AQSHning Abu Oqila ishini…

169
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQSHning Abu Oqila ishini Xalqaro jinoyat sudiga ko‘tarilishiga qarshilik qilganligi G‘arb kafilligi haqidagi gaplarning afsonaligini ko‘rsatdi

Qo‘shma Shtatlar Al-Jazira telekanalining jurnalisti bo‘lgan Shirin Abu Oqila ishining Xalqaro jinoyat sudiga ko‘tarilishiga qarshilik qildi va bu bilan sud tergov-surishtiruvining yahudiylarga borib taqalishini istamadi.

«Biz bunga qarshimiz», dedi AQSH davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays. So‘ng «Xalqaro jinoyat sudi o‘z yurisdiksiyasi asosiga e’tibor qaratishi lozim, ya’ni u vahshiy jinoyatlarni jazolash va oldini olish ishi uchun eng oxirgi nuqta bo‘lishi lozim», deya qo‘shimcha qildi.

Bu xususida Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z saytida matbuot izohi nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Jurnalist Shirinning AQSH fuqarosi va Jahon miqyosida tanilgan jurnalist bo‘lganligi ham, jonli efir paytida kuppa-kunduzi joniga suiqasd qilingani ham, uning Janin lagerini shturm qilishdek katta hodisani yoritgani ham, hech biri foyda bermadi. Chunki bularning barchasi Amerika nazarida Xalqaro jinoyat sudi orqali o‘rganilishga loyiq jiddiy sabab emas.

Amerikaning Shirin ishining Xalqaro jinoyat sudiga ko‘tarilishiga qarshilik qilganligi shuni yana bir bor isbotlamoqdaki, Xalqaro hamjamiyat «kafilligi»ga ishonish va undan yahudiy bosqinchilari Falastin ahliga qarshi sodir etayotgan tinimsiz jinoyatlarni tiyib qo‘yishini umid qilish quruq xayolparastlikdan boshqa narsa emas. Xalqaro hamjamiyatga, uning organlari va tashkilotlariga ko‘tarilgan ishlar agar zaif xalqlar bilan bog‘liq bo‘lsa, ularning taqdiri – eng kamida – shu tashkilotlarning g‘aladonida chang bosish bilan tugaydi… Ularning birortasi ham ko‘rib chiqilmaydi va unga oid qaror qabul qilinmaydi».

Matbuot izohi bunday so‘zlar bilan tugatildi:

«Shar’iy va siyosiy faktlardan isbotlandiki, Xalqaro hamjamiyatga suyanish mutlaqo behudadir hamda yahudiylarni tiyib qo‘yish va davlatlararo darajada himoyalangan bosqinchiliklariga barham berish Ummat qo‘shinlarining ayni maqsad sari jiddiy harakatga kelishi bilan bo‘ladi».

Roya gazetasining 2022 yil 14 dekabr chorshanba kungi 421-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.