G‘arb tomonidan moliyalashtirilgan jamiyatlar va guruhlar gender tengligi…

50
0

G‘arb tomonidan moliyalashtirilgan jamiyatlar va guruhlar gender tengligi va gender sotsiologiyasi kabi shubhali sarlavhalar ostida hamda xalqaro ishonchsiz shartnomalar bahonasida musulmonlar orasiga o‘z zaharlarini sochishga urinmoqda!

Bir necha kundan beri BMTga aloqador guruhlar, uyushmalar va muassasalar musulmonlarning asosiy g‘oyalariga zid va hech qanday haqiqatga ega bo‘lmagan kampaniya va shiorlar bilan kun tartibimizni band qilib kelmoqda. Bu G‘arb muammolarini va uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy buzuq tuzumlarini bizning voqeligimizga tiqishtirishga urinishdir! Ayol kishiga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish va gender sotsiologiyasiga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olishga chaqiriqlar hamda gender tengligi kabilar buning yorqin misolidir! Bu birlashma va tashkilotlar odamlarning og‘ir turmush sharoitidan foydalanib, o‘z ishining mohiyatidan uzoqlashdi. Bu bilan ular jismoniy va ma’naviy buzg‘unchilikni himoya qiluvchi hamda buzg‘unchilikka erkinlik niqobini kiygizuvchi jamiyat va tashkilotlarga aylandi. Ular erkinliklarni G‘arb jamiyatlaridan meros qilib olganlar. Ortiqcha izohga hojat yo‘q. Biz ularga bunday deymiz:

–     Dinimiz va muhitimizga ko‘ra, ayol kishiga nisbatan ona, uy bekasi va himoya qilinishi lozim bo‘lgan nomus, deb qaraladi. Bu ayolning jamiyat hayotida ishtirok etishiga, mehnat qilishiga va hamma narsaning yaratuvchisi bo‘lmish Alloh Taolo tomonidan belgilab qo‘yilgan qoidalar doirasida musulmonlar taraqqiyotiga hissa qo‘shishiga to‘sqinlik qilmaydi. Alloh Subhanahu shunday marhamat qiladi:

﴿وَأَنَّهُ خَلَقَ الزَّوْجَيْنِ الذَّكَرَ وَالْأُنثَى﴾

«Albatta, U ikki (er-xotin) juftni, erkak va ayolni yaratdi»         [Najm 45]

Ya’ni, Alloh Subhanahu va Taolo erkak bilan ayol o‘rtasidagi munosabatlarni mukammal nizom bilan tartibga soldi, bu ijtimo nizomi, deb ataladi.

–     Dinimizda ayol kishiga nisbatan ko‘z-qarash Alloh Taoloning

﴿وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ﴾

«Ular bilan tinch-totuv yashanglar»         [Niso 19]

kabi xitobiga va Rosuli ﷺning

«اسْتَوْصُوا بِالنِّسَاءِ خَيْرًا»

«Ayollarga yaxshi muomalada bo‘linglar», kabi xitobiga asoslanadi. Musulmonlar kechayu kunduz tilovat qiladigan Qur’oni Karimdagi eng katta suralardan biri ayollar haqidagi «Niso surasi» deb nomlashidan ham buyukroq narsa bormi?!

–     Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashga chaqiriq shubhali ishdir. Chunki Islom bunday chaqiriqqa muhtoj emas. Islom dini nafaqat ayollarga nisbatan, balki shar’iy ahkomlardan kelib chiqqan holda ayollarga nisbatan ham, erkaklarga nisbatan ham, bolalarga nisbatan ham, aqli ojiz va majnunlarga nisbatan ham zo‘ravonliklarga qarshi kurashadi. Biroq, ajablanarlisi shundaki, ayollarni himoya qilishga chaqiruvchilarning o‘zlari ayollarni reklama, axborot va pornografiya materialiga aylantirdilar! Ayollardan o‘z g‘arazlari yo‘lida foydalanib bo‘lishgandan keyin ularni aro yo‘lda tashlab ketishadi.

–     Ayrim musulmonlar din va axloqni noto‘g‘ri tushunishlari sababli ayollar, erkaklar va bolalarga yomon munosabatda bo‘layotgan bo‘lsa, bu ish haromdir va qilgan kishining kamchiligidir. Islomning bunday ishlarni hal etish va haqdor erkak va ayolga o‘z haqlarini olib berish qonun-qoidalari ravshan bo‘lib, aslo noaniq yeri yo‘q.

–     Gender tengligi va gender sotsiologiyasiga bo‘lgan chaqiriq, ya’ni gomoseksuallik va gomoseksuallarni tabiiy holat sifatida tan olish ilm-fan va tibbiyotning eng oddiy qoidalariga ham asoslanmagan. Balki ilm-fan va tibbiyot ham bu ishning irsiy va tug‘ma emasligini, aksincha G‘arb jamiyatlarida sodir bo‘layotgan beboshliklar va «inson zavq uchun yaratilgan», degan g‘oyadan kelib chiqqanligini isbotlagan. Shuning uchun bundaylar, insoniy tabiatga, hatto hayvoniy instinktga zid kelsa ham doimiy ravishda yangi lazzatlar ortidan quvayotganini ko‘rasiz. Buning natijasida G‘arb jamiyatlarida son-sanoqsiz vabo va ofatlar paydo bo‘ldiki, ularni birma-bir keltirib o‘tirishimizga hojat yo‘q. Agar oramizda shunday holatlar ro‘y bersa, bu xorijdan qo‘llab-quvvatlanadigan uyushmalar mudirlari va a’zolari yoki boshqaruv kengashi aytganidek emas, balki faqihlarimiz, tibbiy mutaxassislarimizning tavsiyasiga ko‘ra muolaja qilinadi.

Ey uyushmalar rahbarlari, ilmoniylar va ularning ortida turganlar!

Shuni bilingki, musulmonlar orasida va yurtlarida shunday er kishilar borki, ular Alloh Taolo bandalariga g‘alaba va nusrat nasib etgunga qadar, har qancha og‘ir vaziyatga qaramay, o‘z yurtlarini himoya qilishda davom etadilar. Ular shunday mustahkam qal’aki, uning qarshisida har qanday shubhali nopok faoliyatlar parchalanib yo‘q bo‘lishga mahkumdir, garchi unga har qancha yirik pul va sa’y-harakatlar sarflangan bo‘lsa ham. Chunki biz har doim Alloh Azza va Jallaning ushbu kalomini ko‘z-o‘ngimizda tutamiz:

﴿إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ لِيَصُدُّوا عَن سَبِيلِ اللَّهِ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ وَالَّذِينَ كَفَرُوا إِلَىٰ جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ﴾

«Albatta, kofir bo‘lgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning yo‘lidan to‘sish uchun ishlaturlar. Bas, uni sarflaydilar-u, so‘ngra o‘sha (mollari) o‘zlariga hasrat bo‘lur, so‘ngra mag‘lub bo‘lurlar. Kofir bo‘lgan kimsalar Alloh nopokni pokdan (kofirni mo‘mindan) ajratishi va nopok kimsalarning hammalarini ustma-ust taxlab, jahannamga solishi uchun to‘planurlar»        [Anfol 36]

Ey musulmonlar!

Yurtlaringizga qilinayotgan bu yirtqich hamla diningiz va nomusingizni yo‘q qilish uchun olib borilmoqda. Shu o‘rinda biz sizga Rosululloh ﷺning javomiul kalimida kelgan quyidagi buyuk hadisini tadabbur qilishingiz uchun eslatib o‘tamiz:

«يا مَعْشَرَ المهاجرينَ! خِصالٌ خَمْسٌ إذا ابتُلِيتُمْ بهِنَّ، وأعوذُ باللهِ أن تُدْرِكُوهُنَّ: لم تَظْهَرِ الفاحشةُ في قومٍ قَطُّ، حتى يُعْلِنُوا بها، إلا فَشَا فيهِمُ الطاعونُ والأوجاعُ التي لم تَكُنْ مَضَتْ في أسلافِهِم الذين مَضَوْا، ولم يَنْقُصُوا المِكْيالَ والميزانَ إِلَّا أُخِذُوا بالسِّنِينَ وشِدَّةِ المُؤْنَةِ، وجَوْرِ السلطانِ عليهم، ولم يَمْنَعُوا زكاةَ أموالِهم إلا مُنِعُوا القَطْرَ من السماءِ، ولولا البهائمُ لم يُمْطَرُوا، ولم يَنْقُضُوا عهدَ اللهِ وعهدَ رسولِه إلا سَلَّطَ اللهُ عليهم عَدُوَّهم من غيرِهم، فأَخَذوا بعضَ ما كان في أَيْدِيهِم، وما لم تَحْكُمْ أئمتُهم بكتابِ اللهِ عَزَّ وجَلَّ ويَتَخَيَّرُوا فيما أَنْزَلَ اللهُ إلا جعل اللهُ بأسَهم بينَهم»

«Ey muhojirlar jamoasi! Besh yomon xislat borki, unga mubtalo bo‘lsangiz (holingiz ne kecharkin), men ularning sizga yetib qolishidan Allohdan panoh so‘rayman: Qaysiki qavm avval ochiqchasiga qilinmagan fahsh ishlari bilan ochiq shug‘ullanadigan bo‘lsa, ularda ajdodlarida kuzatilmagan o‘lat va kasalliklar yuzaga keladi. Qaysiki qavm tarozi va o‘lchovdan urib qolsa, qahatchilik va taqchillikka hamda hokimlar zulmiga duchor bo‘ladi. Qaysiki qavm mollaridan zakot bermasa, yomg‘irdan mahrum bo‘ladi. Zero, hayvonlar bo‘lmaganda, yomg‘ir mutlaqo yog‘may qo‘yar edi. Qaysiki qavm Alloh va Rosuliga bergan ahd-paymonlarini buzsa, Alloh ularning ustidan dushmanlarini hukmron qilib qo‘yadi. Shunda o‘sha dushmanlar ularning qo‘lidagi boyliklarini tortib oladi. Qaysi bir qavmda hukmdor Alloh Azza va Jallaning Kitobi bilan hukm yuritmasa va Alloh nozil qilgan ahkomlarni ixtiyor etmasa Alloh ularning ba’zilarini ba’zilariga dushman qilib qo‘yadi». Shunday ekan, ey musulmonlar! Ma’rufga buyurib, munkardan qaytaring, Alloh Taologa va Rosuli ﷺga qaytadan ahd-paymon qilishga va Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritishni qayta boshlashga shoshiling. Toki, ushbu hukm yuritish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida xolis musulmonlar qo‘liga o‘tsin. Zero, ushbu Xalifalik o‘z bag‘rida yashovchi har bir fuqaroga o‘z fazli va marhamatiga ko‘ra emas, balki shariat talabiga ko‘ra g‘amxo‘rlik qiladi.

Biz Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati a’zolari sifatida musulmonlarning daxlsizliklarini, nomuslarini va manfaatlarini himoya qilishdan bir lahza ham to‘xtamaymiz. Allohning izni ila bizning kampaniyalarimiz bu kimsalar va ularning mustamlakachi kofir G‘arbdagi xo‘jayinlari chaqirayotgan narsalarning soxta va buzuqligini ochib tashlashda davom etadi. CEDAW konvensiyasi kabi shubhali shartnomalarning yoki aholi va rivojlanish konferensiyasidan chiqqan va chiqayotgan qarorlarning barchasi Allohning izni ila bizning va har bir xolis musulmonning nishoniga duchor bo‘ladi va oyoqlarimiz ostida yanchiladi. Biz Alloh Subhanahu va Taoloning ushbu kalomini har doim yodda tutamiz:

﴿مَنْ كَانَ يُرِيدُ الْعِزَّةَ فَلِلَّهِ الْعِزَّةُ جَمِيعًا إِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ وَالْعَمَلُ الصَّالِحُ يَرْفَعُهُ وَالَّذِينَ يَمْكُرُونَ السَّيِّئَاتِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ وَمَكْرُ أُولَئِكَ هُوَ يَبُورُ﴾

«Kim kuch-qudratni istaydigan bo‘lsa, bas barcha kuch-qudrat Allohnikidir. (Har bir) xush so‘z Unga yuksalur va yaxshi amalni ham (Alloh O‘z dargohiga) ko‘tarur. Yomon makr-hiylalar qiladigan kimsalar uchun esa qattiq azob bordir va ularning makrlari ham barbod bo‘lur»      [Fotir 10]

Hizb ut-Tahrirning Livan viloyatidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.