Rossiya “Qambar ota-1” GES qurilishida ishtirok etmoqchi

17
0

Rossiya “Qambar ota-1” GES qurilishida ishtirok etmoqchi

 Xabar: Rossiya “Qambar ota-1” GES qurilishida ishtirok etmoqchi. Bu haqda Qirg‘iziston parlamentining yoqilg‘i-energetika kompleksi, yer qa’ridan foydalanish va sanoat siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida energetika vaziri Taalaybek Ibrayev ma’lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat kelajakda 1860 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan GES qurish bo‘yicha megaloyihani boshlamoqda.

 «Agar GES qurilsa, undan o‘zimiz foydalanamiz. Ishtirokchilar esa qurilishga qancha hissa qo‘shgan bo‘lsa, shuncha elektr energiyasi oladi. Hozir Rossiya ham bizga murojaat qildi va loyihaga qo‘shilib, moliyalashtirmoqchi”, – dedi Taalaybek Ibrayev.

 Izoh: 2016 yil avgust oyida Rossiya hozirgi iqtisodiy holatida kelishuvdagi yirik loyihalarni moliyaviy jihatdan ta’minlay olmasligini tan olganidan so‘ng Qirg‘iziston hukumati 31 dekabr kuni Qambarota -1 va Yuqori Norin GES kaskadlarini qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha Rossiya bilan erishilgan kelishuvni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va GESlarni qurilishiga sarflangan 37 million dollarni Rossiyaga qaytarib berish lozimligini bildirgan edi.

 Sadir Japarov 2021-yil 11-12 mart kunlari Toshkentga qilgan safari chog‘ida Qambaota-1” GESini hamkorlikda qurish borasida kelishuvga erishildi. Keyinchalik, bu loyihaga Qozog‘iston ham qiziqish bildirib, GESni uch davlat o‘zaro hamkorlikda qurishga kelishib olishdi. Joriy yilning 6 yanvar kuni Qirg‘iziston Energetika vazirligida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov «Qambarota-1» GES qurish bo‘yicha yo‘l xaritasi kelishuvi imzolandi.

 “Qambar-Ota-1” GES qurilishi uchta qo‘shni davlat uchun foydali deb aytishimiz mumkin. Qirg‘iziston elektr energiyasini import qilmaydigan, aksincha eksport qiladigan davlatga aylanishi kerak. Qurilishga tayyorgarlik boshlab yuborildi. GES quvvati 1860 MVt ni tashkil etadi”, – dedi Taalaybek Ibrayev.

 Markaziy Osiyodagi uch respublika “Qambarota-1” GESini barpo etishga bo‘yicha bir qarorga kelib, bu yo‘lda dastlabki qadamni tashlashlari hamon Rossiya “ishga sherik” bo‘lish orqali loyiha nazoratini o‘z qo‘liga olish harakatini boshladi. Holbuki avvalroq Rossiya bu kabi ulkan loyihani amalga oshirish imkoniga ega emasligini ma’lum qilgan edi. “Qambarota-1” GESi strategik ahamiyatga ega bo‘lib, qaysi davlat buni o‘z qo‘liga oladigan bo‘lsa birinchidan ulkan daromadga, ikkinchidan rasmiy hukumatga bo‘lgan ta’sirini oshirishga muvaffaq bo‘ladi. Shu sababli ham Rossiya GES kabi muhim strategik obyektni osonlikcha boshqa davlat qo‘liga topshirib qo‘ymaydi yoki bu uch respublika mustaqil barpo etishlariga yo‘l qo‘ymaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.