Hindiston musulmonlarning 4500ta uyini buzish to‘g‘risida qaror chiqardi

127
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hindiston musulmonlarning 4500ta uyini buzish to‘g‘risida qaror chiqardi

Al-Jazira net veb-sayti (hijriy 1444 yil 9 jumodussoniy, milodiy 2023 yil 2 yanvar dushanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

Hindiston shimolidagi Xaldvani shahrida minglab musulmonlar sudning 4500ta uyni «ruxsatsiz qurilgan», degan bahona bilan buzish to‘g‘risida chiqargan qaroriga norozilik sifatida namoyish qilishdi. Sud o‘nlab yil yashab kelgan bu uylar aholisiga uyni bo‘shatishga bir necha kun muhlat bergan.

Roya:

Bu qaror Hindiston hukumatining musulmonlarga qarshi qator jinoyatlariga hamda ularga nisbatan chiqargan qator adolatsiz qonunlariga yana bir qo‘shimcha bo‘ldi. Hali bu yoqda ularga qarshi hindular tomonidan vahshiyona jinoyatlar sodir etilmoqda va bu jinoyatlar yashirilib, jinoyatchilar hind xavfsizlik kuchlari tomonidan himoya qilinmoqda. Bu hukumat musulmonlar uylarini buzish to‘g‘risida qaror chiqarar ekan, har safar turli asossiz narsalarni bahona qiladi. Bu safar ham buzish uchun minglab oilalarning noqonuniy va ruxsatsiz yashaganini, bu yer temir yo‘l idorasi mulki ekanini, uylarni temir yo‘l loyihasi uchun buzayotganini bahona qilib keltiryapti. Vaholanki, uylar aholisi bu uylari ajdodlaridan meros bo‘lib kelganini hamda elektr energiyasi va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘layotganlarini, qo‘llarida turar-joyga egalik huquqlari va boshqa hujjatlari borligini ta’kidlamoqdalar.

Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, ushbu adolatsiz qaror soyasida bu oilalarning kelajagi qorong‘i qolmoqda. Chunki ular o‘z farzandlarining viloyatda o‘qishni davom ettirish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lganlar. Hatto mahalliy matbuot bu aholiga qahraton qish kunlarida ochiq havoda qolish xavfi tahdid solayotganini yozmoqda.

Roya gazetasining 2022 yil 11 yanvar chorshanba kungi 425-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.