Bayden: Biz ularning iqtisodiyotimizni parokanda qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz

244
0

Bayden: Biz ularning iqtisodiyotimizni parokanda qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz

AQSH prezidenti Jo Bayden bir guruh demokrat kongressmenlar bilan birgalikda mamlakat tashqi siyosiy masalalarini muhokama qildi. Oq uyda bir guruh demokrat deputatlarni mehmon qilgan Bayden o‘z nutqi davomida respublikachilarning iqtisodiy siyosatiga hujum qildi.

Bayden Medicare (kam ta’minlangan odamlarga beriladigan davolanish imtiyozlari) va ijtimoiy xavfsizlik xarajatlarini qisqartirishni talab qilgan respublikachilarni “ekstremistlar” deya ta’riflar ekan, “Respublikachilarga iqtisodiyotimizni parokanda qilishiga yo‘l qo‘yish niyatim yo‘q”, dedi.

Bundan bir necha kun avval Respublikachilar partiyasining rahbari va AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp prezident Jo Baydenning davlat xarajatlarini tanqid qilib chiqqan edi. “Biz Baydenning nazoratdan chiqib ketgan xarajatlarini mutlaqo to‘xtatishimiz kerak bo‘lsa-da, bu og‘riqni mehnatkash amerikalik oilalar va keksalar emas, Vashington byurokratlari ko‘tarishi kerak”, deya video murojaat bilan chiqqan edi Tramp o‘zining “Truth Social” nomli ijtimoiy tarmog‘i orqali.

Izoh: Bugungi kungi Amerika ham siyosiy, ham iqtisodiy juda og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Mamlakatni galma-gal boshqarib kelayotgan ikki partiya bir-biriga qarshi har qadamda choh qazish uchun fursat poylamoqda. Bu ikki partiya o‘rtasida yuzaga kelgan kurash bugungi kunda, juda xavfli tusga kirdi. Hatto mamlakatni boshqarayotgan partiyaning manfaatlariga zarba berish payiga tushgan muxolif partiya uning boshqaruvini izdan chiqatish uchun xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilishdan ham tap tortmay qoldi. Masalan Tramp boshchiligidagi Respublikachilar partiyasi hozirda hokimiyatni boshqarayotgan Bayden boshchiligidagi Demokratlar partiyasining boshqaruvini izdan chiqarish uchun Saudiya Arabistoniga neft qazib olish hajmini kuniga 2 million barrelga kamaytirish haqida qaror chiqartirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad Amerikada yoqilg‘i narxi oshishinini ta’minlash va bu orqali Bayden boshqaruviga nisbatan amerikaliklar nazarida yomon tasavvur uyg‘otish edi.

Demokratlar partiyasi ham o‘z navbatida Respublikachilar partiyasini “ekstremistlar” deya tanita boshladi. Chunki Trampning qurolli tarafdorlari 2021 yil 6 yanvar kuni Vashingtonda politsiya bilan to‘qnashgan va AQSH Kongressi binosiga bostirib kirgan edi.

Ikki partiya bir-birini nishonga olishda davom etar ekan, iqtisodiy yemirilish Amerikani tubsiz jarlik sari yetaklamoqda. Ularning amerikaliklar o‘rtasidagi bo‘linishni kattalashtirayotganiga nazar solgan kishi Amerikadagi inqirozning naqadar jiddiyligiga va kundan-kunga murakkablashayotganiga guvoh bo‘ladi. Bugungi kunda Amerikaning ijtimoiy, iqtisodiy va harbiy sohada, shuningdek ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit kabi mahalliy sohalarda, hamda geosiyosiy ustuvor masalalarda tanazzulga uchraganini payqash qiyin bo‘lmay qoldi. Rasmiy tashkilotlar tarafidan chiqarilgan raqamlar va statistikalarga qaralsa, Amerikada yuz berayotgan iqtisodiy yemirilishni yana-da yaqqol ko‘rish mumkin.

Shubhasiz, yaqinda tiklanishi kutilayotgan Xalifalik davlati Alloh Azza va Jallaning izni ila, kapitalizm dunyosini vayron qiladi va barcha insoniyatni kapitalistik sistema yovuzligidan qutqaradi, hamda mustamlakachi davlatlar, xususan, Amerikaning yomonligidan butun bashariyatni qutqaradi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.