Jazoir ustida Britaniya-Fransiya raqobati

169
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Jazoir ustida Britaniya-Fransiya raqobati

Ustoz Solih Abdurrohim

Hozirda ikki mustamlakachi davlat (Britaniya va Fransiya) o‘rtasida asosiy yirik masalalar borasida, Jazoirning boylik-imkoniyatlarini nazorat qilish va uning siyosatini, ayniqsa tashqi siyosatini shakllantirishda o‘zaro hamfikrlik va muvofiqlashuv borligi kuzatuvchining nazaridan chetda qolayotgani yo‘q, albatta. Biroq bu narsa mahalliy qo‘g‘irchoqlar o‘rtasida – ayniqsa, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib olganidan so‘ng – raqobat ketmayotganini anglatmaydi. Bu raqobat har qanday bekatga kelganda hokimiyatdagi qanotlar o‘rtasida manfaat va nufuz uchun shiddatli kurashga aylanishi mumkin. Bu raqobat nafaqat Jazoirda, balki butun Shimoliy Afrika davlatlarida ham mavjud. Biroq aslida, bu qo‘g‘irchoq malaylar o‘rtasidagi kurashdan nariga o‘tmaydi va unda bir-birini butunlay yo‘q qilish kurashi mavjud emas. Chunki Yevropaning bu tobe va itoatgo‘y rejimlarga bo‘lgan mustamlakachilik nufuzi chuqur va uzoq tarixga ega. Gap shundaki, bu kurash ma’lum bir maqsadga erishish uchun davlatlar u orqali boshqariladigan o‘yinning bir qismidir. Bu kurash bir qancha maqsadlarda amalga oshiriladi. Birinchi: ayni tobe davlatlardagi barqarorlik darajasi Britaniya bilan Fransiyaning maqsad va manfaatlari doirasida, davr va sharoit talablariga muvofiq turli darajada nazorat qilish uchun. Buning uchun bu mamlakatlar ulardagi tobe itoatgo‘y rejimlar orqali regional siyosatda, xavfsizlik va harbiy masalalarda, hatto ommaviy axborot vositlari sohasida bo‘ysundiriladi. Ikkinchi: ichkaridagi muammolarga qarshi turish hamda vaziyat tanazzul va yemirilish holatiga kelgani sari, ehtimolli xalq qo‘zg‘olonini jilovlab, olovini o‘chirish maqsadida. Chunki bunday holatlar vaqti-vaqti bilan tabiiy suratda takrorlanib turadi va bunga xalqlarni temir qo‘llar bilan boshqarish, bostirish, chetlatish, boyliklarini talon-toroj qilish va zulmu zo‘ravonlik bilan boshqarish sababdir. Bu borada Yevropa davlatlarining o‘zaro kelishib olganini aytmasa ham bo‘ladi. Uchinchi: Manfaatlarni ta’minlash. Ularning asosiylari quyidagicha:

–             Ushbu mazlum zaif davlatlar xalqlarini tuban vatanparvarlik zindoniga qamab, Islomga yana hokimiyat darajasida qaytish bilan uyg‘onish va ozod bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik. Bu barcha musulmon o‘lkalari tepasidagi pastkash hukmdorlarning o‘z xo‘jayinlari uchun o‘ynab berayotgan rollarida o‘z ifodasini topmoqda.

–             Ushbu yurtlardagi barcha yer osti va usti boyliklarni talash hamda ularning ichki daromadlarini ham tortib olish uchun ular bilan milliardlab dollarlik qurol-yarog‘ va oziq-ovqat shartnomalarini imzolash. Albatta, bu «qashshoq va mazlum» davlatlarning ichki daromadlarini talon-taroj qilish usullari xilma-xil va son sanoqsizdir. Hamkorlik niqobi ostida berilgan kreditlar va taqdim etilgan loyihalar shular sirasiga kiradi.

–             Yevropa va butun G‘arb davlatlarining ushbu tobe davlatlarga sarmoya yotqizishlariga, o‘zlarining turli tovar va mahsulotlari uchun tobe davlatlar bozorlarini egallashlariga, juda qimmat narxlarda o‘z texnika va materiallarini yetkazib berishlariga imkoniyat yaratish.

–             Tobe davlatlarning barcha sohalardagi arzon ishchi kuchini, ayniqsa yoshlar kuchini Yevropa va butun G‘arb davlatlariga ko‘chirish, ayniqsa, olimlar, ziyolilar va o‘qituvchilar doxil qobiliyatli va mahoratli miya sohiblarini jalb qilish.

–             Siyosiy faollarni – malay rejimlar bilan siyosiy kurashdan uzoqlashishlari va zararsizlantirilishi uchun – Yevropa va butun G‘arb davlatlariga jalb qilish. Shu orqali hukmdorlar taxtini mustahkamlab, yurtni tanazzul va ziyonga kiritish, ushbu faollarni kelajakda, xususan qo‘zg‘olonlar davomida yoki undan keyingi kelajakdagi rollarga tayyorlash va shunga layoqatli faollarga aylantirish.

Shimoliy Afrika, xususan Jazoir quyidagi ishlarda ulkan ahamiyatga molikdir:

–             Yevropaliklarning o‘zlari tarafidan zaiflashtirilgan va talon-toroj etilgan Afrika davlatlaridan Yevropaga bo‘layotgan immigratsiyani to‘xtatish.

–             Ushbu zaif davlatlarning xalqaro va mintaqaviy rolini faollashtirish orqali ulardan xalqaro kurashda siyosiy, harbiy, xavfsizlik hamda diplomatiya va axborot sohasida foydalanish. Toki, xalqaro muammolar bo‘layotgan va xususan Afrika qit’asi boyliklari ustida xalqaro kurashlar ketayotgan bir paytda, hamkorlik orqali eski mustamlakachilikning vaziyati mustahkamlanib, yangi mustamlakachilikning yo‘li kesilsin.

Britaniya bilan Fransiyaning manfaat va foydalaridan ayrimlari mana shular. Bu ikki mustamlakachi davlat ushbu boy va bepoyon musulmon yurtlarining bir qismida ayni manfaat va foydalarini Islomiy Xalifalik davlati yo‘q bo‘lgan bir paytda himoya qilib kelishyapti. Chunki Xalifalik ularning bunday jinoyatlarni sodir etishlariga yo‘l qo‘ymas edi. Shuning uchun ham, Xalifalik davlati barpo etilishini oldini olish yoki kechiktirish yevropalik, umuman g‘arblik kapitalistlarning eng katta manfaatlaridan hisoblanadi.

Darhaqiqat, Shimoliy Afrika, shu jumladan Jazoirning ishlari ushbu rollarni bajarish uchun o‘nlab yillardan beri malay hukmdorlar tomonidan boshqarilib kelyapti. Bu ish xalqning ba’zi qatlamini boshqasiga qarshi qo‘yish bilan, musulmonlarning nafaqat mollari, hatto qonu jonlari evaziga va albatta mintaqani qo‘llaridan ushlab kelayotgan yevropalik mustamlakachilar o‘rtasidagi ulkan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Ba’zan kuzatuvchining ko‘ziga ushbu mahalliy kuchlar o‘rtasidagi raqobat bir-birini butunlay yo‘q qilish kurashi darajasiga yetayotganga o‘xshab ko‘rinadi. Biroq aslida bu darajaga juda kamdan-kam yetadi va suyaklarni sindirish darajasiga mutlaqo yetmaydi. Chunki Fransiya uchun Britaniyaning makkorligi va mintaqa ishlarini yuritib, xalqaro darajadagi muammolarga qarshi kurashga qodirligi kerak. Britaniya uchun ham Fransiyaning xizmat ko‘rsatishi kerak, o‘z maqsadlariga erishish va mintaqadagi nufuzini mustahkamlashda undan kuch oladi hamda ko‘plab davlatlarga qarshi kurashda uni birinchi liniyaga qo‘yish bilan foydalanadi. Hatto maydonda Britaniya butunlay o‘z izini ko‘rsatmagan holda, Fransiyaning oyoq izlari bilan ish olib boradi!

Fransiya ma’muriyat, madaniyat, ta’lim sektori kabi Jazoir davlatining barcha sohadagi bo‘g‘inlarini his etib, ko‘ra oladi. Hatto armiyada ham qo‘zg‘olon vaqtida harbiylar orasiga o‘z odamlarini suqqani uchun, o‘zining malaylari, tobelari va miyasi zaharlangan kimsalari orqali ta’sir kuchiga ega… Ya’ni Fransiyaning Jazoirdagi nufuzi yashirin emas, ochiq. Ammo Britaniya mintaqada yashirin ravishda mavjud, hatto mavjudligini ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Chunki Britaniyaning siyosati Amerikaga qarshi uning har bir mintaqadagi, ayniqsa, musulmon yurtlaridagi nufuziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi kurashmaslikdan iborat va bu siyosati o‘nlab yillardan buyon, aniqrog‘i, elliginchi yillar boshida Amerika undan bu yurtlarni tortib olishga qaror qilgandan beri shunday davom etmoqda. Bu esa, Britaniyaning xalqaro va mintaqaviy masalalarda Amerika bilan zohiran birga harakat qilayotganini, ammo aqlli uslublar va yashirin yo‘llar bilan ish olib borayotganini anglatadi. Misol uchun, Britaniya Jazoirdagi siyosiy kuchlardan hamda Qatar va Amirliklar kabi mintaqaviy tomonlardan foydalanadi va o‘z maqsad va ehtiyojlariga qarab, ularga muhim vazifalar yuklaydi. Qatardek kichik bir davlatga siyosat, madaniyat, axborot, hatto sport sohalarida inglizlar foydasiga xizmat qiluvchi vazifalar yuklanayotgani kuzatuvchiga sir emas. Mudom, Britaniya Liviya va Jazoir kabi Shimoliy Afrika davlatlarida o‘z nufuzini saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan ekan, Amirliklardek kichik bir davlatning roli ayni davlatlar rejimlarini, hatto Yaman kabi davlatlar rejimlarini mustahkamlash va siyosiy, harbiy, xavfsizlik, shuningdek, iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Xususan, krizislar, siyosiy yoki xavfsizlik kurashlari va bo‘g‘inlarda o‘zgarishlar bo‘layotgan bir paytda shunday. Shuningdek, portlarni boshqarish sohasida, yurtda keng iste’mol qilinuvchi tamaki ishlab chiqarish va sotishda, qurilish va rekonstruksiya sohasida, Germaniyadan harbiy texnika, mashinalar va boshqa narsalar olib kirish bo‘yicha tuzilgan bitimlarda ham (vositachi sifatida) uning ishtirok etishi sir emas.

Britaniyaning yana bir siyosati Fransiyadan foydalanishdir. Buning uchun Fransiyani Shimoliy Afrika va asosan Jazoirdagi aksar muammolarda kurash maydoniga chiqarib qo‘yadi. Maqsad, Britaniyaning o‘zi Amerika bilan xalqaro darajada bevosita to‘qnashuvga kelmasin. Yana bir maqsad, mintaqa ahlini chalg‘itish hamda siyosiy va fikriy qorong‘ilikka, chakalakzorga tiqish bilan adashtirish hamdirki, yaqindan diqqat bilan kuzatmagan kishiga nima bo‘layotganini tushunish amri mahol bo‘ladi.

Ey musulmonlar!

Hizb ut-Tahrir sizni o‘zi faoliyat qilayotgan davlatni barpo etish uchun mukammal aniq-tiniq o‘zgartirish yo‘lida birga faoliyat qilishga da’vat etadi. Bu oddiy davlat emas. Balki hikmatini biluvchi va har narsadan xabardor Alloh Subhanahu va Taolo xohlagan davlatdir… Ya’ni Alloh Subhanahu yer yuzida nafaqat musulmonlarga, balki insoniyatga va’da qilgan xalifa qilish mohiyatini ifodalaydigan hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikda gavdalanadigan davlatdir.

Roya gazetasining 2022 yil 9 noyabr chorshanba kungi 416-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.