Shvetsiyada Qur’oni Karim yoqib yuborildi
Shvetsiyada Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yubordi. Paludan Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yonida namoyish uyushtirish va Qur’onni yoqish uchun Shvetsiya politsiyasidan ruxsat olgan edi. Shvetsiya hukumati so‘z erkinligining bir qismi sifatida Paludanga bu harakatni amalga oshirishga ruxsat berdi va uni politsiya orqali himoya qildi.
Ushbu ruxsatnoma asosida elchixona binosi yonida namoyish uyushtirgan Paludan, o‘zini kuzatib turgan olomon oldida nutq so‘zladi. U nutqi davomida o‘ziga e’tiroz bildirgan turk fuqarolari va musulmonlarga ham munosabat bildirdi. Paludan nutq so‘zlagan hududda keng qamrovli xavfsizlik choralari ko‘rildi, lentalar bilan o‘raldi va atrofiga ko‘plab politsiya xodimlari joylashtirildi.
Izoh: G‘arb “so‘z erkinligi”ni ro‘kach qilib Paludanning bu jirkanch ishini oqlashi uning ikki yuzlamachi munofiqligini yana bir bor butun dunyoga havola qilmoqda. Chunki Qur’oni Karimni yoqish yoki Rosululloh ﷺni karikatura qilish kabi Musulmonlarning muqaddasotlari oyoqosti qilinganda darhol “so‘z erkinligi” o‘rtaga tashlanadi. Ammo o‘zlariga kelganda esa, “so‘z erkinligi” degan gap unutiladi. Masalan, bir tasavvur qiling, agar o‘sha la’nati Rasmus Paludan «xolokost» va uning oqibatlarini tanqid qilib chiqqanda nima bo‘lardi, albatta hukumat uni qo‘liga kishan solib, ishini sudga oshirgan bo‘lardi. Natsistlar krematoriylarini inkor qilgan tarixchi Devid Irvingning 2006 yil 20 fevralda Avstriya sudi tarafidan 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi yoki 2012 yili xolokost tushunchasiga qarshi fikr bildirgan Silviya Stolzni 1 yil 8 oy qamoqqa hukm qilinishi yoki xolokostni rad etgan 94 yoshli faol Ursula Xaferbekning 2022 yilda bir yilni panjara ortida o‘tkazishi yoki nemislarning yahudiylarga qarshi qaratilgan jinoyatlarini yolg‘on degan xulosaga kelgan Fransuz faylasufi Roje Garodining katta miqdorda jarimaga tortilishi, bularning barchasi “so‘z erkinligi”ning quruq safsata ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Agar hozirda musulmonlarning boshini birlashtiradigan bitta Xalifasi bo‘lganda edi, kufr ahli Islom va uning muqaddasotlariga qarshi bunday haqoratomuz harakatlarga qo‘l urishga jur’at qila olarmidi?! Yo‘q albatta. Chunki Xalifa musulmonlarni moddiy va ma’naviy har qanday hujumlardan himoya qiladigan qalqondir. Rosululloh ﷺ bunday marhamat qildilar:
«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مَنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»
«Imom qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi» (Muttafaqun alayhi).
Bu qalqon qariyb 1400 yil musulmonlarni himoya qildi. Buni Xalifalik tarixi o‘z tili bilan aytib turibdi. Qachonki, musulmonlar bu qalqonni qayta tiklasalar, Allohning izni ila yana o‘z azizliklarni ko‘lga kiritishlari muhaqqaqdir.
Zohid Zargar