بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shom qo‘zg‘olonini sharmandalarning sharmandasini chiqaruvchi qo‘zg‘olon deb aytganlar to‘g‘ri aytibdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li Suriya rejimi bilan munosabatlarni normallashtirish to‘g‘risida bunday bayonot berdi: «Maqsadimiz Suriyadagi urushga yakun yasash. Muxolafat rejim bilan Ostona so‘zlashuvlarida so‘zlashuv olib borgani kabi, bugun biz ham bu jarayonni muxolafat bilan birgalikda amalga oshiryapmiz».
O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi a’zosi ustoz Nosirshayx Abdulhay bu haqda quyidagilarni ta’kidladi: «Nasihatgo‘ylik to‘nini kiygan til biriktiruvchilarning barcha ayblari fosh bo‘ldi. Shubhasiz, yarashish haqida qurbaqadek ko‘p qurillayotgan bu Mavlut ham, uning tepasidagi muallimi Erdogan ham, ikkalasining xo‘jayinlari AQSH ham muxolafat, deganlarida xorijdagi muxolafatni, ya’ni o‘ziga uzatilgan har qanday qo‘lni qaytarmay ushlayveradigan va turk razvedkasi bilan uning xo‘jayini Amerikaga aslo osiylik qilmaydigan soxta muxolafatni nazarda tutishadi. Darhaqiqat, Shom qo‘zg‘olonini sharmandalarni sharmandasini chiqaruvchi, deb ataganlar juda haqdirlar. Chunki bugun har bir xoin, til biriktiruvchi va nomardning yuzidagi niqobi tushib, kimlar Ummat tarafidayu, kimlar Ummat dushmani tarafida ekani yaqqol ayon bo‘ldi».
Roya gazetasining 2022 yil 7 dekabr chorshanba kungi 420-sonidan