Xalifalik davlatida aholi salomatligini saqlash

204
0

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Xalifalik davlatida aholi salomatligini saqlash

Aholi salomatligining umumiy asoslari

Aholining salomatligi toza ichimlik suvi, oziq-ovqat, atrof muhit tozaligi, emlash va boshqa sohalar kabi butun bir kull(umumiy) sifatida jamoatning salomatligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarga bog‘liqdir. Aholi sog‘lig‘ini saqlashning maqsadi sog‘liqni butun davlat darajasidagi siyosat yo‘li orqali rivojlantirishga qaratiladi. Aholi sog‘lig‘ini saqlash davlat tomonidan amalga oshiriladigan kanalizitsiya tarmoqlarini qurish va tabiiy qo‘riqxonalarni tashkil etish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u yo‘l harakati qoidalari, shovqin-suron ko‘tarmaslik va atrof muhit ifloslanishini odini olish kabi Xalifa tabanniy etadigan qonun-qoidalarni o‘z ichiga oladi. Aholi sog‘lig‘ini saqlashda davolashdan ko‘ra kasalliklarni oldini olishga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Shuning uchun kasalliklardan saqlanish sog‘liqni saqlashdagi eng muhim omillardandir. Masalan, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida osh tuziga arzon yod qo‘shilishi bu mamlakatlarda yod taqchiligidan kelib chiqadigan qalqonsimon bez kasalliklari va aqliy zaiflik holatlarini, foliy kislatasini qo‘shilishi esa, yopishqoq naycha nuqsonlarini sezilarli darajada kamaytirdi.

Aholi sog‘lig‘ini saqlash quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

1-Toza ichimlik suvi, oziq-ovqat, havoning sofligi, atrof muhitning sanoat korxonalari chiqindilaridan tozaligi me’yorlarini saqlash bilan omma xalq sog‘lig‘iga xavf soladigan xatarlardan aholini saqlash.
2 – Kasalliklar namunalarini kuzatish, xalq salomatligiga xavf tug‘diradgan omillarni cheklash hamda bu kabi muammolarga yechimlar topish orqali aholi salomatligini yaxshilash. Gohida bu chekish yoki semirib ketishga bog‘liq tendensiyalani aniqlash orqali amalga oshadi yoki aholini bunday salbiy omillardan himoya qilish uchun cheklovlar kiritish bilan bo‘ladi. Aholi sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi muhim salbiy omillar yuzaga kelishi bilanoq ularga qarshi kurashish uchun reja va siyosiy munosabatlar ishlab chiqiladi. Masalan, jamoat joylarda chekishni taqiqlash yoki sog‘lom ovqatlanish uslubini targ‘ib etish shular jumlasidandir.
3 – Omma xalq salomatligiga aloqador bo‘lgan favqulodda holatlar uchun xozir va shay turish. Bu oshqozon-ichak kasalliklarining tarqalishini ham o‘z ichiga oladi.
4 – Emlash, skaner orqali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kabi sog‘liqni saqlash programalari. Ushbu ko‘rikni rejalashtirish va tartiblash umumxalq salomatligini saqlash darajasida bo‘ladi. Biroq, bunday tekshiruvning ijrosi mahalliy darajada yoki shaxslar uchun birlamchi tibbiy yordam darajasida bo‘lgani afzaldir. Shuning uchun bu masalaga jismoniy shaxslar uchun profilaktik tibbiy yordamga doir qismda to‘xtalamiz.

Aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida markazlashmagan boshqaruv tizimining ahamiyati

Aholi salomatligini saqlashdan maqsad butun davlat uchun umumiy darajaga qo‘yiladigan siyosatlar orqali salomatlikni mustahkamlashdir. Lekin, buning ijrosi mahalliy yoki mintaqaviy darajada bo‘ladi. Ya’ni, viloyatlar va umola(rayon)lar darajasida bo‘ladi. Shuning uchun me’yorlar (standartlar) davlatning umumiy doirasi uchun sog‘liqni saqlash organi tomonidan belgilanadi. Shu bois ham umolalar salomatlikni kuzatib borishda kattaroq faoliy qudratga ega bo‘ladilar. Bunga qo‘shimcha ular ishlab chiqilgan siyosatlarga muvofiq muayyan amaliy ehtiyojlarni ijro qilishga bo‘lgan qudratga ham ko‘proq egalik qiladilar. Gohida bu kanalizatsiya tizimlarini, atrof muhitning ifloslanishiga qarshi kurashishni va qurilish binolarini rivojlantirishini o‘z ichiga oladi. Bu ish hukm markaziy qolishi bilan bir qatorda boshqaruvni mintaqalarga ko‘chirishdagi xalifalik minhojiga mos keladi. Pandemiyalar kabi ommaviy musibat sodir bo‘lganda qarorning markazdan olinishi albatta foydaliroq bo‘ladi. Biroq, Kovid-19 pandemiyasiga qarshi kurashish shuni ko‘rsatdiki, kasalliklarni mahalliy suratda kuzatib borish, omma xalq salomatligi uchun iqlimiy, mintaqaviy programmalarni tatbiq etish kasallikning qay turda ekanligini tushinish uchun zarurdir. Bu kuzatuv emlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish programmalarini tartibga solish uchun zaruriy omildir.

Jamiyat salomatigi asoslanadigan mukammal-integratsial siyosatlarni ishlab chiqish

Bu yerda atrof-muhit, uy-joy, gigena, oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish, kambag‘allik va shu kabi jamiyat salomatligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan juda ko‘p omillar mavjud. Ularning salomatlik nizomiga bevosita aloqasi yo‘q. Biroq, ularning jamiyat sog‘ligiga, salomatligiga juda katta ta’siri bor. Bu omma xalq salomatligining juda ko‘p jixatlarida integratsial siyosiy qarorlarni qabul qilishni taqazo etadi. Islomda hukm markaziy ekan, albatta bu munosib umumiy siyosatlarni qabul etishni kafolatlaydi. Salomatlikka ta’sir ko‘rsatadigan turli sohalarni birlashtirish uchun qulay fursat yaratadi.

Aholi sog‘lig‘ini saqlashning quyidagi eng muhim sohalariga to‘xtalib o‘tamiz:

1. Oziq-ovqatni, oziqlantirishni va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.
2. Atrof-muhit tozaligi: Bunga suvning sifatini va havoning tozaligini kuzatib borish hamda atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish kiradi.
3. Umumiy salomatlikni nazorat ostiga olish.
4. Zoonoz(hayvoniy) kasalliklarning tarqalishini nazorat qilish va ularning oldini olish.
5. Oshqozon-ichak kasalliklarining yoyilishidan saqlanish va yuqumli kasalliklar tarqalgan paytda karantin rejalarini qo‘llash.
Ammo immunizatsiya va skring testlari kabi jismoniy shaxslar bilan ishlash kontekstidagi sog‘liqni saqlash dasturlarining boshqa omillari xaqida jismoniy shaxslarining sog‘liqlarini saqlashga aloqador bo‘lgan qismda to‘xtalib o‘tamiz.

Oziq-ovqat, oziqlantirish va oziq-ovqat xavfsizligi

Oziq-ovqatni ko‘paytirish va muvozanatli ovqatlanishni ta’minlash

Albatta ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik butun dunyoda aholi salomatligiga xavf tug‘dirayotgan eng muhim tahdidlardan bo‘lib, ularning ta’siri OITS, bezgak va sil kasalliklaridan ham kattaroqdir. Xozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, 690 millionga yaqin odam ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu dunyo aholisining 8.9 % iga teng. Ularning aksariyati (381 millioni) Osiyoda, yana 250 millioni Afrikada. Oziq-ovqat xavfsizliga kelsak, melodiy 2019 – yilda taxminan 750 million kishi oziq-ovqat xavfsizligining o‘tkir darajasiga duchor bo‘lgan va ikki milliardga yaqin odam bu muammoga duch kelgan. Ular xavfsiz, to‘yimli va yetarli oziq-ovqatga yetish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar.
Oziqlanish sifatiga e’tibor qaratish lozim. Chunki, muvozanatli oziqlanish sifatli salomatlik uchun zaruriy omildir. Yuqori darajadagi mashaqqatlarga sabab bo‘luvchi oziq-ovqat xavfsizligining yo‘qligi va sog‘lom ovqatlanishga qodir bo‘lmaslik quruq donga yoki baliq, yog‘li maxsulotlar, sut maxsulotlari, meva-cheva va sabzavotlari bo‘lmagan sifatsiz ozuqalanish odatiga olib keladi. Sog‘lom oziqalanishga bugungi kunda dunyoda uch milliardan oshiq odamning imkoniyati yo‘q. 1.5 milliardan oshiq shaxs minimal ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga olgan oziq-ovqatga ega emas. Sog‘lom ovqatlanishga qurbi yetmaydigan kishilarning aksariyati (1.9 milliard) Osiyoda, (965 millioni) Afrikada yashaydilar. Yana boshqalari Lotin Amerikasida va Qarib xavzasida (104.2 million) yashaydilar. Ularning ozroq qismi (18 millioni) Shimoliy Amerika va Yevropada kun kechiradilar.
Albatta, bu raqamlar – ayniqsa o‘sish salomatlik mezoni bo‘lib turgan bir paytda – salomatlikka bevosita o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishiga ishora qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan 21.3 % (144 million) bola rivojlanishda nuqsonlardan aziyat chekkan. 6.9 % i (47 millioni) isrofgarchilikdan va 5.6 % i (38 millioni) semirib ketishdan aziyat chekkan. Bu ochlikning sababi oziq-ovqatning yetarli miqdorda ishlab chiqarilmaganida emas, balki, oziq-ovqat va oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va oziq-ovqatdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishi , shuningdek, oziq-ovqatdan to‘g‘ri foydalanish uchun bilim va irodaning yetishmasligidir.

Xalifalik davlatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash

Oziq-ovqat xavfsizligi davlatning urushlar, qamallar, qurg‘oqchiliklar va falokatlar kabi oddiy va istisnoiy holatlarda o‘z aholi uchun oziq-ovqat va suv kabi asosiy ehtiyojlarni ta’minlay olishga bo‘lgan qudratidir. Oziq-ovqat manba’lari mavjud bo‘lib, u ishlab chiqarish va odil taqsimotga muhtoj bo‘ladi. Odamlar sonining ko‘payib ketishi, suvlarning va qishloq xo‘jaligi yerlarining kamayib ketishi odamlarning ochlikdan o‘lishlariga sababdir, degan gapning sog‘liqni saqlashda hech bir asosi yo‘q. Olimlar: agar dunyodagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan to‘g‘ri foydalanilsa, ular dunyodagi xozirgi aholi sonidan o‘n barobar ko‘pini oziqlantirar edi va oziqlantirganda ham, yuqori iste’mol darajasida oziqlantirar edi – deb hisoblaydilar.
Odamlarning ehtiyojlarini qondirish va bozorlarni oziq-ovqat maxsulotlari bilan to‘ldirish Xalifaning burchidir. Yetakchi odam qishloq xo‘jaligi mollari va oziq-ovqat maxsulotlari ta’minoti ozayib ketadigan urush holatlari, qaxatchiliklar, katta-katta talofatlar hisobini olib qo‘yishi lozim. Xalifa har bir shaxsning oziq-ovqat, kiyim-bosh va boshpanaga ega bo‘lishi uchun mas’uldir. Agar shaxs bu ehtiyojlar qashisida o‘z-o‘zini qondirishiga imkoniyati bo‘lmasa, uning bu ehtiyojlari baytul moldan yoki tegishli joylardan taminlanishi vojib. Usmon ibn Affondan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qildilar:
«ليس لابن آدم حقٌّ في سِوَى هذه الخِصال: بيتٌ يسكنُه، وثوبٌ يُواري عَوْرتَه، وجِلْفُ الخُبزِ والماء».
“Mana bu xislatlardan boshqasida odam bolasining haqqi yo‘q: boshpana bo‘ladigan uy, avratlarini yashirib turadigan kiyim, bir parcha non va suv”. Termizi rivoyat qilgan. Hamda sahih hadis degan.
Ammo oziq-ovqat xavfsizligiga erishishga kelsak, u asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish, import qilish va qishloq xo‘jaligi yerlarini zamoniy, ilmiy vosita uslublardan foydalangan holda ishlatish orqali asosiy oziq-ovqatni ta’minlashni taqazo etadi. Darhaqiqat, Islom yerga qayta hayot bag‘ishlash, uni tiriltirish masalasini Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning mana bu so‘zlari bilan yechib qo‘ydi:
مَن أحيا أرضًا ميِّتةً فَهيَ لَهُ وليسَ لعِرقٍ ظالِمٍ حقٌّ
“Kim o‘lik yerni tiriltirsa, bas u yer unikidir. Bu yerda zolim ter uchun haq yo‘dir”. Termiziy rivoyati. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam yana aytadilar:
مَن كانَتْ له أرْضٌ فَلْيَزْرَعْها، أوْ لِيَمْنَحْها أخاهُ
“Kimning yeri bo‘lsa, u yerda ziroatchilik qilsin yoki uni o‘z birodariga bersin”. Buxoriy rivoyati. Shuningdek, oziq-ovqat maxsulotlarini to‘ldirish uchun insonga muhim ozuqa bo‘lgan maxsulotlarni unchalik ahamiyatli bo‘lmagan maxsulotlardan oldinga qo‘yish lozim. Suvsizlikka qarshi kurashish, sabzavot va meva urug‘larining sifatini yaxshilash uchun va qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunadalariga qarshi kurashish vositalarini ishlab chiqarish uchun tadqiqot markazlarini tashkil etish lozim. Qishloq xo‘jaligining ichki va tashqi marketingini ta’minlash lozim. Chorvachilikka, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga, ayniqsa, oziq-ovqat maxsulotlarini uzoq muddat saqlashni yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratish lozim. Eng yangi zamonaviy uslublar bilan chorvachilikni rivojlantirishga ahamiyat berish lozim. Fermerlarni, chorvadorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvatlash, maxsulot yetishtirishni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan yem-xashak va o‘g‘itlarni g‘amlash lozim. Shuningdek, import yo‘li bilan oziq-ovqatni ta’minlash shar’an joiz. Faqat bu yerda mu’minlar ustidan kofirlar uchun yo‘l-hukmronlik bo‘lmasligi shart. Xuddi shunday, bug‘doy va sabzavot kabi asosiy maxsulotlarga hamda baliq, tuxum, go‘sht, sut va ulardan ishlab chiqariladigan maxsulotlar kabi xayvon va parranda maxsulotlari ishlab chiqarilishiga e’tibor qaratish lozim.
Ushbu oziq-ovqatlarni yillar davom etadigan uzoq muddatga saqlash imkoniyatini yaratish lozim. Masalan, bug‘doyni boshog‘i bilan yoki yanchilgan don holatida saqlash, xurmo, anjir, uzum va zaytunni quritilgan holda saqlash, go‘shtni quritilgan va konserva qilingan holda saqlash shular jumlasidandir. Sahihi Muslimda Oisha onamizdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qildilar:
لا يَجُوعُ أهْلُ بَيْتٍ عِنْدَهُمُ التَّمْرُ
“Xurmosi bo‘lgan uy ahli och qolmaydi”. Yana marhamat qildilar:
يا عائِشَةُ، بَيْتٌ لا تَمْرَ فيه جِياعٌ أهْلُهُ -أوْ جاعَ أهْلُهُ
“Ey Oisha! Xurmosi yo‘q uyning ahli ochdir yoki ahli och qolibdi”. Muslim o‘z Sahihida rivoyat qilgan.
Xalifalik davlati oziq-ovqat maxsulotlarini saqlashni bug‘doy omborlarini, skladlar, katta-katta muzlatkich inshoatlarini barpo etish orqali ta’minlaydi. Bular bir necha joyda, dushmanlardan himoyalangan, bir-birlaridan uzoq, aholi punktlariga yaqin joylarda bo‘ladi. Oziq-ovqat maxsulotlarini bu joylarga olib borish ham va ulardan olib kelish ham qulay bo‘ladi. Davlat gigenik saqlash shart-sharoitlarining mavjudligi va saqlanadigan oziq-ovqat maxsulotlarining xavfsizligini nazorat qiladi. Islom davlati taomni son va sifat jixatidan ahkomlar bilan odilona taqsimlaydi. Bu ahkomlar molni boylar orasidagina aylanib yurishidan qaytaradi va musulmonlarni boqishni vojib qiladi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:
ما آمن بي من بات شبعانَ وجاره جائعٌ إلى جنبِه وهو يعلم به
“Qo‘shnisining och ekanini bila turib, o‘zi to‘q holda tunagan(kechani o‘tkazgan) kishi Menga iymon keltirmagan bo‘ladi”. Bazzor Anasdan rivoyat qilgan. Yana aytadilar:
أَيُّمَا أَهْلِ عِرْصَةٍ بَاتَ فِيهُمُ امْرُؤٌ جَائِعٌ فَقَدْ بَرِئَتْ مِنْهُمْ ذِمَّةُ اللَّهِ تعالي
“Qaysidir qishloq ahli orasida bir kishi kechasi bilan och qolib, tong ottirsa, ulardan Alloh ta’oloning zimmasi pok bo‘ladi”. Ahmad ibn Umardan rivoyat qilgan.

Ovqatlanish joylarida, bozorlarda va korxonalarda oziq-ovqat sifati

Agar taom buzilgan bo‘lsa yoki uni tayyorlash jarayonida gigena qoidalariga amal qilinmagan bo‘lsa, albatta bundan turli kasalliklar kelib chiqadi va infeksiyalar tarqaladi. Shuning uchun taom tayyorlayotgan va uni ommaviy joylarida taqdim etayotgan kishi tozalik qoidalariga to‘la amal qilishi va taqdim etayotgan taomining sifatiga e’tibor qaratishi vojib. Muhtasib (ya’ni muhtasib qozi) buzilgan yoki soxta taomlar sotilayotgani aniqlangan restoran yoki oshxona-dukonlarni yopishi, egalarini esa, beparvolik qilgan yoki ataylab buzilgan ovqatni sotgan bo‘lsa, jazolashi vojib. Bunday oqatlanish joylari insonlarga taqdim etayotgan ovqatlarining sifati yaxshilab tekshiruvdan o‘tkazilgandagina qayta ochilishga ruxsat beriladi. Muslim o‘zining “Sahih”ida rivoyat qiladi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam hisobsiz ko‘p taomlarning oldidan o‘tib qoldilar. Bas, qo‘llarini ovqatga solgan edilar barmoqlari xo‘l bo‘lib qoldi. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:
ما هذا يا صاحِبَ الطَّعامِ؟
“Bu nimasi, ey taom sohibi?”, – dedilar. Xaligi odam:
Yomg‘irni ostida qolibdi, yo Rasulalloh, – dedi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:
أفَلا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعامِ كَيْ يَراهُ النَّاسُ
“Odamlar ko‘rsin uchun uni taomlarning eng ustiga qo‘ymaysanmi?!. مَن غَشَّ فليسَ مِنِّي
Kim aldasa, bas u bizdan emas”, – dedilar.
Muslim Abu Hurayra raziyallohu anhudan ham rivoyat qilgan. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qilganlar:
مَن غَشَّنا فليسَ مِنِّا
“… va kim bizlarni aldasa, bas u bizlardan emas”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.