’zolar faqat jamoatchilik fikrini adashtirish uchungina qarorni qo‘llab-quvvatlashidan o‘zini bexabar qilib ko‘rsatyapti… Agar Pokiston armiyasidagi bu ahvol fosh bo‘lib qolsa, qaror sohiblari bu haqda shunday bir afsonani o‘ylab topadilarki, u avvalgisidan ham battar mavhum bo‘ladi!

Pokistondagi siyosiy va harbiy ishlarni kuzatib borayotgan kishiga sir emaski, mamlakatdagi armiya qo‘mondonligini yoki siyosiy rahbariyatni kimning qo‘liga topshirish to‘g‘risida birdan-bir qaror chiqaruvchi taraf Amerikadir, bu borada unga hech kim raqobatchi emas. Hatto qator xabarlarga ko‘ra, Pokiston armiyasidagi yuqori lavozimlarga tayinlash uchun nomzodlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlarda AQSHning Markaziy Razvedka Byurosi ofitserlari bilan Islomoboddagi elchixonasi mulozimlari qatnashadi. Hatto ular uchun Pokiston armiyasi qo‘mondonligining Ravalpindidagi qarorgohida alohida idora ham ochib berilgan! Ya’ni armiya shtabiga amerikaparast harbiylarnigina tayinlash bilangina kofoyalanilmaydi, balki shu bilan birga, ularing ishlari va Amerikaning mintaqadagi manfaatlariga xizmat qiladigan ko‘rsatmalarni bajarishlari kuzatib ham turiladi.

Bu achchiq haqiqat bo‘lib, ba’zilar aytayotganidek xayol emas. Balki voqea-hodisalarni kuzatadigan va ulardan xabardor bo‘lgan har bir inson uchun ochiq ma’lumdir. Shuning uchun general Munirga fursat berish va undan keyin kim bo‘lishi to‘g‘risida ko‘tarilgan ovozlar xuddi undan avval general Bajvaning va undan oldingi generalning tayinlanishida ham ko‘tarilgan edi. Hech shubha yo‘qki, bu ovozini ko‘targan shaxslar mazkur haqiqatni juda yaxshi bilishadi. Biroq, bugungi ish Amerikaning Pokistondagi o‘z malaylari bilan boshlagan navbatdagi boshqa o‘yinidir. Maqsad, mavjud ilmoniy rejimni siyosiy va harbiy ikkala qanoti bilan to odamlarga fosh bo‘lgunga qadar saqlab qolishdir. Fosh bo‘lganda boshqa alternativa ham tayyor, yana eskini yangi o‘rniga qo‘yiladi va hokazo davom etaveradi… Agar hozirgi bosh qo‘mondon – ya’ni general Munir va uning komandasi a’zolari avvalgilardan boshqacha bo‘lganda edi, bu birinchi kundayoq, hatto saylanishdan oldinoq ma’lum bo‘lgan bo‘lur edi. Chunki bu generallarning har biri Pokistondagi hozirgi vaziyatni o‘zgartirishga qodir. Agar buni istasa, hozirgilardan farqli dunyoqarashga ega bo‘ladi. Misol uchun general Munir ilgari Pokiston Armiyasining shimolidagi Gujranvala korpusi qo‘mondoni bo‘lgan va Kashmirni ozod etish uchun bostirib kirishga qodir edi, bu bilan armiyaning qolgan korpuslari ham uni qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lishardi. Darhaqiqat, Munir hofizi Qur’on ekanligi bilan mashhur bo‘lgan va Hindiston uni «mullo general», deb ataydi. Biroq, u Islomga moyilligida rostgo‘y bo‘lganda edi, albatta Hizb ut-Tahrir qo‘liga qo‘lini uzatgan va unga Xalifalik davlatini barpo etishda nusrat bergan bo‘lur edi. Ammo buning aksi o‘laroq, bu kimsa Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi quvg‘inlarda til biriktirdi hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishda Hizbga nusrat berish tashabbusini ko‘rsatgan ayrim zobitlarning qatag‘on qilinib, qamoqqa tashlanishiga qo‘l qovushtirib turdi.

Ming afsuski, aslida Pokistondagi bugungi harbiy va siyosiy rahbariyat hech qaysi generalga Islom va musulmonlar hamda yurt ahli oldida o‘z sadoqatini isbotlash imkonini bermaydi. Ularning har birining ahvoli aniq bo‘lib, noaniq narsa yo‘q. Shuningdek, Islom Ummati va sonlari ikki yuz milliondan ortiq pokistonlik musulmonlar ham ustida tajriba o‘tkaziladigan sichqon yoki harbiy sinov o‘tkaziladigan baza emaslar. Shunday bo‘lsa-da, bu generallar o‘zlarini musulmonlar manfaatini himoya qilish, asosan, ushbu Islom bilan ta’sis etilgan o‘lkada Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritish borasida o‘zlarini isbotlash imkoniyatini qo‘ldan boy berishdi. Bas, bu qo‘mondonlarga imkoniyat berilishini talab qilayotganlar uyalsinlar. Chunki ularga qayta-qayta imkoniyat va fursat beraverish ularni va xo‘jayinlari Amerikani yanada bebosh qilmoqda… Yanada Pokistonni oyoq osti qilib, ahliga ziyon keltirishyapti, baxtsizliklariga badbaxtlik, zaifliklariga zaiflik va qaramliklariga qaramlikni ziyoda qilmoqda.

Bu qo‘mondonlarning asl basharasi shu ekan, o‘z navbatida, bu haqiqat avvalo harbiy muassasadagi xolis rahbarlarga har qachongidan ham bugun ko‘proq vazifa yuklamoqda. Ushbu vazifa mamlakatdagi islomiy yadroviy jihodiy harbiy muassasani barcha kirliklardan tozalashdan hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishdan iborat. Xalifalik davlati yurt va fuqaroni Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarib, haqiqatni ro‘yobga, botilni chippakka chiqaradi. Bu bilan Alloh Subhanahu va Taolo bizdan rozi bo‘lib, dushmanlarimiz ustidan nusrat beradi. Ana shunda ushbu davlatning nufuzi yetgan barcha yerda xavfsizlik, tinchlik va farovonlik hukm suradi. Rosululloh  bunday marhamat qilganlar:

«يَكُونُ فيِ آخِرِ أُمَّتِي خَلِيفَةٌ يَحْثِي الْمَالَ حَثْياً، لاَ يَعُدُّهُ عَدَداً»

«Oxiri zamonda Ummatimga shunday bir xalifa bosh bo‘ladiki, u mol-dunyoni odamlarga hisoblab o‘tirmay, hovuchlab ulashadi» (Muslim rivoyati).

Hozirda ushbu aziz musulmon Ummatining voqeligi shundan iboratki, u mustamlakachilikdan hamda o‘zi va boyliklari ustidan bo‘lgan hukmronlikdan qutulishga mushtoq bo‘lib, bundan qutulish uchun o‘zining molu jonini berishga tayyor… Xalqaro voqelik esa shundan iboratki, dunyo davlatlari bir-birlaridan bo‘lingan bo‘lib, nufuz va boylik ustida o‘zaro kurashib yotishibdi… Ushbu voqelik Ummatning xalos bo‘lishini va Xalifalik davlatini e’lon etishini osonlashtirmoqda. Ummatning bugungi holi xuddi Nabiy ning voqeliklariga o‘xshaydi. Ul zot Fors va Rum o‘rtasida bo‘lib o‘tgan janglardan foydalanib, Madinai Munavvarada Islom davlatini barpo etdilar. Shuning uchun Pokiston armiyasidagi xolis insonlar tarixdan saboq olib, fursatni qo‘ldan boy bermay, Hizb ut-Tahrirga nusrat qo‘lini uzatsinlar. Ular Hizbning qanchalar tayyorligini, siyosiy iqtidori va yorqin minhojini yaxshi biladilar. Bu iqtidor va minhoj Hizbga xalqaro va regional kurashga – Allohning madadi ila – qarshi turish imkonini beradi. Bu xolis harbiylar ushbu nusratlari bilan noaniq narsani tajriba qilayotganlari yo‘q. Chunki Islom voqelikda o‘n uch asrdan ziyod vaqt tatbiq bo‘ldi. Bundan tashqari, Islom bilan hukm yuritish har narsadan xabardor bo‘lgan Alim zotni, har ish hikmatini biluvchi Hakim zotni hamda barchamizni yaratgan Alloh Subhanahuni rozi qiladi. koinot, inson va hayotni yaratgan zotning vahiysi bo‘lmish bu rabboniy tuzumdan boshqa insonlarga yaroqli bo‘lgan va hollarini isloh qiladigan tuzum mavjud emas.

Ey Pokiston armiyasidagi xolis insonlar!

Alloh Subhanahu va Taoloning ushbu kalomida aytilgan kimsalardan bo‘lmang:

 أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَنْ يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَنْ يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَنْ يُضِلَّهُمْ ضَلَالاً بَعِيداً * وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا إِلَى مَا أَنْزَلَ اللَّهُ وَإِلَى الرَّسُولِ رَأَيْتَ الْمُنَافِقِينَ يَصُدُّونَ عَنْكَ صُدُوداً 

«(Ey Muhammad), o‘zlarini sizga nozil qilingan narsaga (ahkomlarga) va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning shaytonga hukm so‘rab borishni istayotganlarini ko‘rmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni butunlay yo‘ldan ozdirishni istaydi. Qachon ularga – Alloh O‘z Rosuliga nozil qilgan ahkomlarga kelinglar, deyilsa, u munofiqlarning sizdan qattiq yuz o‘girganlarini ko‘rdingiz» [Niso 60-61]

Alloh Taoloning ushbu kalomini unutmang:

 وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذْنِ اللَّهِ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذْ ظَلَمُوا أَنْفُسَهُمْ جَاءُوكَ فَاسْتَغْفَرُوا اللَّهَ وَاسْتَغْفَرَ لَهُمُ الرَّسُولُ لَوَجَدُوا اللَّهَ تَوَّاباً رَحِيماً * فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنْفُسِهِمْ حَرَجاً مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيماً 

«Biz qay bir payg‘ambarni yuborgan bo‘lsak, faqat Allohning izni-irodasi bilan unga itoat qilinsin, deb yuborganmiz. Agar ular (shaytondan hukm so‘rab borishlari bilan) jonlariga jabr qilgan paytlarida darhol sizning oldingizga kelib, Allohdan mag‘firat so‘raganlarida va payg‘ambar ham ular uchun mag‘firat so‘raganida edi, Allohning tavbalarni qabul qilguvchi, mehribon ekanligini topgan bo‘lur edilar. Yo‘q, Parvardigoringizga qasamki, to ular o‘z o‘rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha-bo‘ysunmagunlaricha zinhor mo‘min bo‘la olmaydilar» [Niso 64-65]

Roya gazetasining 2022 yil 11 yanvar chorshanba kungi 425-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.